O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 230 Kb.
bet36/74
Sana25.04.2020
Hajmi230 Kb.
#46955
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
Bog'liq
SITOLOGIYA

Endoplazmatik to’r. Bu organoidni kashf etilishi elektron mikroskopiya davrining rivojlanishiga to'g’ri keldi. 1945 yilda K.Porter (AQSh) o'z shogirdlari bilan fibroblast hujayralarini maxsus bo'yoqlar bilan bo'yab elektron mikroskop ostida qaraganda sitoplazmaning ektoplazma qismi och bo'yalib endoplazma qismi to'q bo'yalganligiga e'tibor beradi. To'q bo'yalgan qismida mikroskop ostida ko'p sonli mayda vakuolalar, kanalchalar yig’indisi to'rga o'xshash (retikulum) tuzilmani hosil qilganligini ko'rinadi

Silliq (agranulyar) endoplazmatik to’r - retikulyar membranalar tizimidan iborat bo'lib alohida tuzilma deb qaralmaydi. U ham vakuolalar kanalchalar va naychalar hosil qiladigan membranalar to'plamidan iborat va bir-biri bilan qo'shilishi mumkin. Yuzasida ribosomalari yo’q . Kanalchalar kengligi 50-100 nm, odatda zonalar hosil qilib joylashadi. Masalan, ichak epiteliysi hujayralarida hujayraning apikal (yuqorigi) qismida, so'rish yuzasiga yaqin, jigar hujayralarida glikogen to'planadigan joyda bo'ladi.

Donador endoplazmatik to’r sisternalari yuzasidagi ribosomalarni yo’qotib silliq endoplazmatik to’rga aylanadi. Golji apparati donador endoplazmatik to’rga nisbatan ikki lamchi hisoblanadi.



Golji apparati

Yuqorida aytib o'tilganidek hujayrada hosil bo'lgan ko'pgina moddalarning tashqariga chiqarilishida hujayraning yana bir tuzilmasi Golji apparati bajaradi.

1898 yilda italiyalik olim Kamilio Golji (1844-1926) mushukni nerv hujayralarida to'rsimon tuzilmalarni ko'rib ularga ichki to'rsimon apparat deb nom beradi. Keyinchalik sitologik usullarning rivojlanishi bilan bu tuzilma barcha hayvon hujayralarida topilgan va olimning nomi bilan atala boshlangan. O'simlik hujayralarida Golji apparati 1957 yilda Byuva va Porterlar tomonidan topilgan. O'simlik hujayrasida alohida joylashgan diktiosomalardan iborat.

Golji apparatining ikki xil strukturaviy holati mavjud: to'rsimon va o'simlik hujayralari uchun xos bo'lgan alohida tuzilmalardan iborat - diffuz shakli. Elektron mikroskop yordamida Golji apparati uch xil bo'limlardan tuzilganligi aniqlandi:

1. Sis bo'lim - silliq membrana bilan o'ralgan va yadro yaqinida joylashgan sisternalardan iborat. Ularda tranzit oqsillar fosforlanib medial bo'limga o'tadi. Bu erda doimiy ravishda sisternachalar yangilanib turadi. Ular silliq endoplazmatik to’rdan hosil bo’ladi.

2. Medial bo'lim sisternachalari uchlarida joylashgan mayda pufakchalardan iborat bo'lib tranzit oqsillari o'zgarishlarga uchrab trans bo'limga o'tadi.

3. Trans bo'lim - kengaygan sisternalar va ularning markaziy qismida joylashgan vakuolalardan iborat bo'lib plazmatik membranaga yaqin joylashgan(9rasm).


Download 230 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish