O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limvazirligi farg’ona politexnika instituti «elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»


Elektr mashinalarini nosozliklari va ularning ko‘rinishlari



Download 4,04 Mb.
bet14/35
Sana16.03.2022
Hajmi4,04 Mb.
#496336
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
Maxsus elektromehanik o\'zgartkichlar 2-qism

Elektr mashinalarini nosozliklari va ularning ko‘rinishlari. Stator yoki rotor chulg‘amlari o‘ramlari orasidagi izolyasiya teshilishi natijasida o‘ramlar qisqa tutashuvi, elektr mashina yuklamasi nominal qiymatiga etmagan bo‘lsa ham, juda qizib ketishiga olib keladi.
Ikki faza izolyasiyasi yoki fazalararo izolyasiya teshilishi natijasida stator chulg‘ami fazalari orasida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, mashina to‘xtatilgandagina yo‘qoladigan, kuchli vibratsiyaga olib keladi. Bundan tashqari faza chulg‘amlari toklarining assimmetrisi sodir bo‘ladi va chulg‘am qismlarining tezkor qizishi kuzatiladi.
Faza rotorli asinxron motorlari rotor chulg‘amida qisqa tutashuv rejimini tekshirishda (yoki val bilan kontakt xalqalar orasidagi izolyasiya teshilganda) motorni ishga tushirishda rotor chulg‘ami qisqa tutashtirilmaydi (balki rotor chulg‘ami ochiq bo‘ladi). Motor kichik yuklama bilan ishga tushirilishida ham, mashina sekin tezlanadi, rotor esa tez qiziydi.
O‘zgaruvchan tok motori stator chulg‘ami o‘tkazgichining uzilish ishlayotgan mashinada toklar asimmetriyasini hosil qiladi va chulg‘am fazalaridan biri tez qiziydi. Faza uzilishida (chegaraviy holat - o‘tkazgich uzilishida) motor stator chulg‘amiga kuchlanish ulanganda ham ishga tushmaydi, kuchli shovqin va motorning tez qizishi kuzatiladi. Ishlayotgan motor faza uzilishida stator toklarining keskin asimmetriyasi, kuchli shovqin va joiz qizishdan kattaroq haroratga etishi kuzatiladi.
Asinxron motor qisqa tutashgan rotor sterjenining uzilishi mashina vibratsiyasining kuchayishiga, yuklanishda rotor aylanish tezligi kamayishiga, statorning barcha fazalarida stator tokining davriy pulslanishiga olib keladi.
CHulg‘am izolyasiyasining qarshiligi kamayishi izolyasiyaning juda ifloslanishi, namlik ortishi, yoki eskirishi natijasida qisman buzilishi natijasida sodir bo‘ladi.
Elektr kontaktlar, payvandlangan yoki kavsharlangan ulanishlar buzilishi asinxron motorlarda chulg‘am fazalari uzilishi, rotor chulg‘ami sterjeni yoki fazalari uzilishida, uzilish qaerda joylashganligiga ko‘ra, shunday oqibatlarga olib keladi. SHchyotkalar zanjirida kontakt buzilishi yuqori daraja uchqunlanishiga olib keladi.
O‘zgaruvchan tok mashinasi statori yoki o‘zgarmas tok mashinasi yakori magnit o‘zagi plastinalari orasidagi izolyasiya buzilishi, butun magnit o‘zak va uning alohida qismlarida haroratning joiz qiymati keskin oshib ketishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, chulg‘amlarning щta qizishiga va magnit o‘zak ba’zi qismlarining yonib ketishiga olib keladi.
Magnit o‘zak plastinalari presslanishining kamayishi elektr mashinalarini manbadan o‘chirganda yo‘q bo‘luvchi shovqin va kuchli vibratsiyaga olib keladi.
Qutblar va stator magnit o‘zagi mahkamlanishining susayishi, mashinani manbadan uzganda yo‘q bo‘ladigan kuchli vibratsiyaga olib keladi.
Kollektor va kontakt halqalar edirilishi, shchetkalar bosimi susayishi yuqori darajada uchqunlanish va kollektor va kontakt halqalar qizishiga olib keladi. Bunda chetkalar edirilishi tezlashadi.
Val deformatsiyasi rotorning ekssentrisitetiga, bir tomonlama tortish kuchining ortishiga olib keladi, natijada asinxron motor nominal tezlikka erishmaydi, uning ishida past chastotali shovqin kuzatiladi.
Sovitish (ventilyasiya) kanallarini ifloslanishi va korpus kirlanishi, yuklanish joiz qiymatidan kam bo‘lsa ham, mashina yoki uning alohida qismlari o‘ta qizishiga olib keladi.
Sirpanish podshipniklari babbitining erib ketishi yoki yumalash podshipnigi o‘ta edirilishi elektr mashina vali va yuritma mexanizmi o‘qlari nomosligigiga va rotorda ekssentri-sitet hosil bo‘lishiga odib keladi. Birinchi sabab vibratsiya hosil bo‘lishiga olib keladi va mashina tarmoqdan uzilganda ham tugamayd, ikkinchisi - val deformatsiyasidagi kabi hosil bo‘ladi.
Aylanuvchi qismlarning (muft, shkiv va rotorlar) muvozanati (balansirovkasi) buzilishi kuchli vibratsiya hosil qiladi.
Ba’zi paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan buzilishlar turlarining tahlilidan va ularning elektr mashinalar xususiyatlariga ta’siridan shularni ko‘rish mumkinki, bir xil fizik nuqsonlar turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lishi mumkin ekan. Bu har doim ham mashina shikastlarini aniq ko‘rsatish imkoniyatini beravermaydi, balki shikastlar ketma-ketligini keltirish bilan kifoyalaniladi. SHikastlarning haqiqiy sabablari nuqsonlarni aniqlash jarayonida topiladi. Agar elektr mashinalarining muayyan turlari haqida so‘z borsa, aksariyat, mashinani ishlatuvchi personal o‘z ishida mashinaning tipik nosozliklari ro‘yxati va ularni bartaraf etish usullariga amal qiladi. Bu ro‘yxat har bir mashina (yoki bir xil mashinalar guruhi) pasportida keltiriladi. Na’muna sifatida 4.1-jadvalda AIR turdagi qisqa tutashgan rotorli asinxron motorining
shaklida haqida biror turini buzilgan qismlari xaqida gapiradigan bo‘lsak, unda qoidaga ko‘ra, har bir elektr mashinasi (yoki bir tipli mashina guruxi) pasportida bo‘ladigan, ish davomida ishlatish qiluvchi ishchilar tipi to‘g‘ri keladigan buzilish ketma –ketligi va ularni yo‘qotish usullaridan foydalanishadi. Namuna sifatida 4.1- jadvalda AIR seriyali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorning tipik nosozliklari ro‘yxati va ularni bartaraf etish usullari keltirilgan. SHunga o‘xshash ro‘yxatlar ishlab chiqaruvchi-zavod tomonidan keltiriladi-gan elektr mashinalari pasportida mavjud.
8.1-jadvalda keltirilgan nosozliklarni bartaraf etishda motorni ta’minlovchi tarmoqdan va yuritmadan uzib qo‘yish lozim.


Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish