Yaxshilanishlarni huquqiy baholash.
Ko‗chmas mulk obyekti
manzilgohi, yer kadastri va uning joylashgan o‗rnining bayoni
yordamida identifikatsiya qilinadi. Ko‗chmas mulk obyektini huquqiy
bayon qilish uchun mulk huquqlarini tasdiqlovchi mavjud hujjatlar
nusxalaridan foydalanish mumkin. Yanada aniqroq bayon qilish uchun
obyektni har tomonlama ko‗zdan kechirish kerak.
Identifikatsiya yer maydoni, qurilmalar, hamma yaxshilashlarning
to‗liq va batafsil bayonini o‗z ichiga oladi. Obyektning qiymati nafaqat
qurilmalarning jismoniy holatiga, balki mulk huquqlarining holatiga
ham bog‗liqdir.
Huquqiy ekspertiza mulkni baholashdagi birinchi bosqichdir.
Iqtisodiy baholashdan oldin obyektning huquqiy tartibini, uning hamma
cheklashlarini va qaramligini belgilash lozim.
Ekspertizani o‗tkazish tartibi quyidagicha qabul qilinishi mumkin:
•
sotuvchi, xaridor, ijarachi va mulkning huquqiy maqomini
aniqlash; huquqni belgilaydigan hujjatlarni va ularning to‗g‗riligini
tekshirish;
•
qilinayotgan bitimning qonuniyligini belgilash;
•
mulk bilan bog‗liq cheklovlar, taqiqlarning mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |