O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet373/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

SHopenhauer (1788-1860) ham ijod qildi. 
SHopenhauerning estetik qarashlari asosan «Olam ixtiyor va tasavvur sifatida» deb nomlangan yirik asarida 
bayon  etilgan.  Faylasuf  san‘at  bilan  fanni  bir-biriga  solishtirar  ekan,  san‘atni  narsalarni  asoslanish  qonunidan 
mustaqil tarzda «mushohada qilish turi» deb ataydi. Estetik mushohada ob‘ekti alohida narsa emas, balki asoslanish 
qonuni  harakati  ostidan  olingan  g‘oya,  aflotuncha  ma‘nodagi  g‘oya.  Uni  aql  bilan  emas,  fahm-savqi  tabiiy 
(intuistiya) yordamida payqash mumkin. San‘atning fandan ustunligi ham ana shunda. SHu ma‘noda SHopenhauer 
«g‘oya»ni «tushuncha»ga qarshi qo‘yadi. Tushuncha fanga zarur, san‘at uchun esa befoyda. San‘atning maqsadi – 
g‘oyani in‘ikos ettirish. San‘at turlarining  farqi esa ulardagi ifoda  materiali bilan belgilanadi. San‘atning  mohiyati 
shundaki,  unda  bir  hodisa  minglab  hodisa  uchun  javobgar,  u  muhim  voqea-hodisani  olib,  nomuhimini  tashlab 
yuboradi.  Qiyofa  –  mushohadali  g‘oya,  u  tushunchadan  farqli  tarzda,  son-sanoqsiz  alohida  narsalarning  o‘rnini 
mantiqiylik  hamda  mavhumiy  umumiylik  vositasida  emas,  balki  fahmiy  (intuitiv)  idrok  va  tasavvur  yo‘li  bilan 
egallaydi


Shopenhauer falsafani fandan ajratadi va san‘atga yaqinlashtiradi. Fan tushunchalar bilan ish ko‘radi, falsafa 
esa,  san‘at  kabi  g‘oyalar  doirasiga  kirib  boradi.  Falsafa  ko‘zga  ko‘rinib  turgan  hissiy  qiyofalardan  yuksakka 
ko‘tarilgan holda, g‘oyani ularda gavdalantirmasdan, aksincha ular mohiyatini sug‘urib olish bilan san‘atga nisbatan 
ustunlikka ega. Falsafaning san‘atga munosabati, vinoning uzumga bo‘lgan munosabatidek gap. 
Buyuk  olmon  faylasufining  fikriga  ko‘ra,  daho  ijod  mahsuli  aslo  manfaat  ob‘ekti  bo‘lmaydi,  foydasizlik 
uning  eng  muhim  belgisi.  Estetik  idrok  etishning  vazifasi  –  foyda  emas,  lazzat.  Bu  fikrni  SHopenhauer  istisnosiz 
barcha san‘at turlariga tadbiq etadi. Masalan, me‘morlik – arxitekturada bino nechog‘li qulay, foydali, obodonchilik 
namunasi  bo‘lgani  uchun  emas,  balki  unda  sof  estetik  maqsadga  –  go‘zallikdan  lazzatlanishiga  me‘mor  qanchalik 
erishganiga qarab, san‘at asari hisoblanadi. «Har qanday san‘atning asl maqsadi – go‘zallik to bizga taalluqli emas 
ekan,  hamma  narsa  go‘zal.  Hayot  hech  qachon  go‘zal  bo‘lmaydi,  faqat  san‘at  ko‘zgusida  tozalangan  hayot 
manzaralarigina go‘zal. Barcha san‘at turlarini Shopengauer ana shu nuqtayi nazardan tahlil etadi. Qaysi san‘at turi 
«hayot haqiqatini»,  ya‘ni ixtiyorning  mohiyatini ochib bersa, o‘shaning darajasi  yuksak. Tasviriy san‘at, she‘riyat, 
dramaturgiya g‘oyani in‘ikos ettiradi. G‘oya esa ixtiyorning ob‘ektivlashgan holati xolos, aslo ixtiyorning o‘zi emas. 
Chunonchi me‘morlik – ixtiyor olomonning ongsiz intilish g‘oyasi tarzida aks etgan bosqichni anglatadi, fojea esa 
ixtiyorning  o‘z-o‘zi  bilan  nizoga  kirishganini  ochib  berishga  qodir.  Hamma  san‘at  turidan  musiqa  yuksak  turadi, 
Chunki    barcha  san‘at  turlari  g‘oyani  –ixtiyorning  ob‘ektivlashgan  holatini  aks  ettirsa,  musiqa  ixtiyorning  o‘zini 
ifodalaydi.  Olamni  musiqada  ixtiyorda  gavdalangan  tarzda  olib  qarash  mumkin.  Musiqa  g‘oyalardan  mustasno, 
hodisalar  dunyosidan  butkul  inkor  etgan  holda,  hatto,  dunyo  umuman  mavjud  bo‘lmasa  ham,  qay  darajadadir 
yashashi mumkin. Boshqa san‘at turlari bunga qodir emas. Musiqaning ta‘siri yana shuning uchun ham kuchliki, u, 
ixtiyor singari tinglovchida quvonch, qayg‘u va boshqalarning g‘oyasini emas, balki ularning o‘zini uyg‘otadi. 
Shopengauer  estetikaning  Yangi  mezoniy  tushunchasini  taklif  etadi.  U  –  qiziqarlilik.  Garchand  «Qiziqish» 
iborasini biz Didroning  sahna asrlariga tadbiq estak-da, qiziqarlilik o‘zining  miqyosiylik, mezoniylik xususiyatlari 
bilan  estetikada  Yangi  tushuncha  maqomini  olishga  haqli  deb  o‘ylaymiz.  Shopengauerning  fikriga  ko‘ra,  «... 
go‘zallik  g‘oyani  bilish  bilan  belgilanadi...  qiziqarlilik  bizga  ixtiyorimizni  qo‘zg‘otish  orqali  ta‘sir  ko‘rsatadi»
196

Qiziqarlilik san‘atda me‘yorida bo‘lishi kerak. Me‘yoridan kami – zerikarlilikka, me‘yoridan ortig‘i idrok etuvchini 
go‘zallikni his qilmasdan «sirg‘anib o‘tib» ketishiga olib keladi. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish