O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

yumshatish
qoya toshli, muzlagan va boshqa turdagi zich hamda 
ishlov berish qiyin bo‘lgan gruntlarda bajariladi. Ushbu maqsadda ekskavator 
strelasiga osma uskunalar –shar yoki qoziqli bolg‘alar osiladi, traktor yoki 
buldozerga tirkamali yumshatgich yoki plug ildiriladi. Juda ham zich gruntlarni 
yumshatishda portlatish ishlari qo‘llaniladi.
5.6.Yer ishlarini bajarishda yordamchi jarayonlar 
 
5.6.1. Qazilma devorlarini vaqtincha mahkamlash 
(mustahkamlash) 
 
Bino inshootning yer osti qismini barpo etishda qazilma qiyaliklariga va 
devorlarga alohida talablar qo‘yiladi. Ularni mahkamlash zarurligi shu bilan bir 
qatorda mahkamlovchi konstruktsiyalar, barpo etilayotgan inshootning yer osti 
qismi konstruktsiyalari va gidrogeologik sharoitlarga bog‘liq. 
Yer osti suvlari mavjud bo‘lmagan tabiiy namlangan gruntlarda tik (vertikal) 
devorlar mahkamlanmasligiga ruxsat etiladi: qumli va yirik toshli gruntlarda 


124 
qazilma chuqurligi 1 m; loyli qumlarda – 1,25 m; qumli loy va loylarda – 1,5 m; 
o‘ta zich gruntlarda – 2 m dan oshmaganda.
Katta chuqurlikda qazilma devorlarining o‘pirilishi va ko‘chishining oldini 
olish uchun ular qiyalik bilan barpo etiladi, ularning parametri QMQ bo‘yicha 
aniqlanadi va belgilanadi. Qiyalik bilan barpo etishning zarurligi o‘z navbatida yer 
inshootlari gabaritlarining ma’lum miqdorda ortishiga, shu bilan birga grunt ishlari 
hajmi, material va mehnat sarfi oshishiga olib keladi.
Yer ishlari hajmini kamaytirish uchun, shuningdek qurilish maydonining 
torligi sababli qazilmalarni qiyalik bilan qazishning iloji bo‘lmagan hollarda yoki 
grunt suvlari mavjud bo‘lgan vaziyatda qazilmalar vertikal devorlar bilan quriladi.
Yer inshootlari devorlarini vaqtincha mahkamlash, yog‘och yoki po‘lat 
shpuntlar bilan, devorlarni tirgakli mahkamlovchi tayanch ustunli yog‘och 
shchitlar bilan bajarilishi mumkin. (5.6. rasm).
Shpuntli to‘siq
mavjud usullardan eng ishonchlisi, lekin u eng qimmatlisidir 
ham. Shpunt mavjud bino va inshootlar yaqinidagi suvga to‘yingan gruntlarni 
qazishda qo‘llaniladi. Gruntga bo‘lajak kotlovan chuqurligidan 2...3 m 
chuqurroqqa (hisobiy ko‘rsatgich) temir yoki yog‘ochli shpunt qoqiladi, shunda 
qazilma tashqarisidagi gruntning turg‘unligi va tabiiy holati ta’minlanadi. Temir 
ustunlar sifatida prokat profillar (shveller, dvutavr, quvurlar) yoki maxsus ishlab 
chiqarilgan prokatdan foydalaniladi (5.6.d- rasm).
Shpunt yaxlit yagona devor ko‘rinishida bo‘lishi mumkin, agar uzlukli 
bo‘lsa, qazish chog‘ida ustunlar orasida yog‘och zabirka – shchitlar, alohida 
taxtalar, to‘rt qirrali yog‘och bruslar lar qoqiladi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish