5
ishtirok etadilar. Maktab o`lkashunosligi tarix hamda inson va jamiyat fanlaridan olgan
bilimlarni oydinlashtiradi, kengaytiradi hamda har xil fanlarning o`zaro aloqasini ta`minlaydi.
Maktab o`lkashunosligi tarixiy obidalarni saqlash va himoya qilish, qadimiy
manzilgohlarni topishda ham katta rol’ o`ynaydi. U jamoa bo`lib yashash,
ishlash va ijod
qilishga o`rgatadi. O`quvchilarda sinchkovlik, tirishqoqlik, tevarak-atrofga havas bilan boqish,
tadqiqotga qiziqish, Vatanni sevish va uni ardoqlash hislari shakllanib boradi.
Darhaqiqat, maktab o`lkashunosligi o`quvchilarda o`z Vataniga mehr uyg`otish bilan birga,
ularni estetik ruhda tarbiyalashga xdm munosib hissa qo`shadi.
Vatanga bo`lgan mehr tuyg`usi o`z o`lkasini o`rganishdan boshlanadi. Maktab
o`lkashunosligida ana shunday tuyg`u shakllanadi.
2. Tarixiy o`lkashunoslikning rivojlanishi. 1917 yilga qadar o`lkani o`rganish masalasi.
Rus olimi M. V. Lomonosov o`z o`lkasini mukammal o`rganish maqsadida 1761 yili 30
savoldan iborat javob varaqasi tuzib, aholi o`rtasida tarqatgan edi. Ayni vaqtda bu bilan
o`lkashunoslik faniga asos solingandi. O`lkani o`nganish masalasi O`rta Osiyo, shu jumladan
O`zbekiston hududida Rossiyadan anchagina keyinroq, ya`mi XIX asrning ikkinchi yarmidan
boshlanadi.
Rus olimlari O`rta Osiyoning chorizm tarafidan bosib olishidan
ancha ilgari bu
o`lkani o`rganish bo`yicha bir qancha ishlar qilgan edilar. Biroq, XIX asrning birinchi
yarmidagi o`lkani o`rganish, ya`ni mahalliy tarixchilik ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy
hayotdagi biqiqliqka mos bo`lib, feodal tuzum manfaatlari uchun xizmat qilar edi. Tarix fanidan
feodal sinfining manfaatlari, xonlar va ular sulola-sining taxtga egaligi va «odilligi»ni
mafkuraviy jihatdan asoslash uchun foydalanib kelindi. Saroy tarixchilari o`zlarining asosiy
e`tiborlarini siyosiy voqeliklarni xonlarning faoliyati va o`z raqiblari ustidan qozongan
g`alabalarini ko`klarga ko`tarib maq-tash, saroydagi an`analarni tasvirlashga qaratdilar. CHunki
zamon o`zi shunaqa edi. Natijada bu davr tarixchiligining mavzui jahon tarixchiligi
mavzusidan
bir qadar ajralib qoldi. X—XV asrlardagi mahalliy tarixchilar Muhammad Narshaxiy, Tabariy,
Rashididdin, Nizomiddin Jomiy, Abulg`ozixon va boshqalarning asarlari o`zining
mazmundorligi, faktik materialga boyligi bilan bu davrda yozilgan tarixiy asarlardan sezilarli
darajada ajralib turadi. SHarqshunos A. A. Romaskevich Rashididdinning «Jome ut-tavorix»
nomli asari ustida so`z yuritar ekan, haqli ravishda bu asar o`zining mazmuni va hajmi jihatidan
muhimligini ko`rsatib, biz bu asardan keyin eron tarixchiligida voqealarni bu xilda bayon qilish
uchun bo`lgan intilishni ko`rmaymiz, deb yozgan edi. Bu O`rta Osiyo tarixchiligiga ham xos
narsa edi. SHunday qilib, XIX asrning birinchi yarmida tarix fani ham, boshqa fanlar singari,
hukmron sinfning manfaati uchun xizmat qildi.
X1X asrning 30-yillarida Buxoro saroy tarixchisi Muhammad YOqub yozgan «Gulshan ul-
muluk» nomli asar o`sha davr tarixiy manbalaridan biri hisoblanadi. Bu asar fors-tojik tilida
yozilgan bo`lib, unda qadimgi zamonlardan to XIX asrning 30- yillarigacha bo`lgan Buxoro
amirligidagi siyosiy voqealar bayoni beriladi. Asarda saroy voqeliklari, xukmron sinflar tarixi,
o`zaro urushlar, unda erishilgan g`alabalar, xonlikning keyingi sulolasining genealogiyasi
(nasabnomasi) ifodalanib, jamiyatning rivojlanishida asosiy kuch bo`lgan
xalq ommasining
ahvoli, uning tilak-orzulari, xalq harakatlari va bu harakatning tub mohiyatini yoritishga bo`lgan
intilishni deyarli ko`rmaymiz.
YAna o`sha davrda fors-tojik tilida yozilgan ikkinchi
manba Buxoro saroy tarixchisi
Muhammad Mir Olim
ning «Tarixi amir Nasrullo» nomli asaridir. Bu asar Buxoro amiri
Nasrulloning (1826—1860) topshirig`i bilan yozilgan. Asar XVIII asrning ikkinchi yarmida
Buxoro amirligida yuz bergan siyosiy voqealarni, ichki va tashqi voqeliklarni tasvirlash bilan
boshlanib, amir Nasrulloning hokimiyatga kelishi, uning dastlabki yillardagi davlatni
boshqarishda tutgan siyosati bilan tugallanadi. Asarda Buxoro amirligidagi 1821 — 1825
yillarda bo`lib o`tgan xitoy-qipchoqlar qo`zg`oloni va uning bostirilishi haqida so`zlanadi.
Ammo asarda qo`zg`olontshg asosiy sabablari va mohiyati ochib berilmagan, bu tabiiy hol
bo`lib, saroy tarixchisidan buni kutish mumkin emas edi.
6
YAna shu yo`nalishda yozilgan tarixiy manbalardan biri mulla Ibodulla va mulla
Muhammad SHariflar tomonidan fors-tojik tilida yaratilgan «Tarixi amir Haydar» nomli asardir.
Asarda ashtarxoniylar bilan mang`itlar sulolasi tarixi, amir Haydarning otasi
amir SHoh
murodning tug`ilishidan boshlab, to amir Haydar-ning o`limi (1826) gacha Buxoro amirligida
bo`lib o`tgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy voqealarga to`xtalib o`tilgan. SHu bilan birga, asarda
1820 yilda A. F. Negri boshliq Rossiyadan Buxoroga yuborilgan elchilik tashrifi to`g`risida xam
ma`lumotlar berilgan'.
Muhdmmad SHarifning xuddi o`sha davrni aks ettiruvchi «Toj ut-tavorix»—(«Tarixlar
toji») nomli asarida mang`itlar nasabnomasi, turkiy va Mo`g`ul qabilalari, CHingizxon, uning
avlod-ajdodlari, shayboniylar, ashtarxoniylar sulolasining tarixi beriladi. Umuman, asar
ashtarxoniylar, ayniqsa mang`itlar sulolasi vaqtida Buxoro amirligidagi siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy voqeliklarni o`rganishda muhim rol’ o`ynaydi.
XIX asrning 40-yillarida yozilgan yirik tarixiy
manbalardan biri Muhammad Hakimxon
to`raning «Mun
taxab VI• takorix» nomli asaridir. Asarda XVIII asrn
ing 70 millaridan to
Qo`qon
xoni Umarxonning vafoti (1822), undan so`ng taxtga o`tirgan Madalixongacha bo`lgan
Do'stlaringiz bilan baham: