O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Download 0,74 Mb.
bet38/123
Sana31.10.2020
Hajmi0,74 Mb.
#51661
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123
Bog'liq
Tilshunoslikka-kirish

18-§. LEKSIKOLOGIYA
Leksikologiya so’z va uning lug’aviy ma’nosi haqidagi bo’lim. So’z va uning lug’aviy ma’nosi bilan bog’liq hodisalar: o’z ma’no va ko’chma ma’no, bir ma’nolilik va ko’p ma’nolilik, so’zning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari (sinonim, omonim, antonim, paronim) leksikologiyada o’rganiladi. So’z lug’aviy ma’no va grammatik ma’noga ega bo’ladi. So’zning ob’ektiv borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilar haqidagi ma’lumoti leksik (lug’aviy) ma’no deyiladi. Lug’aviy ma’no so’z anglatgan tushunchadir. Grammatik ma’no grammatik shakllar (qo’shimchalar) orqali ifodalangan ma’nodir. Masalan, qalam: a) lug’aviy ma’nosi-o’quv quroli; b) grammatik ma’nosi: ot, turdosh ot, birlikda, turlanmagan.

So’zning lug’aviy ma’nosini leksikologiya, grammatik ma’nosini morfologiya o’rganadi.

Lug’aviy ma’no anglatuvchi til birliklari lug’aviy birliklar deyiladi. Lug’aviy birliklar 3 xil: 1) so’z 2) ibora 3) termin (atama).

Mustaqil so’zlar ham lug’aviy, ham grammatik ma’no ifodalaydi; yordamchi so’zlar esa faqat grammatik ma’no bildiradi.

So’z ma’nosi ma’lum xususiyatlarga ko’ra ko’chadi. Lug’aviy ma’noning asosiy taraqqiyot yo’llari (ko’chish usullari) quyidagicha:

metafora, metonimiya, sinekdoxa, funksiyadoshlik (vazifadoshlik), kinoya.

Metafora - “o’xshashlik” asosidagi ma’no ko’chishi. Bunda ma’no ko’chishi o’xshashlik asosida ro’y beradi. Metafora ikki usulda amalga oshadi: a) ma’no o’xshashlik asosida ko’chadi: oltin kuz, kumush choyshab, fan cho’qqilari, litsey qaldirg’ochlari...b) metafora -dek, -day, kabi, singari, yanglig’, xuddi, go’yo so’zlari yordamida hosil qilinadi, masalan: shishadek osmon, Adashgan it kabi Furqat, xuddi sherdek.

Metonimiya - “aloqadorlik” asosidagi ma’no ko’chishidir. Bunda narsa-buyum o’ziga aloqador boshqa nom bilan ataladi. Masalan: Qishloq chetida samovar ochildi (samovar-choyxona); Osmonga tikildi million juft ko’zlar (ko’z-odam); Fuzuliyni oldim qo’limga (Fuzuliyni-kitobini).

Sinekdoxa - butunning nomi bilan qismini atash, qismning nomini atash. masalan: Besh qo’l barobar emas (qo’l-barmoq); O’n qo’li hunar (qo’l barmoq).. Besh qo’lini og’ziga tiqdi (qo’l barmoq); Shu bitta tuyoq bilan olti bolani boqdim (tuyoq-sigir); Tirnoqqa zor o’tdi (tirnoq-farzand.

Vazifadoshlik (funksiyadoshlik) - vazifa asosida ma’no ko’chishi. Bunda so’z ma’nosi vazifaga ko’ra ko’chadi. Masalan: o’q qadimda kamon o’qi ma’nosida qo’llangan. Hozirda miltiq o’qi, pistolet o’qi ma’nolarida qo’llanadi; kotib, pero, qalam so’zlarida ham vazifaga ko’ra ma’no ko’chishi ro’y bergan.

Kinoya-qochiriq, kesatiq ma’nolarida aytilgan o’zgalar “gapi”, “so’zi”. Kinoya bilan aytilgan so’z qo’shtirnoqqa olinadi. Kinoya bilan aytilgan so’z teskari ma’noda tushuniladi.

Salima “a’lochi” qiz (ikkichi).

So’z ma’nosi ko’chishi natijasida o’z va ko’chma ma’no hosil bo’ladi. So’zning nutq tarkibi (gap)dan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi o’z ma’no (asosiy ma’no, bosh ma’no) deyiladi. So’zning nutq tarkibidagi boshqa so’zlar yordamida ifodalagan ma’nosi ko’chma ma’no hisoblanadi.



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish