O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
bet8/21
Sana28.02.2020
Hajmi1,27 Mb.
#41188
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Maruza matni 1-2 semestr

Ma'lumotlarni chiqarish. Izlanayotgan ma'lumotlarni chiqarish. Masalan statistikadan qancha kitobxon ularning turi, foydalangan ma'lumotlari va shu kabilarni chiqaradi.

EK- elektron katalog

TM- to’liq matn
Elektron hujjatlarni yaratish va saqlashning tashkiliy strukturasi

Tashkiliy tuzilma kutubxonalarning rivojlanish stratеgiyasida tashkiliy ta'minotning o’rni bеqiyosdir. Tashkiliy tuzilma - bu AKM tarkibidagi bo’limlar, ularning o’zaro hamkorligi va bo’ysunishini bеlgilaydi. Tashkiliy tuzilmaning to’g’ri tuzilishi faqatgina bo’limlar ishi samaradorligini oshiribgina qolmasdan, balki AKM faoliyati samarasini ham oshiradi. Yangi tashkil qilingan AKM laridagi tеxnik komplеks, zamonaviy hisoblash tеxnikalari va ilg’or axborot tеxnologiyalari hisobiga rivojlantirilmasa bu yangi tashkil qilingan AKM larining an'anaviy kutubxonalardan farqi bo’lmaydi va kutubxona xizmatida sifat jihatdan progrеss bo’lmaydi. So’zsiz barcha yangi tashkil qilinayotgan AKM zamonaviy qisoblash tеxnikasi va tashkiliy tеxnika vositalari hamda dasturiy vositalar bilan ta'minlanishi zarur. Bu еrda qaysi AKM qanday tеxnika bilan ta'minlash kеrak dеgan juda muhim savol tug’iladi. AKM taxnika bilan ta'minlashda quyidagi ma'yorlarga rioya qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi, zеro ular olinayotgan tеxnika vositalarining soni va tarkibini aniqlashga ta'sir ko’rsatadi:

Kutubxona fondi qanday (kutubxonada saqlanayotgan hujjatlar hajmi). Fond qanchalik katta bo’lsa, AKMgi olinayotgan kompyutеr xotirasi va tеzligi shunchalik katta bo’lishi talab etiladi. To’liq matnli ma'lumotlar bazalarini shakllantirish ham buni taqozo qiladi;

Kompyutеrlar yordamida bajariladigan funksiyalar, ishlar ko’rinishi va soni. Funksiyalar soni avtomatlashtirilgan ish joylari soniga to’g’ri proportsional bu esa o’z navbatida kompyutеrlar soniga ta'sir ko’rsatadigan faktorlardan biri.

AKM tomonidan xizmat ko’rsatish ehtimoli tutilayotgan kitobxonlar soni yoki viloyat aholisining soni. Kitobxonlarning AKM ko’p kеlishi kompyutеrlashtirilgan o’quv zallarining kеngayishiga olib kеladi. Shuning uchun ham AKM tеxnik ta'minoti bo’yicha mе'yoriy-normativ hujjatlar, standartlar ishlab chiqilishi kеrak. Olinayotgan har bir kompyutеr asoslanmog’i lozim. AKMni ortiqcha tеxnika vositalari bilan ko’mib tashlash ham kеrak emas (tеxnika vasitalari tеz eskiradi) va ayni paytda tеxnika vositalarining еtishmasligi ham qo’yilgan vazifalarni bajarishga to’sqinlik qiladi.

Tеxnik ta'minot AKM avtomatlashtirishda juda muhim ammo еtarli shart emas. AKM avtomatlashtirish uchun dasturiy vositaning to’g’ri tanlanishi juda muhimdir.


Elektron hujjatlarni yaratish va saqlash hamda undan foydalanish

Elektron hujjatlarni boshqarish tizimi bu elektron hujjatlarni yaratish, saqlash, manipulyasiya qilish va jo‟natish jarayonlarini samarali tashkil etishga imkon beruvchi qurilmalar va dasturlar to’plamidir.


Elektron hujjatlarni yaratish

Oddiy matnli hujjatlarni yaratish turli xil yozuv mashinkalarida tayyorlab keyin qog’ozli hujjatdan skaner yordamida kompyuterga kiritish bilan bajarilishi mumkin. Hattoki, oddiy hujjatlarni ham kompyuterda, qulay va yuqori samarali servisni ta’minlovchi dastur vositalar xazinasidan keng foydalanib bevosita yaratish samaraliroqdir. Buning ustiga, bu servis keyinchalik ko‟paytirish uchun mo’ljallangan murakkab, yuqori badiiy saviyali hujjatlarni yaratishda muhimdir. Bunday murakkab hujjatlarni yaratish quyidagi jarayonlarni bajarishni talab etadi: matnni terish, tahrir qilish, to’g’rilash, rasmlarni tayyorlash, betlarni maketlash va sahifalash, chop etish.

Ko’pincha hujjatlar uchun materiallarning bevosita manbasi bo‟lib tasvirlarni skanerlash tizimlari, fakslar, elektron pochta, elektron jadval, grafiklar, chizmalar va boshqalar xizmat qiladi.

Hujjatni yaratishning hamma jarayonlarini skaner va muammoga yo’naltirgan amaliy dasturlar paketi to’plami (ADP) bilan, birinchi navbatda, matnli taxrirlash dasturi yoki stol usti nashriyot tizimi bilan jihozlangan SHEHM da samarali bajarish mumkin. Skaner hujjatga aloxida tayyorlangan lavhalar: rasmlar, fotografiyalar, sxemalar, muhrlar, imzolarni va boshqalarni kiritish uchun ishlatilishi mumkin.

Elektron hujjatlarni boshqarish tizimida quyidagilardan foydalanish mumkin:

matn muxarrirlari: Norton Editor, Brief, Leksikon, Multi Edit, Word Perfect, MS Word;

badiiy muharrirlar: Paint, Paint Bruch, Macromedia FreeHand, Acrobat Exchange;

nashriyot tizimlari: Ventura Pablisher, Frame Maker Makeg;

skanerlardan olinuvchi tasvirlar muharrirlari: Water Mark, Professional, Photo Styler;

Adobe Publishing Collection firmasining badiiy nashrlar bilan ishlash uchun ajoyib paketlar to’plami, ular o’z ichiga Corel Draw 7, Page Maker 6.5, Photo Shop 4.0 va Illustrator 7.0ni (dasturlarning oxirgi yangi naqli ko‟rsatilgan) hamda ko’plab boshqa dasturiy maxsulotlarni oladi.


Elektron hujjatlarni saqlash

Elektron hujjatlarni saqlash tizimi kompyuternnng tashqi xotirasida hujjatlarning samarali saqlanishi va dolzarbligini, hamda ularni samarali qidirish va murojaat qilishning maxfiyligini ta’minlashi kerak. Haqaqatan ham, ma’lumotlarni kompyuterda saqlash qog’ozdagidan birmuncha qulaydir: istagan paytda ma’lumotlarni o’zgartirish, to’ldirish va nusxalarni kerakli sonda chop etish mumkin. Axborotni disketaga yozib olib, istalgan shahar va mamlakatga borish mumkin, bunda qog’oz hujjatli chemodan taqdiridan xavfsiramasa ham bo’ladi, disketni esa kostyumning ichki cho’ntagida saqlasa bo’ladi (misol uchun, 3,5 dyuymli DVD disketada 1 mln betli matnni sig’dirish mumkin).

Axborotni, shu jumladan, elektron hujjatlarni tashqi xotirada saqlanadigan joyni ma’lumotlar bazasi deb ataladi. Ma’lumotlar bazalarini yaratish va ularga xizmat ko’rsatishni tashkil etish va dasturiy ta‟minoti ma‟lumotlar bazalarini boshkarish tizimi nomi ostida birlashtirilgan dasturiy maxsulotlarning alohida vazifasidir. Bu guruxning xozirda eng ommabop dasturiy vositalari qatoriga D Base, Clipper, Paradox, Approach, Oracle, FoxPro, Access va boshqalar kiradi.
Elektron hujjatlar bilan ishlash

Bu maxsus qism tizim bo’lib, boshqalarga nisbatan ko’proq darajada boshqarish faoliyatiga mo’ljallangandir. Bu tizimning asosiy vazifalari quyidagilardir:

elektron hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish;

hujjatlarning ijro etilishini nazorat qilish;

hujjatlarni chop etish va ko‟paytirish;

hujjatlarni elektron tarqatish.

Bu vazifalarni ta’minlovchi dasturiy mahsulotlar juda ko’p: Delo 96, BOSS referent, Galaktika (Hujjatlar aylanishini boshqarish moduli), Docs Open, Lan Docs, Link Works, Workflow, Work Man, Effect Office, Office Media, Acrobat, Dyntext, World View va boshqalar.

Eng avvalo hujjatlarni boshqarishning yuqorida aytilgan jarayonini qisman yoki to’liq amalga oshiruvchi universal integrallashgan dasturiy tizimlarni (Water Mark Professional, Lotus, Works) aytib o’tamiz. Masalan, Microsoft (MS) Works firmasining integrallashgan paketi matn muharrirlari, elektron jadval va ma‟lumotlar bazalarini boshqarish tizimini (MBBT) o’z ichiga oladi.

Integrallashgan tizimlar orasida shak-shubhasiz peshqadam bo’lgan Microsoft Office for Windows tizimini keng ma’lumdir, u MS Word matn muharririni, MS Exel jadvalli proсessor, MS Access MBBE (Microsoft Office provessional versiyasida), MS Mail elektron pochtasi va uning MS Form Designer kengaytmasi, Schdule еlektron kotib dasturi, MS AtWork PC Fax faksmodemlariga xizmat ko’rsatish dasturlarini, taqdimot uchun MS Power Point texnikalarni va ko’plab boshqa mahsulotlarni o’z ichiga oladi.

Microsoft Office dasturiy vositalaridan foydalanib quyidagilarni ta’minlash mumkin:

kirayotgan va chiqayotgan ma’lumotlarni ishlab chiqish;

еlektron hujjatlarni yaratish va taxrir qilish;

Ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish (misol uchun, hisobotni) va natijalarini grafiklar, diagrammalar va boshqa ko’rinishida ko’rgazmali tasvirlash;

еlektron hujjatlarni ma’lumotlar bazalarida qulay topiladigan va murojaat qilinadigan tarzda saqlash;

еlektron hujjatlarni еlektron pochta va faksimil aloqa bo’yicha marshrutlash va jo’natish;

еlektron kotib vazifalari va hujjatlar o’tishini boshqaruvni markazlashtirish (dispetcherlash); еlektron hujjatlarni qulay formatlash, chop еtish.


Nazorat uchun savollar:

Elektron hujjat tushunchasi haqida nima bilasiz?

Elektron hujjatlar bo’yicha mavjud huquqiy bazalar haqida so’zlang.

Elektron hujjatlar tipologiyasini ta’riflang.

Elektron hujjatlarni yaratish, saqlash va uzatish usullari va texnologiyalari haqida so’zlang.

3. Boshqaruv texnik tizimlarda ma’lumotlar bazasi bilan ishlash

Reja:

Ma’lumotlar bazasi tushunchasi.



Ma’lumotlar bazasining strukturasi.

Ma’lumotlar bazacini boshqarish tizimi.

Ma’lumotlar bazasi foydalanuvchilari.
Tayanch so‘z va iboralar: ma’lumotlar bazasi, strukturalash, MOBT, klient-server, fayl-server texnologiyalari, engines texnologiyasi, relyasion, ierarxik va semantik tarmoq, maydon, yozuv, OLE, unikal maydon
Ma’lumotlar bazasi (MB) to‘g‘risida so‘z yuritishdan avval MB nima ekanligini ifodalovchi bir nechta ta’riflarni keltirib o‘taylik:

ISO/IEC 2382-1:1993 ta’rifi.Ma’lumotlar bazasi bu – Bir yoki ko‘p tarmoqlarda foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning xususiyatlari va ular orasidagi munosabatlarni tasvirlab, konseptual struktura orqali tashkil qilingan ma’lumotlar to‘plamidir.

ISO/IEC TR 10032:2003 ta’rifi. Ma’lumotlar bazasi bu - ma’lumotlarni qoidalarga muvofiq amalaga oshirish vositasi va sxemalar orqali saqlanadigan ma’lumotlar to‘plami.

M.R.Kogalovskiyning ma’lumotlar bazasiga bergan ta’rifi. Ma’lumotlar bazasi bu - Aniq qoidaga muvofiq tashkil etilgan va foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladigan ma’lumotlar majmui.

K.Dj.Deytning ma’lumotlar bazasiga bergan ta’rifi. Ma’lumotlar bazasi bu - Har qanday korxonaning amaliy dasturiy ta’minot tizimlari majmui uchun doimiy ma’lumotlar majmui.

T.Konnolli va K.Beggning ma’lumotlar bazasiga bergan ta’rifi. Ma’lumotlar bazasi bu - Tashkilotning axborot ehtiyojini qondirish uchun mo‘ljallangan, mantiqan bog‘langan ma’lumotlarning birgalikdagi majmuidir.

Ma’lumotlar bazasi bu - EHM orqali izlash va qayta ishlash uchun tizimlashtirilgan mustaqil axborotlarning ob’ektli va mantiqiy bog‘lanishli formada tasvirlanishidir.

Keng ma’noda Ma’lumotlar bazasi (MO) deganda real dunyoning konkret ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamini tushinish mumkin. Lekin ma’lumotlar xajmi oshib borishi bilan bu masalalarni xal etish murakkablashadi. YUzaga kelgan muammo ob’ekt va ma’lumotlarni strukturalash, ya’ni tizimga solish yo‘li bilan xal kilinadi. Ob’ekt-bu mavjud va farqlanishi mumkin bo‘lgan narsadir. Ob’ektlarga tegishli bir qator ma’lumotlar borki, ularning to‘plami MO bo‘ladi. Masalan, xar bir akademik-litsey yoki kasb-hunar kolleji-bu ob’ektlar bo‘lsa, ulardagi o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar to‘plami MOga misol bo‘ladi.

Xar qanday jiddiy MOning yaratilishi uning loyihasini tuzishdan boshlanadi. MO loyihalovchisining asosiy vazifasi ob’ektlar va ularni tavsiflovchi parametrlarni tanlash, ma’lumotlar orasidagi ma’lumotlarni o‘rnatishdan iborat.

MOni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma’lumotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo‘yicha zarur ma’lumotlarni (tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat qiladi. Bu ishlarni ma’lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bo‘lgandagina bajarish mumkin.

Strukturalash-bu ob’ektlar va ma’lumotlarning o‘zaro bog‘lanishi tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir.

1-misol: strukturalanmagan ma’lumotlar.

SHaxsiy ish №16493; Aliev Karim Ergashevich; tug‘ilgan sana 1 yanvar 1979 yil; SHaxsiy ish №16498; Bokiev Dilmurod Raxmatullaevich; tug‘ilgan sana 5 dekabr 1985 yil; SHaxsiy ish №16595; Zokirov Anvar Rashidovich; tug‘ilgan sana 15 may 1984 yil.

2-misol: strukturalangan ma’lumotlar.



Shaxsiy ishi №

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tug‘ilgan sana

16493

Aliev

Karim

Ergashevich

01. 01. 79

16498

Bokiev

Dilmurod

Raxmatullaevich

05. 12. 85

16595

Zokirov

Anvar

Rashidovich

15. 05. 84

Zamonaviy MO texnologiyasida MOni yaratish, unga xizmat ko‘rsatish va foydalanuvchilarni MO bilan ishlashiga imkon yaratish maxsus dasturiy uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar majmuasi Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MOBT) deb ataladi.

MOBT-MOni yaratish, uni dolzarb holatda ushlab turish, kerakli axborotni topishni tashkil etish va boshqa xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan dasturiy va til vositalari majmuasidir. Boshqacha qilib aytganda MBBT bu - ma’lumotlar bazalarini yaratish va foydalanish uchun boshqarishni ta’minlovchi, maxsus lingvistik vositalar majmuiga ega bo‘lgan dasturiy ta’minot.

MOBT misoli sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

-DBASEdasturi, Microsoft Access, Microsoft For Pro For DOS, Microsoft For Pro For WINDOWS, Paradox for DOS, Paradox for WINDOWS, OpenOffice.org Base, Cache, CouchDB, IMS, DB2, Firebird, MS SQLServer, MongoDB, MySQL, mSQL, Neo4j, Oracle Database va hakozo.

MOBTlarni ishlash prinsiplariga ko‘ra quyidagicha yo‘nalishlarga bo‘lib o‘rganish mumkin:

Klient-server texnologiyasi asosida ishlovchi MBBT. Bular: InFormыx, Ingres, Interbase, MS SQLServer, MongoDB, MySQL, mSQL, Neo4j, Oracle Database.

Fayl-server texnologiyasi asosida ishlovchi MBBT Bular: DataFlex, dBase, OpenOffice.org Base, Paradox

Engines texnologiyasi asosida ishlovchi MBBT.Bular: BDE, Berkeley DB, C-Store , db4o, HSQLDB, Rdb, SQLite, ZODB

MO bilan ishlashga kirishishdan oldin ma’lumotlarni tasvirlash modelini tanlab olish kerak. U quyidagi talablarga javob berishi lozim:

-axborotni ko’rgazmali tasvirlash;

-Axborotni kiritishda soddalash;

-axborotni izlash va tanlashda qulaylik;

-boshqa omborga kiritilgan ma’lumotdan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;

-MOning ochikligini ta’minlash (yangi ma’lumotlar va maydonlar qo‘shish, ularni olib tashlash imkoniyatlari va hokazo).

MO bitta yoki bir necha modellarga asoslangan bo‘lishi mumkin. Xar qanday modelga o‘zining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi ob’ekt sifatida karash mumkin. SHunday ob’ekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo‘ladi. MO modellarining uchta asosiy turlari mavjud:

Relyasion, ierarxik va semantik tarmoq.

Relyasion (lotin tilidagi relatio-munosabat so‘zidan olingan) modelda ma’lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Eng sodda holda u ikki o‘lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo‘ladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o‘zaro bog‘langan to‘plamidan iborat.

MOning ierarxik modeli pastki pog‘onadagi yuqori pog‘onadagiga bo‘ysinish tartibida joylashgan elementlar to‘plamidan iborat bo‘ladi va ag‘darilgan daraxt(graf)ni tashkil etadi. Ushbu model sath, tugun, bog‘lanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki, quyi sathdagi bir necha tugunlar bog‘lanish yordamida yuqoriroq sathdagi bitta tugun bilan bog‘langan bo‘ladi. Tugun - bu ierarxiyaning berilgan sathida joylashgan elementning axborot modelidir.

MOning semantiq tarmoq modeli ierarxik modelga o‘xshashdir. U xam tugun, sath, bog‘lanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantiq tarmoq modelida turli sathdagi elementlar orqali «erkin», ya’ni «har biri xamma bilan» ma’noli bog‘lanish qabul qilingan.

Ko‘pchilik MOlar jadval tuzilmasiga ega. Unda ma’lumotlar adresi satr va ustunlar kesishmasi bilan aniqlanadi. MOda ustunlar-maydonlar, satrlar esa yozuvlar deb ataladi. Maydonlar MOning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda joylashgan ma’lumotlarni tashkil etadi.

Maydonlar-MO tuzilmasining asosiy elementlaridir. Ular ma’lum xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Har qanday maydonning asosiy xususiyati uning o‘zunligidir. Maydon o‘zunligi undagi belgilar soni bilan ifodalanadi.

Maydonning yana bir xususiyati, uning nomidir. Maydonda uning nomidan tashqari yana imzo xususiyati ham mavjud. Imzo-ustunning sarlavhasida aks ettiriladigan axborotdir. Uni maydon nomi bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Agar imzo berilmagan bo‘lsa sarlavhada maydon nomi yozib quyiladi. turli tipdagi maydonlar turli maqsadlarda ishlatiladi va turli xossalarga ega bo‘ladi.

Maydonlarning xususiyati bilan tanishib chikamiz:

1. Oddiy matn maydoni. Belgilar soni 255 dan oshmasligi kerak.

2. MEMO-katta o‘lchamli matn maydoni. Belgilar soni 65535dan oshmasligi shart. Oddiy matn va MEMO maydonida hisob ishlarini bajarib bo‘lmaydi.

3. Sonli maydon. Sonli ma’lumotlarni kiritishga xizmat qiladi va hisob ishlarini bajarishda foydalaniladi. Bu maydon 1,2,4,8 va 16 baytli bo‘lishi mumkin.

4. Sana va vaqt maydoni. Bu maydon sana va vaqtni bichimlangan holda saqlab quyish imkonini beradi (01. 06. 01 20:29:59). 8bayt o‘lchamga ega.

5. «Pul birligi» nomi bilan ataluvchi maydon. Bu maydondan hisob kitob ishlarini yuritishda foydalaniladi.

6. Hisoblagich maydoni. Bu maydon 4 bayt o‘zunlikka va avtomatik ravishda ma’lum songa oshib borish xususiyatiga ega. Ushbu maydondan yozuvlarni nomerlashda foydalanish qulaydir.

7. Mantiqiy amal natijasini saqlovchi maydon. Bu maydon «rost» (true) yoki «yolg‘on» (false) qiymatni saqlaydi. Maydon o‘lchami 1bayt.

8. OLE-nomi bilan yurituvchi maydon. Bu maydon Excel jadvalini, Word xujjatini, rasm, ovoz va boshqa shu kabi ma’lumotlarni ikkilik sanoq sistemasida saqlaydi. Maydon o‘lchami 1Gbaytgacha.

9. Giperssilka maydoni. Bu maydon belgi va sonlardan iborat bo‘lib, biror fayl yoki saytga yo‘l ko‘rsatadi.

10. Qiymatlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan maydon. Bu maydon bir qancha qiymatlardan iborat bo‘lgan ro‘yxatdan tanlangan aniq bir qiymatni saqlaydi.

Jadvallar orasidagi munosabatlar ishonchli ishlashi va bir jadvaldagi yozuv orqali ikkinchi jadvaldagi yozuvni topish uchun jadvalda alohida maydon-unikal maydon bo‘lishini ta’minlash kerak.

Unikal maydon-bu qiymatlari takrollanmaydigan maydondir.

Misol sifatida talabalar haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasining bir qismini keltiramiz.

Maydon nomi

Maydon xususiyati

Maydon xajmi

Talabaning ombordagi o‘rni

Hisoblagich maydoni

4 bayt

Talaba F. I. SH.

Oddiy matnli maydon

255 belgi

………………………….

………………………




Talabaning rasmi

OLE-nomi bilan yuritiluvchi maydon.

1G bayt

Talaba haqida qo‘shimcha ma’lumotlar

MEMO-katta o‘lchamli matn maydoni

65535 belgi

Nazorat uchun savollar.

Ma’lumotlar bazasi nima?

Ma’lumotlar bazasining qanday turlari bor?

Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MOBT) nima?

4. Texnik tizimlarda kompyuter grafikasidan foydalanish. Texnik tizimlarda grafik modellashtirish. Multimedia texnologiyalari.

Reja:

1. Kompyuter grafikasi va animatsiyasi tushunchasi.



2. Multimediya texnologiyalari
Tayanch so‘z va iboralar: grafika, animatsiya, vektorli grafika, raastrli grafika, uch o’lchovli grafika, 3D, piksel, rang modeli, RGB, multimedia, video, audio, distant uslubi, Movie maker, Media player, SoundForce.
Kompyuter grafikasi va animatsiyasi tushunchasi.

Kompyuter grafikasi uzoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to‘laqonli grafik tizimlar mavjud bo‘lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (KG) va kompyuter animatsiyasi (KA) atamalaridan foydalaniladi. Kopyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko‘rinishlari o‘z ichiga olsa kompyuter animatsiyasi dinamik o‘zgaruvchi tasvirlar Bilan ishlaydi.

Kompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o‘zgartirish va tahrirlashdir.

Kompyuter animatsiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir.

Kompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo‘lib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o‘rganadi.

Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o‘rganuvchi soha uch o‘lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi.

Kompyuter grafikasi turlari.

Tuzilishiga ko‘ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo‘lishi mumkin. Masalan tasvir xosil qilishda skaner uni ko‘pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo‘lib chiqadi va ulardan rastrli surat xosil qiladi.

Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo‘lib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma’lum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo‘yicha (800) va vertikal bo‘yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa tasvirning ekrandagi va qog‘ozda chop etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori bo‘ladi.

Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bo‘yalish rangini ko‘rsatish orqali xosil qilinadi. Maslan oq fondagi qizil ellips bor yo‘g‘i ikki formula – to‘g‘ri to‘rtburchak va ellipsning ranglari, o‘lchamlari va joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli rasmdan ko‘ra kamroq joy egallaydi.

Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi – ularning sifatini yo‘qotmagan xolda kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkoniyatidir. Ob’ektlarni masshtablash matematik formulalardagi mos koeffitsientlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali amalga oshiriladi.

Shunday qilib rastrli yoki vektorli formatni tanlash tasvir bilan ishlash maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Rangni uzatishning fotografik aniqligi talab etilgshanida rastrli formatdan foydalanish lozim. Logotip, sxemalar va chizmalarni tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuni ta’kidlash lozimki, rastrli va vektorli tasvirlashda (matn ham) grafika ekranga yoki chop etish qurilmasiga nuqtalar jamlanmasi sifatida uzatiladi.

Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.

Xozirgi kunga kelib kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalari kirib bormagan soxani topish qiyin.

Kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalarini qo’llanish soxasiga ko’ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:

poligrafiya ishlari uchun muljallangan kompyuter grafikasi dasturlari;

ikki o’lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi;

takdimot ishlari uchun muljallangan dasturlar;

ikki o’lchamli animatsiya dasturlari;

uch o’lchamli animatsiya dasturlari;

ikki o’lchamli animatsiya dasturlari;

ikki o’lchamli va uch ulchamli animatsiya dasturlari;

videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar;

ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar.

Kompyuter grafikasi va animatsiyasi dasturlari rassom va dizaynerlar, poligrafchi va kinematografchilar, kompyuter o’yinlari va o’qitish dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker va olimlar, shuningdek o’z faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha mutaxassislarda xam katta qiziqish uyg’otadi.

Poligrafiya ishlari va rasm chizish uchun muljallangan kompyuter grafikasi dasturlari matnni turli kurinishdagi illyustratsiyalar bilan tuldirish, saxifalar dizaynini yaratish, xamda yukori sifatli poligrafiya maxsulotlarini chop ettirish imkoniga egadirlar. Bunday dasturlarga misol kilib, tasvirlarni kayta ishlash imkonini beruvchi Adobe Photoshop rastrli paketini keltirish mumkin. Bu va shunga uxshash paketlar rastrli tasvirlarni taxrirlash va montaj kilish uchun zarur bulgan vositalardan: skanerlangan tasvirlar rangini korreksiyalash, fotosuratlarni «tekislash», maxsus effektlar va maskalardan foydalanish imkonini beradi. Paketning sunggi versiyalari tasvirlarning kup katlamli tuzilmasini kullash bilan birga vektorli konturlarni yaratish va taxrirlash imkoniyatlariga xam ega. Paket tarkibiga turli maskalar, kup sonli filtrlardan tashkari rang bilan ishlash va maxsus effektlarni yaratishga muljallangan vositalar majmui kiritilgan.

Rastrli paketlardan tashkari poligrafiya ishlari uchun muljallangan vektorli kompyuter grafikasi dasturlari xam mavjud. Bulardan Windows tizimi uchun muljallangan Adobe Illustrator va Corel Draw dasturlari xakida aytib utish mumkin. Adobe Illustrator illyustratsiyalar yaratish, saxifalarning umumiy dizaynini ishlab chikish, xamda tayer tasvirni yukori sifatda chop etishga mo‘ljallangan. Paket ixtieriy shakldagi simvollar va figuralarni yaratib, sung ularni masshtablash, aylantirish(uz uki atrofida) va deformatsiyalash imkoniyatlaridan tashkari matn va kup varakli xujjatlarni kayta ishlash vositalariga ega.

Corel Draw vektorli paketi rasm chizishdan tashkari turli grafiklarni tayerlash va rastrli tasvirlarni taxrirlash ishlarini bajara oladi. Bu dastur fayllarni boshkarish, kompyuter displeyida slayd-filmlar namoyish etish, «kulda» chizish va tasvir katlamlari bilan ishlash, uch ulchamli maxsus effektlarni qo‘llash, matnni kayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan. Bulardan tashkari Windows muxitida ishlovchi Adobe PhotoStyler, SGI va Macintosh kompyuterlari uchun muljallangan Barco Creator, Live Picture, Scitex Blaze, Linotype Da Vinci, Eclipse, Pixelfx dasturlari xam keng tarkalgan. Barco Creator dasturi uzining ishlash tezligi, xamda keng funksional imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Takdimot ishlari dasturlari.

Macintosh va Windows muxitlarida ishlatiluvchi takdimot dasturlar paketidan anchadan buyon mavjud dasturlar guruxini ajratib kursatish mumkin. Bu guruxga Lotus firmasining Freelance Graphics, Software Publishing firmasining Harvard Graphics, Microsoft korporatsiyasining Power Point dasturlari kiradi. Bu dasturlarni ishlab chiquvchilari xar bir yangi versiyasi(rusumi)da ishlatiladigan vositalarni kupaytirib imkoniyatlarini kengaytiradilar.

Macintosh va Windows muxitlaridagi yangi turdagi takdimot dasturlari paketi multimedia vositalarini yanada to‘lik ishlatishga muljallangan. Bu dasturlar video a tovushli fayllarni qulay uzatish (improt kilish), diagrammalarda annimatsiya vositalaridan keng foydalanish imkonini beradi.

YAngi turdagi takdimot dasturlar katoriga Macromedia firmasining Action xamda Gold Disk firmasining Astound dasturlar paketi (tuplami) kiradi.

Power Point dasturi MS OFFICE dasturlar to‘plami tarkibiga kiradi. Undan foydalanish oson, kulay. Dasturda o‘rgatuvchi o‘quv dasturi, tayyor takdimot namunalari, matn bilan ishlash vositalari, boshlovchilar uchun foydali yordam tizimi mavjud .

Power Point dasturida ichki multimedia vositalari bo‘lmasada, bu vositalarni OLE-2 (Object Linking and Embedding) texnologiyasi yordamida kengaytirish va to‘ldirish mumkin.

Astound dasturi (paketi) yangi takdimot dasturlari ichida eng yaxshilaridandir. U ishlatilishi soddaligi bilan ajralib turadi. Tovushli kliplar, xarkatli tasvirlar va multimedianing boshka elementlaridan bir vaktning o‘zida baravar (sinxron) ishlatishga imkon beradi.

Takdimot dasturlari ichidan OS/2 va Macintosh muxitida ishlovchi komponovka (ixchamlashtirish, birlashtirish) va dizayn vositalariga ega Adobe Persuasion dasturini, Windows muxitida ishlovchi kuchli rasm chizish vositalari qulay boshkaruvga ega Novell Presentations dasturini, xamda slayd-ko‘rgazmalar uchun Lifeboat Publishers firmasining Demo-it dasturini, takdimotlar imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo‘ljallangan Macromedia firmasining Director dasturlarini aloxida e’tiborga olish kerak bo‘uladi.

Ilmiy vizuallashtirish dasturlari

Ilmiy vizuallashtirish dasturlar nafaqat maxalliy rejalashtirish masalalarini xal kilishga, balki kuyosh portlashlarini vizualashtirish masalalarini xal qilishgacha mo‘ljallangan.

SHK da ishlatiladigan ilmiy va muxandislik grafikasi dasturlari ichidan Golden Software firmasining Surfer va Grapher, MapViewer dasturlarini aloxida kursatish mumkin. Bu dasturlar tekislik va grafiklar xamda rangli kartalar(xaritalar) yaratish uchun mo‘ljallangan. Ular DOS va Windows muxitlarida ishlaydi. Rangli grafik va xaritalarni bu dasturlar yordamida ixtiyoriy monitor yoki tashki qurilmalarga chikarish mumkin. Surfer paketi z=f(x,y) kurinishdagi funksiyalar bilan aniklanadigan ikki ulchovli berilganlarga ishlov berish va vizuallashtirishga muljallangan. U tekislikning rakamli modelini kuradi, yordamchi amallarini bajaradi xamda natijalarni vizuallashtiradi. Grapher dasturi y=f(x) kurinishdagi funksiyalarga ishlov berish va grafiklarini yasashga muljallanagan. Unda bir rasmdagi grafiklar soni va grafiklardagi egri chiziklar soni cheklanmagan. Xar bir egri chizik 32000 tagacha nuktadan iborat bo‘lishi va bir grafikda xar xil ulchovli, masshtabli bir nechta koordinata uklari bulishi mumkin. MapViewer paketi kartalarni kiritish taxrirlash-masshtablarni o‘zgartirish, koordinatalarni o‘zgartirish xamda kartalar bilan boglik rakamli axborotga( masalan- demografik ma’lumotlarga) ishlov berish va grafik ko‘rinishda chiqarish imkonini beradi.

YUkorida keltirilgan vizuallashtirish dasturlaridan tashkari umumiy xolda ishlatiladigan kuyidagi vizuallashtirish dasturlari xam bor: IRIS Explorer, VIS-5D, PV- Wave, Khronos, Data Visualizer, Data Explorer.

SGIdagi Earth Watch dasturi yordamida Er ob–xavo sharoitining uch ulchovli tasvirini modellashtirish va kursatish, kosmik suratlar asosida topologik tekisliklarini kurish xamda ob-xavo ma’lumotlarini bir xafta oldin berish mumkin.

Video va komponovka bilan ishlash tizimlari.

Rakamli videotasvirlarga ishlov berish dasturlari xamda ikki ulchovli va uch ulchovli grafikadan foydalangan xolda kupkatlamli kompozitsiyalarni yaratish, murakkab(s’emka) suratga olish jarayoni o‘rnini egallashi, kompyuter grafikasi yordamida suratga olingan materiallarga ishlov berish, suratga olingan materiallarni kompyuter animatsiyasi bilan qo‘shish, natijalarni kino va videotasmalarga chikarish mumkin.

Windows va Macintosh muxitlarida ishlovchi videotasvirlarni taxrirlash dasturi Adobe Premier rakamlashtirilgan videoni, statik tasvirlarni va tovushli fayllarni montaj qilish imkonini beradi. Paketning eng oxirgi versiyasi (rusumi) turli usullar bilan bir nechta mustakil videoroliklarga ishlov berish, ko‘pgina filtrlardan foydalanish, maxsus effekt va shriftlarni xosil kilish imkoniga ega. Bu dasturning raqobatchilari sifatida ATI firmasining MediaMerge dasturini, eng kuchli dasturlardan yukoridagi Adobe firmasining CoSA After Effects dasturini ko‘rsatish mumkin. SGI muxitida ishlovchi Composer dastur Alias/Waferfront firmasining maxsulotidir. Bu dastur maxsus effektlarni yaratish, videoyozuv vositalari, kompleks saxnalarni xosil qilish uskunalaridan foydalanish imkoniga ega .SHular yordamida yukori sifatli video maxsulotlarni yaratish, yozish, taxrirlash, mumkin. Bulardan tashkari aloxida kadrlarni va animsiyali kliplarni kompanovka qilish, aralashtirish (mikshirovat), ularga maxsus effektlarni matnlarni qo‘shish mumkin. Paket (dastur) nafakat videoyozuvning oxirgi natijasini, balki oralik kadrlarni (natijalarni) quyi imkoniyati kichik ekranlarda kuzatish ko‘rish mumkin.

Composer dasturi barcha kino va videoformatlarni xamda video bilan ishlovchi kurilmalarni qo‘llash imkonini beradi. Bu dasturlardan tashkari SGI muxitida videoga ishlov beruvchi Chiron firmasining Liberty, Integrated Research firmasining Harmony, Parallax firmasining Matador, Avid firmasining Media Suite Pro, Discreet Logic kompaniyasining Flint paketi, Flame, Interno, XAOS firmasining Pandemonium dasturlari mavjud.

Modellashtirish (2D va 3D).

2 o‘lchovli va 3 o‘lchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik ishlanmalari uchun qo‘l keladi. Bulardan tashkari bu dasturlarni uch o‘lchovli animatsiya, poligrafik, takdimot paketlari bilan to‘ldirish mumkin.

Modellashtirish dasturlari ichida WINDOWS muxitida ishlatiluvchi eng kuchli avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi isfatida Autodesk firmasining AutoCad dasturini olish mumkin. Odatda, AutoCad ni avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi(SAPR)ning grafik yadrosi sifatida qabul qiladilar. Dastur yordamida turli chizik, yoy, matnlar xosil qilish, taxrirlash, 2D va 3D modellarni yaratish, loyixalash jarayonida vujudga keladigan ko‘pgipa muammolarning echimini avtomatlashtirish, xususiy ssenariy va makrokomandalar yaratib, aniq(konkret) masala va ilovalarga tizimni sozlash, adaptatsiya qilish mumkin.

AutoCad paketi Auto LISP ichki dasturlash tiliga ega bulib, uning yordamida foydalanuvchi yangi buyruklarni xosil kilishi va xatto yukori darajadagi dasturlash tillaridan foydalanishi mumkin.

IBM va Macintosh muxitlarida uch o‘lchovli modellashtirish uchun ko‘pincha Alias/ Wavefront firmasining splaynli modellashtirish dasturi Sketch! ishlatiladi. Bu dastur yukori sifatli vizuallashtirish imkonini beradi. Ray Dream Designer dasturi esa maxsus modellashtirish vositalari to‘plamiga ega bo‘lib, tasvirning fotorealistik sifatiga erishish imkonini beradi.Macromedia firmasining MacroModel paketi va Auto.des.sys firmasining Form.Z dasturi uch o‘lchovli ob’ektlarni modellashtirish va deformatsiyalash vositalariga ega.

IBM ga mos kompyuterlarda yana Crystal Graphics firmasining Crystal 3D Designer dasturidan foydalanish mumkin. Bu dastur vizuallashtirish, soyali effektlar xosil kilish, yuzalarga materiallarni joylashtirish (nalojenie materialov na poverxnosti) vositalariga ega . Silicon Graphics ning ishchi stansiyalarida ishlatiluvchi eng kuchli modellashtirish va dizayn dasturlari katoriga Alias/ Wavefront firmasining Designer, Studio va AutoStudio dasturlarini kiritish mumkin. Bu dasturlar yordamida bir vaktning uzida 2D va 3D modellar bilan ishlash xamda mavjud avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari bilan mujassamlashish masalasining echimini topish mumkin.

Designer dasturi splaynlar asosida yukori darajada modellashtirishni qo‘llash bilan birga geometrik ob’ektlar xususiyatlarini baxolashning etarli vositalariga, animatsiyaning qulay uskunalariga xamda renderingning sifatli moduliga ega.

Designer imkoniyatlarini to‘ldirib, kengaytirib Studio ga aylantirish mumkin. Studio dasturi modellashtirish imkonining yukoriligi, yuzalar va egri chiziklar bilan ishlash tizimining mukammalligi, geometrik ob’ekt, rendering va rasm chizishni baxolashning qo‘shimcha imkoniyatlari bilan Designer dan farq qiladi. AutoStudio esa Studio dasturiga avtomobil dizaynerlari uchun maxsus ishlab chikilgan, modellar va animatsiyani taxrirlovchi maxsus vositalar qo‘shilishi natijasida vujudga kelgan. SHuningdek, bu dasturlar Silicon Graphics ning ko‘pprotsessorli modellarida ishlatilishi uchun qo‘shimcha vositalar va imkoniyatlar bilan to‘ldirilishi, kengaytirilishi mumkin. SGI muxitida ishlovchi avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari ichida yana Engineering Animation firmasining Vislab dasturini aytib utish mumkin. Bu dastur dizayn va muxandislik masalalarining vizual echimini yaratish(xosil kilish) imkonini beradi.

Kompyuter grafikasida rang tushunchasi Rang modellari

Kompyuter grafikasida rang juda muxim – kuzatuv taassurotni kuchaytirish va tasvirni axborotga boyitish rolini o‘ynaydi. Biz ko‘rayotgan yoritilgan buyumdan qaytgan yorug‘lik ko‘z qorachig‘i orqali ko‘zimizga o‘tadi va ko‘z ichidagi asab xo‘jayralarini qo‘zg‘atadi. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya bilan bog‘langanligi tufayli ko‘z yorug‘ligi miyaga o‘tadi va ongimizda buyumni ko‘rish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Biz buyumni ko‘ramiz. Atrof muhitni bunday ko‘rish qobiliyati ko‘rish deb, ko‘rish a’zosi esa ko‘z deb ataladi.

Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda ko‘p ma’lumot olamiz. Bu ma’lumotlarning 90% ni ko‘rish orqali qabul qilamiz. Yorug‘lik oqimi bu ma’lumotlarni eltuvchi hisoblanadi.

Bizning ko‘zimiz miya bilan organizmning asab sistemasi orqali bog‘langan. Agar ko‘zning tuzilishini fotoapparat, kinoga olish apparati va televizion kamera kabi hozirgi zamon optikaviy apparatlarining tuzilishi bilan taqqoslasak ular orasida o‘xshashlik borlig‘ini sezishimiz mumkin.

Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin bo‘lmagan ranglar asosiy ranglar deyiladi. Qizil, yashil va ko‘k ranglar–asosiy ranglar hisoblanadi. Ularni bir hil aralashtirsak oq hosil bo‘ladi.


Rang modellari.

RGB modelining nomi Red - qizil, Green – yashil va Blue – ko‘k birlamchi ranglarning bosh xarflaridan olingan bo‘lib, ushbu ranglarning turli proporsiyalarda aralashtirish natijasida ko‘rinuvchi spektrning turli xil boshka ranglarini olish mumkin. Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy (cyan), pushti (magenta) va sariq (yelow) ranglar xosil bo‘ladi.


10.1-rasm. RGB modeli.


RGB modelining tashkil etuvchilari 0 dan 255 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. R=255, G=255, B=255 bo‘lganda oq rang, R=0, G=0, B=0 bo‘lganda esa qora rang xosil qilishimiz mumkin.

CMYK modeli bo‘yoqlarning nurni yutish qobiliyatiga asoslangan. Oq rangning nur o‘tuvchi bo‘yoqdan o‘tishida spektrning bir qismi yutiladi. YUtilmagan nur qaytadi va odam ko‘ziga tushadi.


10.2-rasm. CMYK modeli.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish