Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti “Iqtisodiyot” fakulteti


Jami pul mablag‘larining harakati



Download 304,31 Kb.
bet5/9
Sana26.06.2021
Hajmi304,31 Kb.
#102130
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yerkebayeva Feruza (IKM 60)

Jami pul mablag‘larining harakati:

510,564 (409,327)

100,0

54,85 (51,081)

100,0




Pul va unga tenglashtirilgan mablag‘larning sof ko‘payishi yoki kamayishi

96,590




44,477



Yuqoridagi jadval asosida Asia Alliance bankning 2018- va 2019-yillardagi sof pul oqimi tahlili orqali koʻrishimiz mumkinki, bankning 2018-yilda jami pul mablagʻlarining harakati 460,408 mln.soʻmni tashkil etgan. Shundan 409,327 mln.soʻm kirim, 51,081 mln.soʻm chiqim qilingani ma’lum. Pul mablagʻlari kirimining jamiga nisbatan 11,3 %i xoʻjalik (operatsion) faoliyatdan koʻrilgan boʻlib, bu moliyaviy faoliyatdan koʻrilgan kirimga nisbatan 1,4%ga koʻproqni tashkil qiladi. Xuddi shu kabi 2019-yil uchun tahlil ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, jami pul mablag‘larining kirimining ko‘proq salmog‘i, ya’ni 21,05 %i yoki 107,470 mln.so‘m moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan kirim, 7,04 foizi (35,959 mln.soʻm) esa operatsion faoliyatdan bo‘lgan pul mablag‘larining kirimi evaziga vujudga kelgan. Demak, 2018-yilda pul mablag‘larining jami kirimining ko‘proq hissasi operatsion faoliyatdan koʻrilgan pul mablag‘larining kirimiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2019-yilda o‘zgargan, ya’ni pul mablag‘larining jami kirimining ko‘proq hissasi moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan kirimga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, 2018-yilda pul mablagʻlarining chiqimining jamiga nisbatan 82,7 % yoki 42,233 million soʻm investitsion faoliyatdan bo‘lgan pul mablag‘larining chiqimiga, 8,848 million so‘m (17,3 %) foyda solig‘i hissasiga toʻgʻri kelgani jadvalda berilgan. 2019-yilda ham jami chiqimdan 85,4 %i yoki 46,839 mln.soʻm investitsion faoliyatga sarflangan boʻlsa, jami chiqimning 14,6 %i yoki 8,011 mln.soʻm foyda soligʻiga toʻlangan.

Pul mablag‘lari kirimining harakati 2019-yilda o‘tgan yilga nisbatan 101,237 (510,564-409,327) million so‘mga, o‘z navbatida pul mablag‘lari chiqimi ham joriy davrda o‘tgan yilga nisbatan 3,769 millon so‘mga oshgan. Lekin bu yerda inflatsiya darajasi hisobga olinmaganini ta’kidlash zarur. Bundan tashqari korxona pul mablag‘lari operatsion va moliyaviy faoliyatdan so‘nggi 2 yil mobaynida kirim qilayotgan bir vaqtda, investitsiya faoliyatidan faqat chiqim kuzatilmoqda. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bank pul oqimi ijobiy holatda. Chunki pul mablag‘lari kirimi chiqimga nisbatan 2018-yilda 8 barobar, 2019-yilda esa deyarli 10 barobar ko‘p miqdorni tashkil qilmoqda. Pul va unga tenglashtirilgan mablag‘larning sof ko‘payishi ham joriy davrda 2018-yilga nisbatan 2 barobardan ham yuqori ekanligini ko‘rish mumkin, ya’ni 52,113 million so‘mga oshgan.

Bank faoliyatining sof pul oqimi tahlili bilan tanishdik. Agar har bir faoliyatdagi pul mablag‘larini tahlil qilish lozim bo‘lsa, operatsion, moliyaviy yoki investitsion faoliyatdagi pul oqimini alohida-alohida yuqoridagi jadvalga o‘xshatib, ularni ham o‘rganish mumkin. Masalan, operatsion faoliyatdan pul mablag‘lari kirimi yoki chiqimini jadval ko‘rinishida tahlil qilish mumkin. Bu tahlilchiga pul oqimini chuqurroq va aniqroq tahlil qilish imkoniyatini beradi.

Korxonaning pul oqimini tahlil qilish natijalari bo‘yicha quyidagi xulosalar qilish mumkin:



  • mablag‘lar qaysi manbalardan va qanday hajmda olinganligi;

  • pul mablag‘larini sarflash yo‘nalishlari;

  • kompaniya tushumlarning to‘lovlardan oshishini ta’minlay oladimi;

  • tashkilotning joriy moliyaviy majburiyatlarini bajarish qobiliyati;

  • pulga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun olingan foyda miqdorining yetarliligi;

  • foyda miqdori va bo‘sh pul mablag‘lari o‘rtasidagi farq sabablarini aniqlash;

  • korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan investitsiya faoliyatini amalga oshirish qobiliyati va hokazolar.

Shunday qilib, o‘tgan davrda korxonaning pul oqimlarini tahlil qilishning asosiy maqsadi pul mablag‘larini shakllantirishning yetarlilik darajasini, mablag‘larni taqsimlash jarayonlarini optimallashtirish, korxonaning pul mablag‘larining ijobiy va salbiy oqimlari hajmi va vaqti bo‘yicha qoldig‘ini shuningdek, korxonaning to‘lov qobiliyatini ta’minlash uchun pul yetishmasligi (ortiqchaligi) sabablarini  aniqlashdan iborat. Pul oqimlarini tahlil qilish umuman korxona uchun, uning iqtisodiy faoliyatining asosiy turlari doirasida, alohida tarkibiy bo‘linmalar uchun amalga oshiriladi. Tashqi foydalanuvchilar ham korxonaga investitsiya kiritish, kredit berish yoki boshqa maqsadlarda mazkur korxonaning “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot”idan foydalanib pul oqimlarini tahlil qilishlari mumkin. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, pul oqimlarini tahlil qilish bilan baholanishi mumkin bo‘lgan mablag‘larning xavfsizligi korxonaning normal ishlashining asosiy shartlaridan biridir.

  1. Korxonada pul oqimini bashoratlash

Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida korxonalar faoliyatini to‘g‘ri va optimal boshqarish birmuncha murakkab jarayon. Jumladan, korxonaning pul mablag‘lari va pulga tenglashtirilgan qiymatliklari oqimini ratsional boshqarish korxonalar faoliyatining davomiyligini hamda uzluksizligini ta’minlaydi. Ya’ni pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri tashkil etish hamda ularni doimiy ravishda tahlil qilib turish korxona faoliyatining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiradi. Korxonalarda pul mablag‘lari oqimini ratsional boshqarish uchun esa korxonaning kelgusidagi pul mablag‘lari oqimini bashoratlash (prognozlash) muhim hisoblanadi.

Bashoratlash deyilganda obyektni yoki hodisani kelajakdagi me’yoriy yoki maqbul holatlari, ularga erishish va ularni ro‘yobga chiqarishning alternativ yo‘llari to‘g‘risidagi ehtimolga yaqin tasavvurni ishlab chiqish tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, bashoratlash boshqarishning iqtisodiy usullaridan biri bo‘lib, iqtisodiy tizimning kelgusidagi holatini aniqlab beruvchi rejalar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘llari, usullari va vositalari yig‘indisidir. Shunday ekan, korxonada pul oqimining bashorati biznes rejaning muhim jihatlaridan biri sifatida qarash mumkin. Bu orqali naqd pul oqimini nazorat qilish, yuzaga kelayotgan muammolarni oldini olish yoki mavjud imkoniyatlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Chunki, pul oqimining bashorat ko‘rsatkichlari qachon daromad olishni va qachon xarajatlarni qoplash zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, pul oqimlarini rejalashtirish mavjud naqd pul vositalarining bashorat qilinayotgan davrdagi byudjetini tashkil qilishga, oqimning eng muhim parametrlarini hisobga olishga, xususan, sotish hajmi, tushumdagi naqd pulga sotilgan mahsulotlar ulushi, kreditorlik qarzlar bashorati va boshqalarni o‘rganishga imkon beradi.

Odatda ko‘pchilik ko‘rsatkichlarni katta aniqlik darajasida bashoratlash birmuncha murakkab jarayondir. Lekin bu aniqlikni risklarni to‘g‘ri baholash orqali oshirish imkoni albatta mavjud.

Korxonalarning pul oqimini bashoratlashda uning moliyaviy menejeri tomonidan pul mablag‘larining kirimi va chiqimiga oid manbalari yig‘ilishi hamda o‘rganilishi lozim. Bunda kelib chiqib aytishimiz mumkinki, pul oqimi bashoratlari o‘z ichiga quyidagilarni olishi talab qilinadi:



  • sotuvlardan tushgan barcha tushumlar va xaridorlardan olingan naqd pullarni;

  • barcha xomashyo, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk va boshqalar uchun to‘lovlarni;

  • oylik maosh, mukofot va boshqalar bo‘yicha chiqimlarni;

  • uskuna va texnologiyalar xarid qilishni;

  • kredit, grant yoki korxonaga jalb qilinayotgan boshqa resurslarni;

  • kredit bo‘yicha to‘lovlarni va boshqa xarajatlar uchun to‘lovlarni;

  • soliqlar va majburiy to‘lovlarni, ular bo‘yicha qarzlarni.

Pul oqimini bashoratlash aniq olingan muddatlar (kelgusi oylar, choraklar, yillar) kesimida amalga oshiriladi.

Korxonalar kelgusida foydasini maksimal darajaga yetkazib, o‘z faoliyatini ratsional ravishda yuritish uchun har qanday sharoitda ham pul oqimini bashorat qilishning optimal usullarini tanlashi lozim. Bunda korxona moliyaviy menejeridan iqtisodiy strategiyani to‘g‘ri tanlay bilishni, pul oqimlari hisobini aniq va to‘g‘ri yuritishni talab etadi. Demak, moliyaviy menejer yoki tahlilchi pul oqimlarini bashoratlash jarayonida ketma-ketlikni, ya’ni bir nechta bosqichlarni amalga oshirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan kelib chiqib, pul oqimlarini prognozlashni shartli ravishda 4 bosqichga bo‘lishimiz mumkin (3-rasm).

Pul oqimini bashoratlash jarayonining birinchi bosqichi kelib tushishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari kirimining hajmini hisoblashni o‘z ichiga oladi. Pul kirimini asosiy manbasi bu mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan tushadi. Bu borada tayyor mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan pul kirimini o‘rtacha ko‘rsatkichi (koeffitsiyenti, davri) aniqlanadi. Ushbu birlik orqali yaqin oylarda va yil davomida kelishi kutilayotgan pul mablag‘lari kirimini aniqlash mumkin. Shuningdek, balans usuli asosida mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof pul kirimini aniqlash yuzasidan debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining davr boshi va oxiriga qoldiqlari farqi sotish hajmiga qayta hisob-kitob qilish orqali naqd pul mablag‘lari kirimi ham aniqlanadi.

3-rasm. Pul oqimini bashoratlash bosqichlari13

Bashoratlashda aniqroq hisob-kitoblarni amalga oshirishda debitorlik majburiyatlarining oldingi chorakliklar bo‘yicha o‘zgarishlarini ham asos sifatida olish mumkin. Boshqa faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘lari kirimi oldingi oylar va choraklar natijasiga qarab belgilanadi va asosiy faoliyatdan pul mablag‘lari kirimiga qo‘shiladi.  Agar korxona tushumni aniqlash uslubiyatini tovarlar jo‘natish tartibi bo‘yicha o‘zgartirib turadigan bo‘lsa, ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.

Amaliyotda ko‘pchilik korxonalar o‘rtacha davr oralig‘ida xaridorlardan jo‘natilgan tovarlar qiymatini to‘lashni talab qiladilar. Ushbu holatlardan kelib chiqib sotilgan mahsulotlarning qaysi qismi ushbu davrdagi tushumga, qaysi qismi esa keyingi davrdagi tushumga kiritilishini hisoblash mumkin bo‘ladi.

Zanjirli bog‘lanishning balansli usulidan foydalanib, pul mablag‘lari kirimi va debitorlik qarzlarning o‘zgarishi hisob-kitob qilinadi. Balansli tenglikni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:


Download 304,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish