O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
“SHARQ MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI, SIYOSATI VA TURIZM” FAKULTETI
“SHARQ MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
REFERAT
ERONDAGI QADIMGI SIVILIZATSIYALAR
VA ILK DAVLATLARNING VUJUDGA
KELISHI.
Bajardi: 2-kurs Fors-ingliz Abdukarimov B.
REJA:
Erondagi qadimgi sivilizatsiyalar
Ilk davlatlarning vujudga kelishi
Eron bepoyon tog`li va ko’p cho`llardan iborat kontinental iqlimli mamlakat. Dehqonchilik uchun qulay vodiylar, tog` oldi hududlari juda ko’p. Shimolda Elburs tog’ tizimi va unga Turkman, Xuroson tog`lari qo’shiladi. G`arbdan va janubdan Zagros va janubiy Eron tog`lari o’rab turadi. Janubiy g`arbiy Eronda (Xuziston) Korun va Kerxa daryolari vodiysida yuqori hosil beradigan yerlar mavjud.
Qadimgi g`arbiy Eronda elam, lulubey, qutiy (gutiy) va kassit hind-yevropa tillarida so’zlashadigan qabilalar yashagan. Eron so’zi «ariana» - oriylar mamlakati degan ma'noni bildiradi. Er.avv. II ming yillikda oriy qabilalari Eron, Hindiston, Markaziy Osiyo va Kavkaz ortiga tarqalgan.
Eron tarixining alohida davrlari turli xil yozma manbalarga boy. Yozuvlardan eng qadimgilari er.avv. III-I ming yilliklardagi janubiy-g`arbiy Eron hududi bo’lgan Elam tarixini yoritadi: ular podsho yozuvlari, huquqiy hujjatlar, bag`ishlov matnlari, davlatlararo shartnomalardir.
Qadimgi fors davlati tarixi bo’yicha manbalar xilma-xil: bu xo’jalik hujjatlari, tarixiy yozuvlar, amaldorlarning rasmiy yozishmalari. Hozirgi vaqtda qadimgi fors tilida elam va akkad tillariga tarjima qilingan 200 ga yaqin (podsholar) mixxat yozuvlari chop etilgan. 1972 yilda fransuz arxeologlari Suzada Doro I ning ulkan haykalini topdilar. Haykal qadimgi fors, elam, akkad va misr iyeroglif matnlari bilan qoplangan. Qadimgi Eron poytaxtlari Persepol yoki Pasargadda, podsho Kserks yozuvlari nusxalari topilgan. Persepolda er.avv. III ming yillikka oid elam tilida mixxat bilan yozilgan 800 ta hujjat topilgan.
Fors qabilalarini Old Osiyo chegaralaridagi harakati to’g`risida er.avv. IX-VII asrlarga oid Osuriya yezuvlari ma'lumot beradi. Bobil tarixiy xronikasi Mesopotamiyani forslar tomonidan bosib olinishi haqida hikoya qiladi. Forslar davriga oid loy taxtachalarda yezilgan 10000 ming bobil xususiy huquqiy va ma'muriy xo’jalik hujjatlari mavjud.
Shuningdek, Misrdan forslar davriga oid turli xil ma'muriy xo’jalik hujjatlari, podsho Kumbizning Misr ibodatxona mulklarini cheklash to’g`risidagi dekreti, Doro I ning Misr qonunlarini kodifikasiya qilish to’g`risidagi farmoni katta qiziqish uyg`otadi.
Midiya va Eron tarixi bo’yicha ma'lumot beradigan manbalardan biri bu yunon mualliflarining asarlari hisoblanadi. Gerodot (er.avv. V asr)ning tarixi, Fukidid (er.avv. V asr) tarixi, Ksenofontning «Yunon tarixi» asari, uning «Anabasis» memuari, sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona»si kabi asarlar qadimgi fors tarixiga oid boy siyosiy, ijtimoiy, harbiy-diplomatik ma'lumotlar beradi.
Eronda mezolit va neolit davriga oid manzilgohlar, arxeologik topilmalar, kulolchilik buyumlari Suza shahrining ilk qatlamlari yedgorliklari, Eron poytaxt shaharlari Suza, Ekbatana, Pasargad xarobalaridan topilgan ulug’vor haykallar, qoya tosh relyeflari qimmatbaho metallardan qilingan buyumlar-riton-qadahlar, harbiy qurollar va taqinchoq-bezaklar topib o`rganilgan. Yevropa olimlari J. de Margo va Grishman bu qadimgi shaharlar xarobalarini o’rganib, eronshunoslik faniga muhim hissa qo’shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |