35
shox.larining yozma hisob-kitob arxivi ham topilgan. Bular qadimgi Xorazm yozuvi bilan
taxtaga va charmga bitilgan.
1938 yili VI — VIII asrlarga oid Xorazm pullaridagi yozuvlar yordamida ularning
ko`pgina asoslari aniqlangan. Umuman, Tuproqqal`adan topilgan arxiv yozuvi fanga juda ko`p
yangilik bergan.
1934 yili Samarqand yaqinidagi Mug`tepadan Panjakent hokimi Devashtichning VIII
asrdagi arxivi to pildi. Arxivdagi so`g`diycha va arabcha xatlar asosida so`g`d yozuvining
xususiyatlari aniqlandi, bu esa tarix faniga ancha ravshanlik kiritdi. Bunga Xorazm arxivining
qo`shilishi esa O`rta Osiyodagi o`sha zamon hayoti va madaniyatiga doir ko`p masalalarni
aniqlash imkoniyatini yaratdi.
Keyingi yillarda Surxondaryo viloyatida «Bolaliktepa» degan joyni qazish jarayonida
uning bir zali devorlari odam suratlari bilan bezatilgan ibodatxona ekanligi ma`lum bo`ldi. Unda
zeb-ziynatli
kiyimlar kiyib, qo`llarida qimmatli qadahlar tutgan va tavoze bilan allaqanday bir
ishorat ko`rsatib turgan erkak va ayol suratlari shubhasiz, moniy mazhabi ibodatxonasida
o`tkazilayotgan marosimdan darak beradi. Bu bino V asr oxirlariga tegishli deb topildi.
1937 yildan boshlab to 1956 yilga qadar Buxorodan 40 km g`arbdagi cho`lda Varaxsha
shahrining xarobalari tekshirilgan. Bu erda VII — VIII asrlarda Buxoro hukmdorlari solgan
Rachfandun saroyining xarobalari topilgan. Unda 3 zal va bir ayvon ochilgan. Ayvonning oldi
tomoni o`ymakor ganchdan qilingan dabdabali toqi varavoqlar bilan bezatilgan, ichkari tomoni
allaqanday meva bog`larini, ov manzaralarini tasvirlovchi bo`rtma ganch suratlar, bulbullar,
duldul otlar haykali bilan bezatilgan.
Zallarning birida oq fil mingan kishilar filga hujum qilayotgan allaqanday afsonaviy
yirtqich hayvonlar, qoplonlar bilan
olishib turgani, ikkinchi zalda rum qo`shinlari, yana bir
devorda ustiga oltin taxt qo`yilgan qanotli tuya va boshqa ko`p ajoyib narsalar rang-barang
bo`yoqlar bilan tasvirlangan,
Qadimgi Panjakent xarobasi marhum professor A.YU.YAkubovskiy boshchiligida
qazilganda, u erda ham VII-VIII asrlarga doir shunday bino topilgan. Devorlarga bo`yoqli
suratlar solinib, ularda dafn marosimi, bazm va allaqanday diniy bir marosim tasvirlangan.
Tuproqqal`a, Bolaliktepa, Varaxsha, Fayoztepa, Panjakentlarda topilgan rasmlarning
san`ati va tasvirlarining boyligi ilk feodalizm madaniyatining o`z zamonasida ancha rivoj
topganligini va mulkdorlik davrida an`anaviy ravishda taraqqiy qilib kelgan tasviriy san`atning
bu davrga kelib avj olganini tasdiqlaydi. VIII asrda arablar istilosidan keyin bunday san`atga
ham ahamiyat berilgan.
Bu davrda savdo-sotiq va hunarmandchilik, xususan, idishlarni sirlash va nozik shisha
buyumlar ishlash rivojlandi.
SHaharlarning quldorlik, ilk feodalizm davrlaridagi va so`nggi asrlardagi
tarixiy
topografiyasi, arxitektura yodgorliklari va boshqa o`rta asr inshootlari hozirgi kunda ancha
yaxshi o`rganilgan. eski Urganch, eski Marv, Buxoro, Xiva, Samarqand va boshqa bir qator
shaharlarning tarixiga bag`ishlangan maxsus asarlar maydonga keldi. Bulardan tashqari,
Samarqandda Go`r Amir maqbarasidagi mozorlarning ochilishi, Ulug`bek rasadxonasining qayta
tiklanishi (1941, 1948, 1967), SHahrisabzda Amir Temur tomonidan soldirilgan bir dahmatsing
1933 yilda ochilishi va hokazolar ko`pchilikning e`tiborini o`ziga jalb etdi.
Garchi Ulug`bek rasadxona (observatoriya)si 1908 yili topilib, uning er ostidagi sekstant
qismi qazib ochilgan bo`lsada, bu yodgorlikning er ustidagi shakli qanday bo`lgani noma`lum
edi. Rasadxona 1948 yilda V.A.SHishkin boshchiligida qazilib, uning qanday bo`lganligi
aniqlandi. Uni Bobur Mirzo uch qavatli azamat bino deb ta`riflagan edi. Arxeologlar qazish
ishlari olib borishlari natijasida bino to`garak shaklda ekanligi, ichkarisi juda ko`p qismlarga
bo`linganligi, hozirgi Samarqand madrasa va maqbaralari singari rang-barang koshinlar bilan
bezatilganligi aniqlandi. SHu ma`lumotlarga asoslanib, arxitektor V.A.Nil’sen rasadxonaning
tashqi ko`rinishini taxminiy ravishda chizib berdi.
36
SHunday qilib, respublikamizda keng ko`lamda olib borilgan arxeologiyaga oid
tadqiqotlar
tufayli xalqimizning uzoq o`tmishi, sug`orish sohasida asrlar davomida orttirgan tajribalari ochib
berildi.
Keng ko`lamda respublikamizda olib borilayotgan arxeologiyaga oid tadqiqotlar tufayli
O`zbekiston arxeologiyasining deyarli hamma davrlariga: paleolit, mezolit, neolit, eneolit,
bronza va temir davrlari hamda antik dunyo va o`rta asrlarga oid juda ko`p xilma-xil ajoyib
moddiy madaniyat yodgorliklari topib tekshirildi. Arxeologiyaga oid tekshirishlar natijasida
to`plangan boy va qimmatli moddiy manba O`zbekiston xalqlarining qadimgi tarixini yoritish
imkonini beribgina qolmay, balki o`rta asrlar tarixi, shuningdek, shaharlar «yoshini» aniqlashga
ham katta yordam berdi.
Ozbekistonda arxeologiya fanining rivojlanishida yirik rus olimlari: A.YU.YAkubovskiy,
S.P.Tolstov, M.E.Masson, A.P.Okladnikov, V.X.SHishkin, birinchi o`zbek arxiologi, akademik
YAxyo G`omovning xizmatlari benihoya kattadir. Atoqli olim o`zining qisqa va mazmundor
hayotida tarix fanlari doktori,
professor, O`zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi
darajasiga ko`tarildi. Iste`dodli olimning fan sohasidagi faoliyatlari uchun unga O`zbekistonda
xizmat ko`rsatgan fan arbobi degan yuksak unvon berildi.
Olimning ijodiy faoliyati ham o`ziga xosdir. U 1926 yilda Toshkentdagi O`zbekiston
erlar bilim yurtini, 1930 yili Samarqanddagi Pedagogika akademiyasini tamomladi. 1931-1932
yillarda Toshkent pedagogika texnikumida o`qituvchi bo`lib ishladi. YOshlik chog`idayoq
keng ilmiy jamoatchilikning e`tiborini qozondi. Ilmga, tarixga chanqoqligini sezgan mashhur
o`lkashunos arxeolog V. L. Vyatkin uni o`zi rahbarlik qilayotgan ko`hna Afrosiyobda olib
borilayotgan qazishmalarda ishtirok etishga taklif etdi. YA. G`ulomov mustaqil
arxeologik tadqiqotlarni ilk bor 1936 yili qadimgi Xorazm erlaridan boshladi. 1933 — 1940
yillarda O`zbekiston qadimgi davr va san`at yodgorliklarini muhofaza qilish qo`mitasi
(Uzkomstaris)da ilmiy xodim, so`ngra ilmiy kotib bo`lib ishladi. YA. G`ulomov 1940—1943
yillarda sobiq SSSR Fanlar Akademiyasi O`zbekiston bo`limi Tarih til va adabiyot
instituti arxeologiya bo`limining mudiri va 1943 yildan Ozbekiston FA Tarix va arxeologiya
institutining qadimgi va o`rta asrlar tarixi sektori mudiri, institut direktori vazifasini bajaruvchi
(1956-1959 yillar) bo`lib ishladi. «Xorazmning sug`orilish tarixi. Qadimgi zamonlardan
hozirgacha» mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. YA. G`ulomov 1936 yildan to
umrining oxirigacha bir qancha arxeologiyaga oid (Toshkent, Buxoro, Farg`ona, Xorazm va
boshqa) otryadlarga rahbarlik qildi. YA. G`ulomov 4 jildli «O`zbekiston SSR tarixi», 2 jildlik
«Samarqand tarixi» asarlarining mualliflaridan. YA.G`ulomovning O`zbekistonning sug`orilish
tarixiga doir ilmiy ishlari qadimgi dehqonchilik massivlari (Amudaryo, Zarafshon,
Qashqadaryo
va boshqa daryolarning qadimgi o`zanlari)ni aniqlash va undan xalq xo`jaligi maqsadlari yo`lida
foydalanishda katta ilmiy ahamiyat kasb etadi. YA.G`ulomovning O`zbekiston vodiy va
vohalarida olib borgan arxeologiyaga oid tadqiqotlari O`zbekistonda qadimgi tosh davrlari:
paleolit, mezolit, neolit, eneolit, jez va temir davrlarini o`rganishda muhim rol’ o`ynadi. YA.
G`ulomov bir qancha xalqaro konferentsiya va simpozi-umlarda muhim ilmiy dokladlar bilan
qatnashdi. O` ajoyib tashkilotchi va pedagog ham edi. Xalqlar Do`stligi ordenli Nizomiy nomli
Toshkent Davlat pedagogika institutida O`zbekiston tarixi va arxeologiyasidan ma`ruzalar o`qib,
ko`pgina hozirgi zamon talabiga javob beradigan pedagog kadrlar etishtirgan. 4 tomlik
«O`zbekiston irrigatsiyasi» tarixiga oid masalalarni yoritishda faol ishtirok etgan. O`zbek Sovet
entsiklopediyasi Bosh tahrir hay`ati a`zosi bo`lgan.
YAxyo G`ulomov bag`ri keng va mehribon, g`amxo`r odam edi. O`z shogirdlarig`a fan
so`qmoqlari qiyinchiliklarini engish yo`llarini, ilmiy izlanish uslublarini, davr talablarini izchillik
bilan qabul qilish va uni amalga oshirishda faol qatnashishlarini o`rgatish bilan ham respublika
olimlari orasida katta obro`-e`tibor qozongan.
O`lkani o`rganishda, ayniqsa O`zbekiston vodiy va vohalarining tarixini, etnografiyasini,
arxeologiyasini, toponimikasi va nodir qo`lyozma asarlarini o`rganishda tarix fakul’teti
studentlari uchun YA.G`ulomov asarlari dasturamal bo`lib xizmat qilib kelmoqda.
Ularning qunt