363
o‗rta va maktabdan tashqari ta‘limni har tomonlama
rivojlantirish, o‗quvchilarning bilimi va ma‘naviy-axloqiy dara-
jasini yanada yuksaltirish‖
176
vazifasini bajaradi. XTV
umumta‘lim maktablari va maktabdan tashqari muassasalar
faoliyati uchun mas‘uldir. Vazirlik joylardagi tegishli ta‘lim
muassasalari faoliyatini metodik boshqaruvchi viloyat, tuman
va shahar xalq ta‘limi bo‗limlariga ega.
Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi respublikada oliy va
o‗rta maxsus kasb-hunar ta‘limiga rahbarlik qiluvchi davlat
boshqaruv organi hisoblanadi. Vazirlik o‗z faoliyatida
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Vazirlik tizimiga Oliy va o‗rta maxsus kasb-hunar ta‘limini
rivojlantirsh markazi, idoraviy mansub oliy ta‘lim muassasalari
kiradi.
O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonuni
va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan so‗ng
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-
iyuldagi ―O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim
vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 341-sonli
qaroriga muvofiq O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus
ta‘lim vazirligi huzurida Oliy va o‗rta maxsus kasb-hunar
ta‘limini rivojlantirish markazi tashkil etilgan. Rivojlantirish
markazi oliy va o‗rta maxsus kasb-hunar ta‘limi tizimida
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va barkamol avlodni
tarbiyalashga yo‗naltirilgan o‗quv-uslubiy, tashkiliy-huquqiy
ta‘minotni ishlab chiqish va zamonaviy pedagogik hamda
axborot texnologiyalarini tatbiq etish bo‗yicha ilmiy-uslubiy va
ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Rivojlantirish markazining maqsadi – mamlakatning
ustivor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda ta‘limni rivojlan-
tirishning jahon tendensiyalariga muvofiq oliy va o‗rta maxsus
176
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi ―O‗zbekiston
Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi PQ-3304-
sonli qarori. Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 30.09.2017-y.,
07/17/3304/0037-son.
365
texnologiyalarni qo‗llab-quvvatlash yili‖da amalga oshirishga
oid Davlat dasturida ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respub-
likasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish va
qabul qilish belgilangan
177
. Bugungi kunda mamlakatimizning
istiqboldagi taraqqiyotini belgilab beruvchi eng muhim
sohalardan biri bo‗lgan ta‘lim tizimidagi tub yangilanishlar,
rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‗or tajribalari milliy ta‘lim
tizimiga
joriy
etilayotganligi
va
bir
qator
xalqaro
konvensiyalarning ratifikatsiya qilinganligi, shu bilan birga,
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat tomonidan
qabul qilingan sohaga doir qaror va farmonlarni qonunchilikka
muvofiqlashtirish zaruratidan kelib chiqib, ushbu yo‗nalishdagi
asosiy hujjat – ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonunning yangi tahrirdagi
loyihasi ishlab chiqildi. Qonun loyihasini tayyorlash jarayonida
20 dan ortiq rivojlangan xorijiy davlatlarning ta‘lim to‗g‗risidagi
qonunchiligi o‗rganilib, shu asosda yangi tahrirdagi qonun
loyihasiga 36 ta yangi modda kiritildi. Amaldagi qonunning 33
ta moddasiga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritildi.
Shuningdek, qonun loyihasida katta yoshdagilar ta‘limi,
maxsus ta‘lim, inklyuziv ta‘lim, davlat- xususiy sheriklik, ta‘lim
sohasidagi davlat nazorati, ta‘lim muassasalarining o‗zini o‗zi
baholashi, ta‘lim sohasida eksperimental va innovatsion
faoliyat kabi yangi normalar nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasini umumxalq muhokamasidan o‗tkazish va
ularning fikr-mulohaza hamda takliflarini olish maqsadida
O‗zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari
yagona portaliga joylashtirildi.
Bu boradagi islohotlatning bosh vazifasi mamlakatimiz
ta‘lim
tizimining
fuqarolarning komil
shaxslar
bo‗lib
shakllanishiga yo‗naltirilgan, inson omilini namoyon etadigan,
177
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi ―2017-2021-
yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi
bo‗yicha Harakatlar strategiyasini ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va
texnologiyalarni qo‗llab-quvvatlash yili‖da amalga oshirishga oid davlat dasturi
to‗grisida‖gi PF-5308-sonli farmoni. qonun hujjatlari ma‘lumotlar milliy bazasi:
06/18/5308/0610-son. 23.01.2018.
366
mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislarni
yetishtirib beradigan eng yaxshi an‘analarini qo‗llab-quvvatlash
va rivojlantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: