YAngi mavzu. «XII — XIII asrlarda Xorazm davlatining kuchayishi».
Mavzuning maqsadi: o`quvchilarga Xorazmning qadim-qadimdan ma`lum va mashhur
bo`lganligi, Somoniylar davrida yarim mustaqil davlat sifatida uning tarkibiga kirganligi, uning
Ma`mun ibn Muhammad davrida qudratli davlatga aylangani, ayniqsa Ma`mun ibn Ma`mun
davrida fan va madaniyat g`oyat rivojlanib Xorazm akademiyasi tashkil topganligi tushuntiriladi.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: Bunda o`quvchilarga Xorazm yuksalgan davrda fan va
madaniyatning nihoyatda rivojlanganligi, XI asrning eng mashhur qomusiy olimlari bu erga jalb
etilganligi, bu erda Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Sahl Masihiy, mashhur tabib
Abulxayr Hammor, yirik riyoziyun Abu Nosir A`rrk va boshqa atoqli olimlarning Ma`mun ibn
Ma`mun akademiyasini yaratganligi so`zlanib, o`quvchilarni o`z avlod-ajdodlariga mehr-
muhabbat va ona diyoriga sadoqatli inson bo`lib etishish ruhida tarbiyalashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |