Qorasaroy — Toshkent shahar darvozalari ichida Qorasaroy darvozasi ham bo`lgan. Bu
darvoza dastlab qopqa deb atalgan (darvoza so`zi forscha qopqa demakdir). Ana shu yo`lda
zakotxona, zakot saroyi qurilganidan keyin darvoza Qorasaroy deb atalgan.
Taxtapul — bu so`zning etimologiyasi taxta — yog`och, pul — fors tilida ko`prik, ya`ni
taxta ko`prik degan ma`noni bildiradi. Bu ariq qazilgach undan o`tish uchun yog`och va taxtadan
ko`prik qurilgan. SHundan so`ng ariqning va o`sha joyning nomi ham Taxtapul bo`lib qolgan.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |