403
harakatlarni kutishadi. Bunday davlatlarda markaziy banklarga ko‘pincha bir-biri
bilan nizoli maqsadlarni balansga keltirish: narxlar barqarorligini va aholining
to‘liq bandligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishiga to‘g‘ri keladi.
Mamlakatimizda Markaziy bankning asosiy maqsadlari quyidagilardan
iborat:
narxlari barqarorligi;
bank tizimining barqarorligi va rivojlanishi;
to‘lov tizimining barqarorligi va rivojlanishi.
Belgilanishicha, foyda olish Markaziy bankning asosiy maqsadi emas.
Bundan tashqari, Markaziy bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
pul-kredit siyosati va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
valyutani tartibga solish va valyutani nazorat
qilishni tashkil etish va
amalga oshirish;
bank tizimining barqarorligini ta'minlash, mikrokredit tashkilotlari va
lombardlar faoliyatiga ko‘maklashish;
O‘zbekiston
Respublikasida
to‘lov
tizimlarining
faoliyatini
muvofiqlashtirish va ta'minlash;
banklar, bank xoldinglari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta
birjasi va kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash
va tartibga solish;
banklar, bank xoldinglari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit
byurolarini nazorat qilish;
bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilishni ta'minlash,
aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish;
bank, pul-kredit statistikasi shakllantirish va e'lon qilish;
tashqi sektor statistikasi, shu jumladan to‘lov balansi, xalqaro investitsiya
pozitsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarzlari, zaxiraviy aktivlari va
valyuta kurslarini shakllantirish va e'lon qilish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralarini boshqarish, hisobga
olish va saqlash.
Markaziy bank quyidagi huquqlarga ega emas:
moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanish;
tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish;
uchinchi
shaxslarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi
hukumatining majburiyatlari bo‘yicha kafolatlar berish;
banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitalida ishtirok etish, bunda
valyuta birjasi kapitallaridagi ishtirok etish istisnodir.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga hisobot beradi.
404
Oliy
Majlis
Senati
O‘zbekiston
Respublikasi
prezidentining
taqdimnomasiga binoan Markaziy bank raisini lavozimga tayinlaydi va
lavozimidan
ozod qiladi; yillik hisobotni, shuningdek auditor xulosasini ko‘rib
chiqadi.
Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qarorlarni qabul qilishda
mustaqildir.
Davlat Markaziy bankning va Markaziy bankning davlatning majburiyatlari
bo‘yicha, agar ular o‘zlari bunday majburiyatlarni o‘z zimmalariga olgan
bo‘lmasa yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa,
javobgar emas.
Markaziy bankning auditi har yili mustaqil nazorat tashkilotlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Modomiki, davlat qonun yaratuvchi va ularning bajarilishini nazorat
qiluvchi organ hisoblanar ekan, u moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha to‘liq
javobgardir. Dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri bo‘lgan AQShda
ham, boshqa davlatlarda ham moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha ba’zi
masalalarni bajarish ma’lum bir moliyaviy sektor qatnashchilari assotsiatsiyasi
yoki fond birjalariga o‘xshash xususiy sektor
muassasalarining vakolatiga
o‘tkaziladi.
Jumladan, AQShda qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha Komissiya (SEC
– Securities Exchange Commission) tashkil etilgan. Xuddi shunday Komissiya,
xususan, O‘zbekistonda ham mavjud. Uning asosiy vazifasi har bir yangi
qimmatli qog‘ozlarni ommaviy chiqarishda firmalar tomonidan taqdim etilishi
lozim bo‘lgan ular faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot hajmiga bo‘lgan aniq
talablarni ishlab chiqishdan iborat. Boshqa davlatlarda ham shu kabi tartibga
soluvchi organlar mavjud.
Biroq, davlat moliyaviy tizimni tartibga soluvchi organ rolini o‘ynagani
bilan bir qatorda, u mazkur tizimdan o‘z siyosatining boshqa maqsadlariga
erishish uchun foydalanadi. Misol tariqasida hukumatning
pul-kredit siyosatini
iqtisodiy o‘sish yoki bandlik sohasidagi turli umummilliy vazifalarning bajarilishi
uchun foydalanishini keltirish mumkin. Keyingi o‘rinlarda biz u yoki bu
moliyaviy tizim sohasini tartibga soluvchi yoxud boshqa iqtisodiy maqsadlarga
yetishish uchun ushbu tizimni asosiy instrument (vosita) tariqasida ishlatadigan
ba’zi davlat tashkilotlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: