16
arxeologiyaga oid ashyolar to`plami juda ehdiyotlik bilan Peterburgga olib ketilib,
hozir ham Davlat ermitajida saqlanmoqda.
«Turksstanskie vedomosti» gazetasining 1892 yil 31- sonida bosilgan professor
evarnitskiyning «Akrom Asqarovning arxeologiyaga oid ashyolar to`plami» nomli maqolasida
berilgan ma`lumotga ko`ra, ashyolar to`plamida 17 dona oltin pul, 1370 dona kumush pul, 13
274 dona mis pul, neolit davriga oid tosh bolg`a, jezdan yasalgan sulug`, jez oyna, jez iskana, jez
ketmonlar (motiga), turli joylarda to`plangan sopoldan yasalgan
odam hdykallari, bir bo`lak
nefrit, isirg`a, krest (but), baldoq, tumor, mis, sopol idish va shunga o`xshash garixiy buyumlar
bo`lgan. Akrom Asqarovning fan uchun qimmatli bo`lgan bu ashyolar to`plamiga professor N. I.
Veselovskiy ham katta baho bergan edi. Rossiya arxeologiya jamiyati 1887 yilda uning
arxeologiya sohasidagi xizmatlarini taqdirlab, uni kumush medal’ bilan mukofotladi. O`zi
to`plagan tarixiy buyumlarning tarixning qaysi davriga oid ekanligini idrok qila olmagan bo`lsa-
da, oddiy bir o`zbekning «o`sha vaqtda
tarixiy nodir buyumlarning fan uchun katta ahamiyatga
ega ekanini tushungani holda, fan uchun to umrining oxirigacha tinmay xizmat qilishi rus
sharqshunosligi faoliyatining samarasi bo`lib, bu rus sharqshunosligi uchun ham, mahalliy
tarixchilik uchun ham yangilik va foydali ish edi.
O`rta Osiyo, shu jumladan Qo`qon xonligi, Namangan va Toshkentda yashagan, o`zbek
xalqining tarixi, tilini va urf-odatlarini o`rganishda Vladimir Petrovich Nalivkinning (1852—
1918) ham qo`shgan hissasi kattadir.
Uning ilmiy faoliyati O`rta Osiyo xalqlari tarixi, tilini va etnografiyasini o`rganishdan
boshlandi. U rafiqasi M. V. Nalivkina bilan xdmkorlikda «Farg`ona mahalliy aholisi ayollarining
turmushi haqida ocherk» degan kitob yozdi. V. P. Nalivkin rus olimlari ichida birinchi bo`lib,
mahalliy tillarni urganib, mahalliy tarixchilar qo`lyozma asarlarini o`
rgangan va shular asosida
«Qo`qon xonligining qisqacha
tarixi» va «Ruscha-sartcha va sartcha-ruscha lug`at» hamda
«Intihob ut-tavorix mamlakati Rusiya» («Rossiyaning qisqacha tarixi») kitoblarini va 40 dan
ortiq ilmiy agarlar, maqolalar yozgan. Mahalliy xalq tilini juda mukammal bilganligi
sababli uni
erli xalqlar Jahongir to`ra deb ataganlar, u ham bir necha asarini Jahongir to`ra nomi bilan chop
etgan.
Uning 1885 yilda Jahongir to`ra nomi bilan yozilgan' «Intihob ut-tavorix mamlakati
Rusiya» nomli asari buning yorqin dalilidir. Muallifning «Bu faqir... zaboni nochor va suxoni
ojiz birlan tavorix kitoblari
tahriridagi voqealarni intihob
aylab ko`p tafsili keltirmay ijmoli
birla muxtasar
bayonini qilardiki, Rusiya mamlakatining paydo va
bino bo`lganidan to oxir
zamonigacha mazkur viloyat ichra o`tgan hodisa va voqeliklarni tasnif qilg`ay”,— deyishidan
ma`lumki, u o`z asarini ko`p adabiyotlardan foydalangan holda yozgan. Bu
asarning erli aholini
Rossiyaning o`tmish tarixi bilan tanishtirish maqsadida o`zbek tilida yozilishi o`z davri uchun
juda katta ahamiyatga ega bo`lgan bir hodisa edi.
SHunday qilib, XX asrning 20- yillariga qadar olimlar va turkshunos havaskorlarning
kuchlari bilan Ozbekiston o`lkasini o`rganishga doir anchagina materiallar to`plangan. Biroq
bularning orasida uzuq-yuluq va tasodifiy materiallar anchagina bo`lib, keng, ilmiy asosda
umumlashtirilmagan edi.
O`rta Osiyo, shu jumladan, O`zbekiston tarixini ilmiy asosda o`rganish faqat asrimiz
boshlarida va undan keyingi yillarda samarali va fidokorona ish olib borish natijasida yaratildi va
u yanada chuqurlashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: