O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

 
 
7.15-rasm. G‘isht-tosh terishda foydalaniladigan asbob-uskunalari: 
a – shovun; b – buklanadigan metr; v-ruletka (taxlama metr); g – qurilish shaytoni; d – 
yog‘och gazcho‘p; ye – go‘niya (burchak); yo – alyumindan yasalgan gazcho‘p; j – eshik va 
derazalar o‘rnini belgilashga shablon; z – burchakka o‘rnatuvchi reja ip mahkamlagich; i – 
g‘ishtni saralash uchun shablon; k – tugun yoki havo tortkich kanallarini terish uchun shablon; 1 
– reja ip; 2 – ko‘chiriladigan xomut; 3 – qatorni belgilashga mo‘ljallangan alyuminiy gazcho‘p; 4 
– xomutni mahkamlaydigan teshik; 5 – mahkamlaydigan murvat; 6 – qatorni belgilovchi 
gazcho‘pni yechishga mo‘ljallangan gazcho‘p, 7 – qatorni belgilovchi gazcho‘pni maxkamlovchi 
dastali skoba. 
 
Gazcho‘p
 
(7.15-rasm, j, z) yordamida g‘isht teruvchi terilgan sirtini 
tekshiradi. Gazcho‘p kesimi 30x80 mm, uzunligi 1,2-1,5 m bo‘lgan randalangan 
yog‘och reyka yoki maxsus profilli alyuminiy reykadir. 
Terish qatorlarining gorizontalligini va qatorlar qalinligini tekshirish uchun 
reja ipi maxkamlangan 
reja cho‘p
(7.15 rasm, l) xizmat qiladi. Reja cho‘p 1,8-3 m 
uzunlikdagi kesimi 30x70 mm li yog‘och reyka, temir burchaklik yoki quvurdan 
yasalishi ham mumkin. Reja cho‘pda har 77 mm da (bunda g‘ishtni qalinligi 65 
mm va qorishma qalinligi 12 mm ) reja ipini mahkamlash uchun ariqchalar 


302 
qilinadi. Rejacho‘plar qoziqlar, skobalar va vintli (murvatli) qisqichlar yordamida 
devorga maxkamlab qo‘yiladi. 
7.7. Ekstremal sharoitlarda g‘isht-tosh 
konstruktsiyalarni barpo etish 
7.7.1. Qish sharoitlarida g‘isht-toshli konstruktsiyalarni barpo 
etish 
 
Manfiy temperaturalar yangi terilgan g‘isht konstruktsiyalarida yuz 
berayotgan fizik-mexanik jarayonlarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Qorishma suvining 
muzga aylanishi tufayli g‘isht terilgan joyda qorishmaning qotishi to‘xtaydi, 
qorishma yotqizilishi bilan boshlangan tsement gidratatsiyasi reaktsiyasi 
qorishmaning temperaturasi pasaygani sari so‘nib boradi va to‘xtab qoladi. 
Qorishma muzlaganda tsement (ohak), qum va muzning mustahkam mexanik 
aralashmasiga aylanadi. Suv muzga aylanib, hajmi ortadi, bu esa qorishma 
hajmining ortishiga olib keladi, buning natijasida u yumshaydi, uning zarrachalari 
orasidagi bog‘lanishlar buziladi, mustahkamligi keskin pasayadi. Toshlarning 
sirtida muz pardasi hosil bo‘ladi, bu esa qorishmaning tosh-g‘isht bilan ilashishi 
mustahkamligini pasaytiradi. Natijada terilgan joy erta muzlaganda uning pirovard 
mustahkamligi 28 kunligida me’yorida qotgan konstruktsiya mustahkamligidan 
ancha past bo‘ladi.
Ohakli qorishma ham muzlaganda qotish jarayoni to‘xtaydi, ammo tsement 
qorishmasidan farqli ravishda erigandan so‘ng gidratatsiya jarayoni yangidan 
boshlanmaydi.
Qish sharoitida g‘isht terish ishlarini bajarish uchun muzlatish usulidan 
foydalaniladi. Uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:


303 

musbat temperaturada erigandan so‘ng agar muzlatish paytiga 
qadar qorishma 
kritik mustahkamlikka
erishgan bo‘lsa g‘isht terilgan 
joyida o‘z mustahkamligini yana oshira boshlaydi, bunda kritik 
mustahkamlik odatda marka mustahkamligining 20% dan ortig‘ini tashkil 
etadi;

muzlatish usulini katta ekstsentrisitetga ega nomarkaziy siqilgan 
konstruktsiyalar va vibratsiyaga uchraydigan konstruktsiyalar uchun, 
shuningdek xarsangtosh terilgan devorlarda, xarsangtosh betonli 
devorlarda, ravoqlarda qo‘llab bo‘lmaydi; 

faqat tsementli va murakkab qorishmalardan foydalaniladi, 
chunki ohakli va ohakli-loyli qorishmalar erigandan so‘ng qotish 
qobiliyatini saqlab qolmaydi;

qurilish maydonchasiga qorishmani eltib beradigan transport 
vositalari albatta isitiladi, ish olib borilayotgan joylarga qorishma ulushi 
(portsiyasi) faqat 20...30 min. ishlashga yetadigan va qorishma 
temperaturasi +20
0
S dan kam bo‘lmaganda uzatiladi;

g‘isht terishning bajarilishini va uni eritish ustidan albatta 
nazorat jurnalini yuritish kerak, chunki qorishma zichligining bir xil 
emasligi tufayli eriyotgan notekis cho‘kishlar bo‘lishi mumkin. 
Amalda qishki sharoitlarda g‘isht terishning quyidagi usullari qo‘llaniladi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish