4.3. Transport vositalarini tanlashni asoslash
Tashiladigan qurilish yuklarining keng nomenklaturasida transport
jarayonlarining katta solishtirma vaznga egaligi maqbul transport vositalarini
tanlashni, yuk oqimlarini yo‘naltirishni, yuk ortish va tushirish ishlarini kompleks
mexanizatsiyalashni, qayta ortish-tushirishlarni qisqartirish va umuman yuqotish,
tashish masofasini qisqartirishni talab etadi. Transport vositalarini tanlash ko‘pgina
omillarga bog‘liq:
tashiladigan yukning turi
― donabay, sochiluvchan, yoki suyuq materiallar;
konstruktsiya va detallarning o‘lchamlari hamda massasi
– uzun o‘lchovli,
yassi yupqa devorli elementlar;
tashish usuli
– gorizontal, vertikal yoki qiya holatda;
fazoviy elementlarning gabaritlari;
yukni tashish uzoqligi;
yukni tashishda ruxsat etilgan tezlik;
olib kelingan yukni tushirish usuli;
yo‘lning turi, uning holati va bo‘ylama qiyaligi qiymati;
tashilayotgan materialning va tashqi havoning temperaturasi;
tashish sharoitlari
– ochiq yoki yopiq usulda.
Agar bu omillardan kelib chiqib, avtomobil transporti ko‘rib chiqilsa, u
holda avtomobil turi, shatakchi, tirkama yoki yarim tirkaman tanlanadi.
84
Umumiy ko‘rinishda yuklar tashish usulini tanlashni asoslash asosiy
yetkazib beruvchilarning joylashishini hisobga olib, mazkur qurilish maydoniga
yuklarni eng samarali yetkazib berish uchun transport turini dastlabki aniqlashni,
ikkinchi bosqichda esa bu turlardan eng maqsadga muvofiq transport turlari tanlab
olinadi.
Qurilishda transport vositalarini baholaydigan asosiy mezonlarni uch
guruhga ajratish mumkin:
texnik
– yuk ko‘tarish qobiliyati, o‘tuvchanligi, harakatchanligi
(manevrliligi), gabaritlari (o‘lchamlari), o‘qiga tushadigan yuklamalar, ortish-
tushirish operatsiyalariga moslanganligi;
texnologik
– yuklarning butligini (saqlanganligini) ta’minlash, yuk
tushiradigan tomon;
iqtisodiy
– yetkazib berish tannarxi.
Avtomobil transportidan barcha xildagi yuklarni 200 km gacha masofaga
yetkazishda (chet ellarda bundan ham katta masofalarga tashishda foydalaniladi),
borish qiyin tumanlarga, temir yo‘l transporti uchun o‘lchami to‘g‘ri kelmaydigan
yuklar mavjud bo‘lganda foydalanish maqsadga muvofiq. Qishloq joylarda
avtomobil transporti va traktorlar yuklarini deyarli istagan masofaga yetkazib
beradi. Temir yo‘l transporti og‘ir yuk va konstruktsiyalarni yirik ob’ektlar bir
yerga to‘plangan qurilishda tashishda samaralidir. Daryo transportidan bevosita bir
yerga to‘plangan qurilish tumanlarida hamda daryoga bevosita yaqin bo‘lgan va
maxsus port uskunalariga ega bo‘lganda foydalanish qulay.
Havo transportidan alohida holatlarda, agar iqtisodiy va vaqt omillariga
ko‘ra boshqa montaj konstruktsiyalarini yetkazib berish va boshqa montaj
uskunalarini ishlatish samarali bo‘lmaganda foydalaniladi. Asosan bu turdagi
transportdan borish qiyin bo‘lgan tumanlarda, xususiy ishlab chiqarish bazasi, suv
va yer usti kommunikatsiya yo‘llari bo‘lmagan, iqlim sharoitiga ko‘ra boshqa
turdagi transportdan foydalanish imkoni bo‘lmaganda qo‘llanilishi mumkin.
Yuklarni aralash usulda yetkazib berish usullaridan, ma’lum bir hududlarda
temir yo‘l yoki avtomobil yo‘llari yo‘qligi, suvli to‘siqlarning mavjudligi sababli
85
ayrim transport turlarining harakatlanishini tashkil etish mumkin bo‘lmaganda yoki
agar aralash usulda yetkazib berish yuklarning hatto qo‘shimcha yuklanishlarni
ham hisobga olib, iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lganda ham qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |