Iqtisodiy o„sish sur‟atlarining o„zgarishi bilan bog„liq xatar.
Bozor
iqtisodiyotining
siklliligi
hisob-kitoblarda
iqtisodiy
rivojlanishning umumiy holati va iqtisodiy o‗sishning yaqin kelajakda
kutilayotgan sur‘atlarini hisobga olish zaruratini belgilab beradi.
Ishdagi faollik susaygan davrlarda olinadigan foyda miqdori ham
pasayadi va bankrot bo‗lish ehtimoli oshadi. Iqtisodiyot rivojlanishining
umumiy iqtisodiy qonuniyatlarini muayyan korxonani tahlil qilishda va
prognozlarni tuzishda hisobga olish zarur. Bunda asosiy axborot
manbalari bo‗lib hukumat dasturlari va prognozlar, axborot, konsalting
tuzilmalari,
hokimiyat va boshqaruv organlarining tahliliy sharhlari, davriy
iqtisodiy matbuot xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |