314
Yer rentasi
- ijarachi yer ijarasi haqidagi shartnomaga ko‗ra
kiritadiganto‗lov.
Yer bitimi
- bu shartnomaga ko‗ra sotuvchi yer maydoni uchun
birinchi pul to‗lovini oladi, ammo odatda qarzning butun yig‗indisi
to‗lanmagunicha mulk titulini bermaydi.
Yer maydoni
- mazkur ko‗chmas mulkning huquqiy tarifida
belgilangan hudud maydoni ko‗rinishidagi ko‗chmas mulk qismi.
Yer
1. Maydon zaxirasi, hudud. 2. Ko‗chmas mulk atributini
belgilovchi hudud maydoni ko‗rinishidagi xususiy mulk.
«Yer» atamasining odatdagi ma‘nosi quruqlikning suv bilan
qoplanmagan maydonini anglatadi, bu so‗zning huquqiy mazmuni esa
ko‗chmas mulkni bildiradi (bu mazmunda ham yer atamasi zamin emas,
hudud ma‘nosida ishlatiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: