O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Suv sathini pasaytirish 
grunt suvlari sathini bo‘lajak qazilma tubidan 
pastroqqa pasayishini ta’minlaydi. Grunt suvlari satxini pasaytirish bu kelgusida 
barpo etiladigan kotlovan va transheya yaqinida joylashgan shaxta quduqlaridan 
(5.2- rasm) yoki suvni pasaytiruvchi burg‘ilangan quduqlardan, chuqur nasoslar 
yordamida suvni chiqarib tashlashdan iboratdir. Bunda grunt suvlari satxi jadal 
pasayib, oldin suvga to‘yingan gruntlarning suvi ketib, grunt xuddi tabiiy namlik 
holatidagidek qaziladi. Suv satxini pasaytirishda qazilma qiyaliklarining 
butunligini saqlash imkoni paydo bo‘ladi va yaqin atrofda joylashgan bino 
poydevori ostidan grunt zarrachalari chiqishining oldi olinadi. 
Suvni su’niy pasaytirish uchun bir necha boshqa samarali usullar ishlab 
chiqilgan bo‘lib, ulardan asosiylari bu ninafiltrli, vakuumli va elektroosmotik 
usullardir. 
Ninafiltrli usul
grunt suv satxini GSS sun’iy pasaytirishda ost qismi 
filtrlovchi zvenoli po‘lat quvurdan, yer ustida suv yig‘adigan kollektor va o‘zi 
so‘rib chiqaradigan elektr dvigatelli nasosdan iborat nina filtrli moslamalarni 
qo‘llashga asoslangan. Po‘lat quvurlar kotlovan perimetri bo‘ylab yoki transheya 
bo‘ylab suvga to‘yingan gruntga cho‘ktiriladi (5.3 rasm)
Ninafiltr ikki qismdan iborat: filtrlovchi zveno va filtrlovchi quvurning 
yuqori qismi (ninafiltrning diametri 40...50 mm) (5.4– rasm.). 
Murakkab gruntlarda, ninafiltrni ishchi holatga tushirish uchun quduq 
burg‘ilanadi va unga ninafiltr tushiriladi (6...9 m chuqurlikgacha). Ninafiltrlar qum 


118 
va loyli qum gruntlarga gruntni yuvib gidravlik usul bilan cho‘ktiriladi (5.4,b 
rasm). Gruntni yuvishdagi suv bosimi 0,3 MPa gacha bo‘ladi. 
Rasm. 5.2. Shaxta-quduq sxemasi: 
1–nasosni ishga tushiruvchi; 2– grunt bilan to‘ldirma; 3–filtrlovchi ustun; 4–suvni 
ko‘tarib beruvchi quvur; 5–nasos. 
O‘z og‘irligi ta’sirida ninafiltr gruntga cho‘kadi, cho‘kish jarayonida xalqali 
qopqoq tashqi va ichki quvurlar orasidagi bo‘shliqni berkitadi. Ninafiltr ishchi 
holatga cho‘ktirilgandan so‘ng quvur atrofidagi bo‘shliq qisman cho‘kkan grunt 
qisman yirik zarrachali qum yoki shag‘al bilan to‘ldiriladi.
Ninafiltrlar bir yarusli joylashtirilganda 4...5 m ga, ikki yaruslida grunt 
suvlari sathini 7...9 m ga pasaytirish imkonini beradi. Ninafiltrlar kotlovan yoki 
transheya yoqasidan 0,5 m masofada joylashtiriladi. Chuqurligi 4,5 m gacha va eni 
4,0 m gacha bo‘lgan tor transheyalar bir qator ninafiltrlar bilan agar eni va 
chuqurligi undan katta bo‘lsa ikki qator ninafiltrlar bilan quritiladi. 


119 
5.3rasm.. Suv satxini pasaytirishni ninafiltrli usuli: 
a – suv satxini pasaytirishni umumiy sxemasi; b – suv satxini pasaytirish uchun 
tayyorlangan maydon; 1 – ninafiltr; 2 – kotlovan; 3 – suv satxini pasaytiruvchi magistral tarmoq; 
4 – suv satxi pasayishining depression egri chizig‘i; 5 – nasos stantsiyasi. 
Rasm. 5.4. Ninafiltrli moslamani ishlash sxemasi: 
a – umumiy ko‘rinishi; b – ninafiltrli zvenoni gruntga cho‘kish davri; v – suv satxini 
pasayish davri; g – ejektorli ninafiltr;1 – egiluvchan shlang; 2 – filtrni ustidagi quvur; 3 – 
ninafiltrli zveno; 4 – ichki quvur; 5 – tashqi teshikli quvur; 6 – spiralli filtrlovchi o‘ram; 7 – 
xalqasimon klapan (yopgich); 8 – egar; 9 – sharsimon klapan (yopgich); 10 – cheklovchi; 11 – 
tishli uch; 12 – quvurni toraygan uchastkasi; 13 – siyraklanish zonasi; 14 – elejtorni tashqi 
quvuri; 15 – ejektor uchligi.
Qatordagi ninafiltrlar orasidagi masofa grunt xususiyati va grunt suvlari 
sathi chuqurligiga bog‘liq holda tayinlanadi.
Ninafiltrli qurilma bulajak kotlovanni perimetri bo‘ylab gruuntga botirilgan 
ninafiltrlar qatoridan iborat. Yer sathida ninafiltrlar suv yig‘uvchi kollektor 


120 
yordamida nasos qurilmaga ulanadi. Nasoslar suvni tortib olish rejimida ishlaganda 
ninafiltr va atrofdagi grunt qatlamlarida suv sathi tushib 
depression egri chizig‘i
deb nomlanmish yangi GSS paydo qiladi.
Suv sathini pasaytirishning 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish