O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Qadimgi Elam va Midiya podsholigi



Download 95,5 Kb.
bet2/4
Sana23.06.2021
Hajmi95,5 Kb.
#99823
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
ERONDAGI QADIMGI SIVILIZATSIYALAR

Qadimgi Elam va Midiya podsholigi .

Er. avv. VII-VI ming yilliklarda g`arbiy Eronda dehqonchilik bilan shug`ullanadigan o’troq va ko’chmanchi chorvador qabilalar er.avv. VI-V ming yilliklarda Eronning boshqa hududida tarqaladi. Er. avv. III ming yillik boshlarida janubiy-g`arbiy Eronda Elamtu (Bobil va osur tilida «mamlakat») yoki Elam ilk davlat birlashmasi shakllanadi. Elam Mesopotamiya hamda shimoliy va sharqiy Eron bilan bog`langan Korun va Kerxa daryolari vodiylarida joylashgan. Suza shahri poytaxtga aylandi. Elam davlati er.avv. XXIV-XXII asrlarda Akkad podsholigiga bevosita qaram bo’ladi.

Er.avv. XXII asr boshlarida Elam mustaqil davlatga aylanadi. Podsho sukkalmax («buyuk elchi») unvoni bilan Suzadan turib davlatni boshqargan. Davlatni boshqarishda yordam bergan podshoning kenja ukasi sukkalom («elchi») deb atalib, Simash (elam tilida Nishanki) shahrini qarorgoh qilib, Elam va Simashni boshqargan. Kichik viloyatlarni «otalar» («adda») boshqarganlar. Hukmdor dunyodan o`tgach, uning o’rniga podshoning ona urug`idan jiyani yeki singlisini o’g`li taxtga o’tirgan. Elam podsholari oilasida bo’lgusi hukmdorlar o’z singillari bilan turmush qurganlar (levirat). Podsho vafot qilgach uning ukasi akasini beva ayoliga uylanib, podsho bo’lish huquqiga ega bo’lgan.

Er. avv. XIV asrdan - er. avv. XII asrlarigacha Elam Bobilga qaram bo’ladi. Elam er. avv. 1155 yildan-er. avv. 1115 yillarda o’z mustaqilligini qayta tiklaydi. Elam er. avv. VII asrdan boshlab, Bobil bilan ittifoqda Osuriyaga qarshi faol ko’rashadi. Er. avv. 549-yilda forslar Elamni bosib oladilar.

Midiya shimoliy–g`arbiy Eronda joylashgan edi. Mamlakatning g`arbiy qismi Zagros tog`i hududi bo’lib, keyinchalik Midiya Atropatenasi deb atalgan. Atropatenadan sharqda Midiyani tekislik qismi joylashgan. Er. avv. III–II ming yilliklarda bu hududlarda kassit, kutiy, xurrit tillarida so’zlashadigan o’troq va ko`chmanchi chorvadorlar yashaganlar.

Er. avv. VII asrda g`arbiy Eronda ilk siyosiy birlashmalar paydo bo’ladi. Shunday birlashmalardan biri Manna podsholigi edi. Er. avv. 672-yilda midiya qabilalari yo`lboshchi Kashtariti boshchiligida Osuriyaga qarshi qo’zg`olon ko`taradilar. Er. avv. 671-yilda midiyaliklar o’z hududlarining g`arbiy qismidan osuriyaliklarni haydab chiqarib, mustaqil davlat tuzganlar. Kashtariti sekin-asta Midiya qabilalarini birlashtiradi. Er. avv. VII asr o’rtalarida Midiya qadimgi sharqda kuchli davlatga aylanadi. Er. avv. 625-yil Kashtaritining o’g`li Kiaksar skiflarning bosqinini bartaraf qilib, barcha midiya qabilalarini birlashuvini to’liq tugallaydi va poytaxti Ekbatana bo’lgan yagona davlat tuzadi. U qurol turlari bo’yicha (nayzabardorlar, kamonchilar, otliqlar) bo’lingan muntazam qo’shin tuzadi. Shundan so’ng, Midiya raqibi Osuriyaga qarshi dastlab o’zi, keyin Bobil bilan ittifoq bo’lib kurash boshlaydi. Er. avv. 612-yil avgustida Midiya va Bobil qo’shinlari Osuriyaning poytaxti Nineviyani yer bilan yakson qiladilar. Er. avv. 609-yilda ular Xarran shahrida osur qo’shinlari qoldiqlarini tor-mor qilganlar. Midiya shimoliy Mesopotamiya va Xarran viloyatini, janubda fors, Kaspiy dengizini janubi-sharqidagi Parfiya va Girkaniyani bosib oladi. Er. avv. 593 yilda midiyaliklar Urartu, skif davlatlarini Sakasena va Mannani o’ziga qo’shib oladi. Er. avv. 585-550-yillarda podsholik qilgan Astiag davrida Midiya katta va qudratli davlatga aylanadi. Bu vaqtda Elam ham qo’shib olinadi. Er. avv. 550-yilda Midiyaga qarshi forslar qo’zg`olon ko`tarib, uni bosib oladilar.




Download 95,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish