O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

 
So‘rilar
 
– orayopmada o‘rnatiladigan va qavat doirasida g‘isht terishni 
bajarishga imkon beradigan vaqtinchalik qurilmalar. So‘rilar tashishda, o‘rnatishda 
va o‘rnini o‘zgartirishda qulay bo‘lishi, g‘isht teruvchining ish o‘rni kengligiga 
mos kelishi, texnika xavfsizligi qoidalari talablarini qanoatlantirishi, ko‘p marta 
foydalanish mumkin bo‘lishi uchun inventar bo‘lishi kerak. Havozalarning 
quyidagi konstruktsiyalaridan eng ko‘p foydalaniladi: 
Ustunli so‘rilarning
Ruffel konstruktsiyasi 
1,2; 2,4; 2,7; 3,2 m balandliklarda 
joylashadigan chiqariluvchi quvurli ustunlardan, yog‘och progonlar va to‘shama 
shchitlardan iborat bo‘lib, 4,4 m balandlikkacha g‘isht terish ishlarini bajarish 
mumkin. Konstruktsiyaning asosiy qismi balandligi bo‘yicha teshiklari bo‘lgan 
qo‘zg‘almas quvurdan iboratdir. Bu quvurning ustki tomoniga suriladigan quvur 
kiritiladi, bu chiqariladigan shtokning yuqori qismida progonlarni yotqizish 
(joylashtirish) uchun vilka o‘rnatiladi. Kerakli balandlikda ustunlar shtirlar bilan 
mahkamlanadi.
Panel so‘rilar
(7.12-rasm) – bu balandligi 1 m bo‘lgan metall fermalardan 
iborat fazoviy konstruktsiyadir. Yuqori belbog‘ga yog‘och to‘shama boltlar 
yordamida mahkamlangan, pastki qismiga esa balandligi 1,0 m bo‘lgan qaytarib 
(ko‘tarib) qo‘yiladigan tayanchlar sharnirli mahkamlangan. So‘rilarni orayopmada 


296 
ko‘tarish qaytariladigan tayanchlarga mahkamlangan ilgaklar bilan amalga 
oshiriladi. 2,1...2.2 m balandlikda g‘isht terib bo‘lingandan so‘ng so‘rilar maxsus 
ziraklaridan ko‘tariladi, qaytariladigan tayanchlar xususiy massasi ta’sirida pastga 
tushadi, ular vertikal holatda diagonal bog‘lamlar bilan mahkamlanadi. So‘rilar 
foydalanish jarayonida ajratish yoki yig‘ishni talab etmaydi.
7.12-rasm. G‘isht terish uchun so‘rilar: 
a–inventar blokli so‘rilar; b–sharnir-panelli so‘rilar.
Sharnir-panelli havozalar
uchburchak kesimli ikkita payvandlangan ferma-
tayanchlardan iborat bo‘lib, ularga yog‘och bruslar va to‘shama mahkamlanadi. 
Ikkinchi yarus g‘ishtini terishda so‘rilar qaytariluvchi tayanchlarga tayanadi uning 
fermachalari so‘rilarning o‘rta qismiga biriktirilib va to‘shama maydonchasi 115 
sm balandlikda bo‘ladi. Markazda tayanchlarni ajratib va so‘rilarni kran bilan 
ko‘targanda qaytariluvchi tayanchlar o‘z massasi hisobiga to‘g‘irlanadi va ularni 
ishchi to‘shama yonida tashlama skobalar bilan mahkamlab, so‘rilarning 
balandligini 205 sm gacha orttirish mumkin.


297 
Ko‘chma maydoncha-so‘rilar
metall tayanch qism va to‘shamadan iborat 
bo‘ladi. Ulardan zinapoya kataklari, lodjiya (peshayvon )devorlariga g‘isht 
terishda, tor sharoitlarda ishlashda foydalaniladi. Ustunli so‘rilar boshqa joyga 
ko‘chirishdan avval ajratiladi, boshqa turdagilar uchun ishchi to‘shama sathini 
o‘zgartirish va yangi joyga ko‘chirish ishlari kran yordamida amalga oshiriladi. 
G‘isht terish sifatini nazorat qilish uchun so‘rilarning ishchi to‘shamasi va barpo 
etilayotgan devor orasida 5 sm gacha oraliq (tirqish) qoldiriladi.

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish