O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'limi vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti tarex yo‘nalishi kurs ishi mavzu: Toshkent shahridagi ziyoratgohlarda me’moriy yodgorliklarning aks ettirilishi



Download 87,33 Kb.
bet2/8
Sana21.07.2022
Hajmi87,33 Kb.
#832781
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ziyoratgohlar

Maqsad va vazifalari. Mavzuning asosiy maqsadi Toshkent shahridagi ziyoratgohlarda me’moriy yodgorliklarning aks ettirilishini o‘rganish va tahlil qilishdan iborat.
Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi.

  • Shayx Zayniddin bobo, Suzuk ota, Kox ota me’moriy majmualarini o‘rganish va undagi bitiklarni tahlil qilish

  • Xastimom me’moriy majmuasini o‘rganish va undagi bitiklarni tahlil qilish

  • Xoja Ahror valiy jome masjidi va madrasasini o‘rganish va undagi bitiklarni tahlil qilish

  • Ko‘kaldosh va Baroqxon madrasalarini o‘rganish va undagi bitiklarni tahlil qilish

Tadqiqotning obyekti va predmeti. Ushbu mavzuning obyekti Toshkent shahridagi tarixiy obidalar sanaladi. mavzuning predmeti sifatida esa Toshkent shahridagi ziyoratgohlarda me’moriy yodgorliklarning aks ettirilishini o‘rganish masalasi hisoblanadi.
Ishning tarkibiy tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I – BOB. Toshkentning qadimiy maqbara va me’moriy majmualari
1.1. Shayx Zayniddin bobo, Suzuk ota, Kox ota me’moriy majmualari
Zayniddin bobo me’moriy majmuasi (XIII, XIVXV XIX asrlar) Shayxontohur tumani, Maon Uygur ko‘chasi, Kukcha qabristoni yonida joylashgan.
Tasallurga oid asarlar ma’lumotlariga ko‘ra, Shayx Zayniddin aeli 1214 yili Bag‘dod shirum dunyoga kelgan. Uning otasi – Shahobiddin Abu Hafs Umar as-Suxari (145123435) suxralari tasannuf tarikati asoschisi, mo‘tadil karaplarga ega sunniylik mazhabi targ‘ibotchisi, raxnamo murabbiy, xalifa An-Nosir (1180-1225 yillarda hukmdorlik kilgan )ning ishonchli kishisi bo‘lgan, Xalifaning diplomatik topshiriqlarini bajarish uchun gox Qoxiraga, goh Qunyogi, gox ko‘xna Urganchga va Buxoroga, Xorazmshox Muxammad saroyiga elchilikka yuborgan1. Birok, mohiyatan axukukshunoslik va teologiya (ilokiyotshunoslikdagi barcha masalalarda jaylari shofe’iy ulamosi - an’anastir tarafdori bo‘lib qolavergan2. 12153 yil Shahobiddin Abu Hafe Ulip Shoshga jo‘natgan, bu para poreiylarning mashhur kadamjo ziyoratgohi-Imom Abu Bakr al-Kaffol ash-Shoshiyning moxiri joylashgan.
Zayniddin kuyiorifon degan maxallada mukim o‘rnashib koladi (fors-tojik tilida «Kuyi Orifon» — «Oriflar ko‘chasi» degan ma’noni anglatadi).
Uning shogirdi - muridlaridan biri, keyinchalik esa xalifasi – o‘rinbosari, Shayx Nuriddin Basir4 (646248 49 yili naifot etgan) taxsini kurganidan so‘ngra kamdan-kam sufiylarga nasib etadigan mukammalar mukammali» martabasiga erishgan.
Shayx Zaynullin vafot etganidan so‘ng ixlosmallari va muridlari uning kabri ustida maqbara qurishadi. Keyinchalik, chamasi Toshkent shahrida bo‘lgan kezlarida Sohibqiron Amir Temur ana shu makbaran kayta kurdirgan ko‘rinadi5.

Taxmin kilish mumkinki, bu voqea 1390 yi ro‘y bergan, chunki o‘sha yili Amir Temur Toshkent shahrida ancha vakt og‘rib koladi, tezroq tuzalib ketish umidida Shayx Zayniddin kuporifonnі makbarasini yangidan bunyod etish to‘g‘risida farmoyishi bergan ko‘rinadi. XVI asrda, xuddi avvalgidek, moor shaxar istehkom devoridan tashkarida joylashgan6.


XIX asrga kadar mazkur mahalla shaxardan tashqarida bo‘lgan, Ko‘kcha darvozasi yaqinida shahar darvozasiga g‘arb tomondan taqalib turgan va ancha vaqt Orifon deb atab kelingan. Keyinchalik shahar ye shi kengaya borib, mazkur hudud Shayx Zayniddin bobomalasi deb atala boshlagan7.
XIX asrning 70-yillarida ham qabristonga kiraverishda kadamjoga olib boradigan xiyobon boshida ikkala yonboshida fonarsimon mezanasi bo‘lgan guldasta ustunlar - minorachalar bilan mustahkamlangan maxobatli peshtoqqa ega darvozaxona qad rostlab turgan. Xovlida esa turli-tuman hujralar, shu jumlana masjid ham mavjud bo‘lgan. Maqbara – xonaqoh boshida esa chillaxona va shiftlari naqshlar bilan ziynatlangan ayvon ko‘rinishidagi ziyoratxona masjidi joylashgan ediki, shiftdagi naqshlar orasidagi bitiklardan birida qayd etilishicha, mazkur imorat 1286/1869-70 yili Tillaxo‘janing farmoyishiga muvofiq qayta qurilgan8.
Chillaxona – majmuadagi o‘z tarhi tuzilishi jihatidan bu xildagi inshootlar orasida yakkayu yagona bo‘lgan eng qadimiy bino. Chillaxona ikki qavatli olib qurilgan va sakkiz qirrali ikkita xonadan iborat: yuqori qavat mehrob ravoqchasi bo‘lgan masjidga ajratilgan, pastdagi xonaga esa maxsus zinapoya va dahliz orqali tushiladi. XX asrning oxiriga kelib chillaxona yerga tomir otgandek shu qadar tuproqqa singishib ketdiki, uning tepa qismida fakatgina yorug‘lik tushadigan tuynukchasi bo‘lgan gumbazi ko‘rinib turadigan bo‘lib qolgan edi, xolos. Darvoqe, uning poydevorida XI-XII asrlarda keng tarqalgan shosh-iloq tipidagi to‘g‘ri burchakli pishgan g‘ishtdan ko‘tarilgan devorlar parchalari ham saqlanib qolgan.
Mahobatli maqbara – xonaqoh sharq tarafdan childaxonaga taqalib turadi. Uning tarhi to‘rtburchak tuzilishga ega bo‘lgan binosi hamma tomonidan ham peshtoqlar bilan ziynatlangan (16,0x18,0 metr, badandligi gumbaz uchiga qadar 20,7 metr). Binoning janubi-sharkdagi bosh fasadi burchaklarida guldasta ustunlar bilan mustahkamlangan eng baland peshtoq o‘z mahobati bilan alohida ajralib turadi (peshtoqning balandligi 14,5 metr). Ana shu joyda kvadratsimon xonaqohga kirish-chiqish yo‘lagi — miyonsaroy joylashgan, katta zalning to‘rtala tomonida ham yoysimon ravoqchalar bunyod etilgan. Xonaqoh yakka ko‘shqavat gumbaz bilan yopilgan. Ichki yassirok tarzda ishlangan gumbaz arkasimon bag‘allarga suyangan, tashqi gumbaz esa baland silindrsimon gardishga qo‘ndirilgan. Maqbara – xonaqohning kunjaklarida esa turlicha tuzilishga ega dumaloq, kvadratsimon, musamman va to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishdagi hujralar joylashgan.
Badiiy bezaklar sirasidan amaliy bezak san’ati namunalari: kiraverishdagi qo‘shtabaqa eshik nafis o‘ymakori islimiy-nabotiy naqshlar bilan ziynatlangan. Uning tepasida nodir yog‘och panjarasi bo‘lgan deraza: mayda-mayda to‘rchalari, markazida esa pannosi - yulduzsimon girehi bo‘lgan keng-mo‘l chorcho‘p joylashgan. Turlicha tuzilishga ega bo‘lgan ganchdan ishlangan panjaralar ikkinchi darajali fasadlarning katta-kichik deraza kesakilarini ham bezab turibdi.
Tarixiy-arxelogik tadqiqotlar asnosida aniqlanishicha, maqbara – xonaqoh tez-tez qayta qurilgan va ta’mirlab turilgan. Avval aytib o‘tganimizdek, uning poydevorida shoshiloq tipidagi, ehtimol, Shayx Zayniddinning avvalgi maqbarasidan yodgor bir uyum g‘ishtlar qoldig‘i topilgan. U XIV asr so‘ngida tiklangan makbara g‘ishtlari bilan yopib qo‘yilgan. Bino ichkarisi devorlarining pastki qismida XVI asrga xos devorlarning parchalari ham saqlanib qolgan9.
XIX asr so‘ngida bino va peshtoqni ta’mirlashda yevropa andazasidagi to‘g‘ri burchakli «o‘risiy» g‘ishtdan foydalanilgan, ayni peshtoqda arkalar ravoqchalarida XVI asrga oid sirlangan koshindan ishlangan naqshlar saklanib qolgan”. Maqbara – xonaqohdagi kitoba bitiklar ancha keyin amalga oshirilgan ta’mirlashga oid. Yog‘och eshik dilalarida: «Usta Mirsharof Abdumo‘min o‘g‘li» deb yozilgan, sana esa qirqib olib tashlangan. Peshtoq shohustunlarining o‘rtarok kismlaridagi kitobalarda pishiq va mustahkam ganchdan ishlangan sidirg‘a - relefsimon bitik saklanib qolgan, unda mukammal ta’mirlash sanasi 1339/1920-21 yil tarzida ko‘rsatilgan «ta’rix» - xronogramma ham mavjud. Eshik hozirgi zamon usulida tozalanganidan so‘ng uning tepa qismidagi yozuvlarni o‘qishga ham erishildi10.
XX asrning 90-yillarida maqbara gumbazi va mezana qubbachasi yangi metall qoplama bilan ihotalandi. Chillaxona ham butunlay tozalandi, devorlari ta’mirlandi va gumbazi ustiga metall qoplandi. Shu davrda eski kirish-chikish joyi o‘rnida Shayx Zayniddin jome masjidi majmuasi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda eng yangi kurilish ashyolaridan qaytadan barpo etildi. Ansambl binolari an’anaviy yo‘sinda keng-mo‘l hovli tevaragida joylashgan: kirish-chiqish majmuaning janub tarafida qad rostlagan, unga g‘arb tarafdan balandligi 54 metr bo‘lgan azamat minora kelib taqaladi; umumiy balandligi 27 metr bo‘lgan masjid esa hovlining kunbotar qismida joylashgan; hovlining shimoliy qismida keyingi uch yilda bunyod etilgan majlislar zali, shark tarafida esa tahoratxona va boshqa xizmat xonalari joylashgan. Masjidning bosh fasadi marmar bilan qoplangan, keng-mo‘l kirishchikish joyi oldi ochikligi bilan kattakon ayvonni eslatib turadi. Peshtoq bilan alohida ajratib ko‘rsatilgan asosiy kirish-chiqish joyida kitobali friz ham mavjud. Masjid xonaqohi naqshlangan: devorlarga arkasimon ravoqchalar ishlangan, ularning tepasida ganch o‘ymakorligi bilan oynavandlangan kitobalarda devorlardagi kamdan-kam bitiklar joylashgan, gumbaz esa ichkaridan ganchdan ishlangan o‘zaro kesishuvchi arkachalar bilan ziynatlangan va hokazo.
2013 yili amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlaridan keyin majmua arxitekturasi va naqshlari ko‘p jihatdan mahalliy bezak an’analaridan chekingan holda Makkadagi shunga o‘xshash yodgorliklar va Saudiya Arabistonidagi boshqa masjidlarni eslatadigan ko‘rinish hosil qildi. Masalan, baland poydevor ustida qad rostlagan ulug‘vor minoraning qirralangan tikka badani va ikkita peshayvoni mavjud, shuningdek, kirish-chiqish eshigi va deraza arkalari oq va kulrang tuslar o‘zaro almashib keluvchi keng taram (polosa)lari bilan alohida ajralib turadi. Masjidning bosh fasadi ham rekonstruksiya qilingan: marmar qoplamalar olib tashlangan, peshtoq perimetri bo‘ylab esa to‘g‘ri burchakli epigrafik kitobalar joylashtirilgan; ayvon o‘rnida esa vestibyul barpo etilgan. Masjid tuzilishi rejasi esa o‘zgarmadi: u asosiy xonaqohdan va uning ikkala tarafida joylashgan ikki qavatli binolardan iborat. Yana bitta xonaqoh ansamblning tagsinch qismida joylashgan. Markaziy xonaqoh baland gardishga tayangan. Unda 16 ta deraza kesakisi mavjud, faqatgina ana shu gumbazda va gumbaz ostidagi maydonda o‘yma ganchkorlik uslubida bajarilgan 6 ta bitiklar qatori joy olgan.
Shuningdek, bitiklar masjid mexrobi tevaragida ham bor va devorlardagi pannolar - namoyonlarga ham yozib chiqilgan. Binoga kirish-chiqish va ichki qismlarida ganch o‘ymakorligidan tashqari, zarhal va nafis tusdagi bo‘yovchi ashyolar, petoklar va ravoklar, jumladan, relefsimon bezaklar uchun koshinlar, gumbazlar uchun maxsus suvga chidamli yashil rang bilan bo‘yalgan metall qoplamalar, qandillar, shamdonlar, o‘yma nakshli yog‘och eshiklar, panjaralar va shu kabi xilmaxil ashyolar ko‘llanilgan. Ganchkorlik va naqqoshlik ishlarini Hakimjon Inog‘omov boshchiligidagi ustalar amalga oshirgan. Masjid bitiklari Habibulloh Solih tarhlari asosida bajarilgan.
Ko‘rinib turibdiki, bu me’moriy majmua o‘z tarixiga egadir.
Toshkentdagi me‘moriy majmua barcha hunarmandlarining buyuk ustozi – Suzuk-Otaga bag‘ishlangan. Bu odam butun shaharda va hatto undan tashqarida ham mashhur bo‘lgan. Suzuk Ota o‘zining iste‘dodi, odamlarni birlashtirish qobiliyati, xayrli ishlari bilan mahalliy aholi orasida katta hurmatga sazovor bo‘lgan. Majmua 1392-yilda Amir Temur davrida qurilgan masjid va maqbaradan iborat. 2019-yilda ushbu diniy binoda kapital rekonstruksiya ishlari o‘tkazildi.
Yaqin-yaqingacha Suzuk ota ziyoratgohini ko‘pchilik bilmas, maqbara va eski masjid zax tortib qolgan edi. Shavkat Mirziyoev 2017 yil 26 may kuni Suzuk ota majmuasida bo‘lib, maqbara hamda masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. 2018 yil 9 fevralda qurilishning borishi bilan tanishib, majmua yonida hunarmandlar uchun uy-joylar barpo etish zarurligini ta’kidlagandi.
Bugungi kunda mazkur tashabbuslar to‘la ro‘yobga chiqdi. Maqbara va masjid qurilib, qariyb 8 gektarlik maydon obodonlashtirildi. Majmuaga kirish binosida muzey, kutubxona, mahalla idorasi va boshqa ob’ektlar joylashtirildi. Maqbaraning ikki tomonida hunarmandlar uchun har biri 4,5 sotixli o‘ttizta kottej barpo etildi.
Ma’lumki, Suzuk ota o‘ymakor usta bo‘lgan. Bugun uning qadamjosi atrofida hunarmandchilik uylari tashkil etilgani chuqur mazmun-mohiyat kasb etdi. Ikki qavatli bu xonadonlarning birinchi qavati ustaxona va do‘kon uchun ajratilgan. Bu o‘ziga xos hunarmandchilik markazi bo‘lib, majmua bilan birga noyob turizm maskaniga aylanadi.
Suzuk otaning asl ismi Mustafoqul bo‘lib, 1140 yilda Turkistonning Qorachuq qishlog‘ida tavallud topgan. U kishi Ahmad Yassaviyning qizi Gavhari Hushtojning kenja o‘g‘li bo‘lgan.
Balog‘atga yetgach, karomatlar sohibi Toshkentdagi "Chaqar", "Chuqurko‘prik" (Cho‘ponota) va "Mirlar" mahallalariga tutash bo‘lgan kimsasiz, tepalik va jarliklardan iborat yerda qo‘nim topib, shu mahallani obod qilishga kirishadi.
Suzuk ota hunarmandlarning ustozi, yuzlab shogirdlarga ilm berib, halol mehnatga o‘rgatgan zotdir.
Bolalik chog‘ida bobosi u kishini erkalab, “Mening suzigim (suyukligim), hush keldingiz!”, degani bois atrofdagilar ham shu ism bilan chaqira boshlagan. 
Yuzlab shogirlarning ustozi Suzuk ota 1217 yilda vafot etgan.
1363-1364 yillarda Amir Temur Ahmad Yassaviyning nabirasi Suzuk ota qabri ustida maqbara va masjid bunyod ettirgan. Xonaqoh va ayvonda yetti yuzga yaqin namozxon ibodat qilishi mumkin bo‘lgan. Afsuski, 1930 yili masjid va madrasa yopilib, metall buyumlar korxonasiga aylantirilgan. Hujralar o‘rnida korxona idorasi va omborxona qurilgan. 1985-1990 yillargacha shahardagi eng katta gumbazli (diametri - 10 metr) masjid bo‘lgan ziyoratgoh shu holicha qolgan.
Uning vafotidan so‘ng ustalar mahallasi Suzuk ota nomi bilan atala boshlagan. Maqbara Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan.
XX asrda mahalla nomi “Bauman”, “Komintern”, “Qahramon” va “Obod” deb o‘zgartirilgan. Mustaqillikdan so‘ng mahallaga Suzuk ota nomi qaytarilgan.

Download 87,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish