Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi va BAA o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarining bugungi kungacha bo‘lgan holati va yangi istiqbolli yo‘nalishlari:
- ikki mintaqa o‘rtasidagi umummanfaatlarga asos bo‘luvchi jihatlarni aniqlash;
- mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlarining tizimli tahlilini amalga oshirish;
- O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatiga oid yangi konsepsiyaning arab davlatlari bilan munosabatlarga mo‘ljallangan qismlariga taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.