Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: talabalarga hujayralarning rivojlanishi va ko'payishiga salbiy ta'sir etuvchi omillar bilan tanishtirish, hujayralarini sog’lom saqlab qolish uchun sog’lom turmush tarzini tanlash kerakligi haqida tushuncha berish orqali aqliy va axloqiy tarbiyalash.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarda hujayrada yuz beradigan patologik jarayonlar haqidagi bilimlaridan foydalanish, mustaqil bilim olish va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish.
Mashg’ulot jihozlari: mitoxondriyalar, yadro, plazmatik membrana patologiyasi aks ettirilgan slaydlar.
Alohida olingan hujayralar ham butun organizmlar turli ta'sirlarga uchrashi natijasida ularda strukturaviy funksional o'zgarishlar yuzaga kelib bu patologiya rivojlanishiga sabab bo'ladi. Bunday patologik jarayonlar organizm ayrim funksiyalarining buzilishiga, hujayra va organizm o'limiga olib kelishi mumkin. Ko'p hujayrali organizmda yuzaga keladigan patologik jarayonlar negizida alohida olingan bitta hujayrada yuzaga keladigan buzilishlar yotadi. Bu g’oyani R.Virxov ilgari surgan(1858).
Haqiqatdan ham keng tarqalgan kasalliklardan biri bo'lgan qand diabeti kasalligining patogenezini ko'rib chiqadigan bo'lsak, uning boshlang’ich etapi hujayrada va oxirgi etapi a'zolarda ekanligini ko'rish mumkin. Bu kassallik giperglikemiya bilan xarakterli bo'lib, uning rivojlanishi buyrak, jigarni shikastlantiradi. Oshqozonosti bezi Langergans orolchalaridagi hujayralarda insulin gormoni ishlab chiqariladi. Bu hujayralarda betta granulalari sonining kamayib ketishi natijasida gormon ishlab chiqarilishi kamayadi va kasallik rivojlanadi. Bir guruhga tegishli hujayralarda yuz beradigan o'zgarishlar sekin- asta boshqa guruh hujayralarini ham qamrab oladi.
Shuni aytish kerakki, normal sog’lom organizmda muntazam ravishda hujayralar nobud bo'lib turadi. Bular qon hujayralari, qoplovchi va ichak epiteliysi hujayralari o'zini vazifasini o'tagandan so'ng hozirgacha noma'lum sabablarga ko'ra ularda biror bir funksiyaning o'chishi hujayra o'limiga olib keladi. Ko'pgina hujayralar embrional rivojlanish davrida nobud bo'ladi. Masalan, vaqtinchalik a'zolarni hosil qilishda ishtirok etadigan hujayralar. Nobud bo'lgan hujayralar to'qimadan fagositoz yo'l bilan chiqariladi. Ularning o'rni yangi hujayralar bilan to'ldiriladi. O'limdan oldin bu hujayralarda sintez jarayonlari to'xtab faolligi kamayadi, vakuolyar tizimi qismlarga ajraladi, mitoxondriyalar o'zgarishga uchraydi va lizosoma ichidagi fermentlar tashqariga chiqishi natijasida hujayra lizislanadi (erib ketadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |