2.3 Gidning shaxsiy fazilatlari, mahoratiga qo‘yiladigan talablar.
Shaxsga qo‘yilgan axloqiy talablar bu umumiy prinsiplarga va axloqiy me’yorlarga rioya qilishi, mukammalikka intilishidir. Shaxsning har tomonlama mukammal va barkamol bo‘lib shakllanishi uning butun bir umri davomida ro‘y beradi (umumta’lim maktabida, kollej, OTM da, jamoada, kundalik hayotda, gidlarni tayyorlovchi kurslarda, ekskursantlar bilan o‘zaro munosabatda). Gid shaxsiyatining shakllanishi gid kasbining shakllanishi jarayonida yuzaga keladi. Gid shaxsiyatiga qo‘yilgan talab uning umumiy tamoyillar va xulq- atvor me’yorlariga rioya qilishi, aniq g‘oyalarga amal qilishidir.
Shaxsning asosiy fazilatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
farosatlilik – aql idrok bilan ish tutishi;
mas’ullik – o‘z harakatlari natijasini tushunishi;
shaxsiy obro‘si – o‘z xuquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq harakatlari;
individuallik – shaxsiyatining o‘ziga xosligi, takrorlanmasligi.
Gid o‘z kasbining xususiyatidan kelib chiqqan holda faol hayotiy qarashlarini
namoyon etishi va kunlik faoliyatida foydalanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |