O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

4.1.1 - rasm.
 
Mulkni baholashning asosiy tamoyillari.
1
1
R.X.Alimov, B.B.Berkinov va boshqalar. Ko‗chmas mulkni baholash. ―Fan‖. - T.:2005 y. – 17 b. 


79 
Bu tamoyillar faqatgina bozor iqtisodiyoti subyektlari xatti-
harakatlarining asosiy qonuniyatlarini tavsiflaydi va real turmush 
sharoitlarida bir qator omillar ularning harakatlarini buzishi mumkin. 
Mulkchilikning har qanday obyekti qiymatini baholash tamoyillari 
birinchi guruhining
asosiy mezoni bo‗lib, uning foydaliligi 
hisoblanadi. Mol-mulk agar real yoki potensial mulkdorga foydali 
bo‗lsa, u qiymatga ega bo‗ladi. Foydalilik har bir iste‘molchi uchun 
individual bo‗lgani holda vaqt va qiymatda sifat va miqdor jihatdan 
aniqlangan. Biroq bozor iqtisodiyotida mulkdor uchun obyektning 
umumiy foydaliligi sifatida uning daromad keltirish qobiliyatini 
ko‗rsatish mumkin. Foydalilik qanchalik katta bo‗lsa, baholash qiymati 
shunchalik yuqori bo‗ladi. 
Foydalilik tamoyili shundan iboratki, mulk mulkdorning ehtiyojini 
qondirishga qanchalik ko‗p qodir (ishlatish davomiyligi) bo‗lsa, uning 
qiymati shunchalik yuqori bo‗ladi. 
Xaridor har doim ham bir xildagi mol-mulk bilan chegaralanmaydi. 
Shuning uchun mulk qiymatini baholashning yana bir metodologik tamoyilini 
ajratish mumkin – bu o‗rin bosish tamoyili. U quyidagi tarzda aniqlanadi: 
ko‗chmas mulkning eng yuqori qiymati xuddi shunday foyda beradigan 
boshqa mulk xarid qilinishi mumkin bo‗lgan eng kam narx bilan aniqlanadi. 
Foydalilik tamoyilidan baholashning yana bir tamoyili kelib chiqadi – 
kutish yoki oldindan ko‗rish tamoyili. 
Baholash tamoyillarining 
ikkinchi guruhi
mulkdan foydalanish bilan 
shartlangan va ishlab chiqaruvchilarning tasavvurlariga bog‗liq. 
Har qanday iqtisodiy faoliyatning daromadliligi ishlab chiqarishning 
to‗rtta omili bilan belgilanadi: yer, ishchi kuchi, sarmoya va boshqaruv. 
Mulkning daromadliligi – bu barcha to‗rt omil harakatining natijasidir, 
shuning uchun tizim sifatida mulkning qiymati daromadni baholash asosida 
aniqlanadi. Mulkni baholash uchun har bir omilning undan olinadigan 
daromadning shakllanishiga qo‗shgan hissasini bilish zarur. Bundan ulush 
tamoyili kelib chiqadi, u quyidagidan iborat: mulkiy majmua tizimiga har 
qanday qo‗shimcha aktivning qo‗shilishi, agar olinadigan ko‗chmas mulk 
qiymatini o‗sishi uni xarid qilish xarajatlaridan yuqori bo‗lsa, iqtisodiy 
jihatdan maqsadga muvofiqdir. 


80 
Yer uchastkasining ortiqcha unumdorligi menejment, ishchi kuchi va 
sarmoyadan foydalanish xarajatlari to‗langanidan so‗ng qolgan sof daromad 
sifatida aniqlanadi. Bu qoldiq unumdorlik tamoyilidir. 
Ishlab chiqarishning u yoki bu omilining o‗zgarishi obyekt qiymatini 
oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Iqtisodiy nazariyaning ushbu qoidasidan 
mulkni baholashning yana bir tamoyili kelib chiqadi, uning mazmuni 
quyidagicha: ishlab chiqarishning asosiy omillariga resurslarning qo‗shilib 
borishi bilan sof natija (daromad) xarajat o‗sishi sur‘atlaridan tezroq osha 
boshlaydi, biroq ma‘lum bir nuqtaga yetgandan keyin, sof natija sekin sur‘atlar 
bilan o‗sadi. Bu sekinlik qiymatning o‗sishi qo‗shilgan resurslarning 
xarajatlaridan kamroq bo‗lmagunga qadar davom etadi. Mazkur tamoyil eng 
yuqori daromad nazariyasiga asoslanadi va yuqori unumdorlik tamoyili deb 
nomlanadi. 
Demak, 
mulkiy 
majmuaning 
qiymatini 
baholashda 
muvozanatlashganlik (mutanosiblik) tamoyilini hisobga olish zarur, unga 
ko‗ra ko‗chmas mulkdan eng yuqori daromadni ishlab chiqarish omillarining 
optimal nisbatlariga rioya qilish orqali olish mumkin. 
Tamoyillarning 
uchinchi guruhi
bozor muhiti harakati bilan to‗g‗ridan-
to‗g‗ri bog‗liq. Bozor iqtisodiyotida narxni shakllantirishga ta‘sir etuvchi 
muhim omil bo‗lib talab va taklifning o‗zaro nisbati hisoblanadi. Agar talab va 
taklif teng bo‗lsa, u holda narxlar barqaror bo‗lib qoladi. 
Yuqorida ta‘kidlanganidek, foydalilik vaqt va kenglikda aniqlangan. 
Bozor bu aniqlikni birinchi galda narx orqali hisobga oladi. Agar ko‗chmas 
mulk ushbu hudud uchun muayyan vaqtda xos bo‗lgan bozor andozalariga 
mos kelsa, u holda uning narxi o‗rtacha bozor qiymati atrofida o‗zgarib turadi; 
agar obyekt bozor talablariga mos kelmasa, u holda bu, odatda, ushbu 
mulkning past narxlari orqali aks etadi. Bunday qonuniyatga amal qilish bilan 
boshqa tamoyil – muvofiqlik tamoyili bog‗liq, unga ko‗ra ishlab chiqarishning 
jihozlanganligi, texnologiya, daromadlilik darajasi va hokazolar bo‗yicha 
bozor talablariga mos kelmaydigan ko‗chmas mulk o‗rtachadan past narxda 
baholanadi. 
Muvofiqlik tamoyili bilan regressiya va progressiya tamoyillari bog‗liq. 
Regressiya, ko‗chmas mulkning ushbu bozor sharoitlariga ko‗ra ortiqcha 
bo‗lgan yaxshilanishi bilan tavsiflansa, sodir bo‗ladi. Bunday mulkning bozor 


81 
narxi, ehtimol, uning real qiymatini aks ettirmaydi va uni shakllantirishning 
real xarajatlaridan past bo‗ladi. Progressiya, qachonki qo‗shni obyektlarning, 
masalan, yaxshilangan infratuzilmani ta‘minlovchi obyektlarning faoliyat 
ko‗rsatishi natijasida ushbu ko‗chmas mulkning bozor narxi uning qiymatidan 
yuqori bo‗lganda, sodir bo‗ladi. 
Raqobat tamoyilining mazmuni quyidagicha: agar raqobot kurashining 
keskinlashuvi kutilayotgan bo‗lsa, u holda bo‗lajak foydalarni bashorat 
qilishda ushbu omilni daromadlar oqimining to‗g‗ridan-to‗g‗ri kamayishi 
hisobidan, yoki xatar omilini oshirish yo‗li bilan hisobga olish mumkin, bu 
ham bo‗lajak daromadlarning joriy qiymatini pasaytiradi. 
Ko‗chmas mulkning qiymati nafaqat ichki omillar bilan, balki ko‗plab 
tashqi omillar bilan ham belgilanadi. Mol-mulkning qiymati ko‗proq tashqi 
muhitning holatiga, mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning 
darajasiga bog‗liq. Shunday ekan, ko‗chmas mulkni baholashda tashqi 
muhitga bog‗liqlik tamoyilini inobatga olish zarur. 
Ko‗chmas mulk qiymatini baholash tamoyillari 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish