Spora orqali ko'payishda organizmlar sporadan rivojlanadi va sporalarga faqat bitta organizm (ota yoki ona)ning irsiy axboroti bo'ladi.
Jinssiz ko'payishda qiz organizm ona organizmning bitta hujayrasidan (2ga bo'linish, shizogoniya, spora orqali) yoki bir guruh hujayralaridan paydo bo'ladi (vegetativ ko'payish).
Vegetativ ko'payish o'simliklar orasida keng tarqalgan. Hayvonlarda jinssiz ko'payish asosan sodda tuzilishga ega bo'lgan parazitlar orasida keng tarqalgan. Bu usul orqali parazitlarning soni keskin ko'payadi va ular noqulay sharoitlarni o'tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |