O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/229
Sana01.01.2022
Hajmi6,56 Mb.
#305560
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   229
Bog'liq
budjet tizimi

 

2. Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish. 

Budjet  tashkilotlari  tasdiqlangan  smeta  va  shtatlar  jadvalini  ro’yxatdan 

o’tkazish  uchun  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  O’zbekiston 

Respublikasi Moliya vazirligiga yoki uning hududiy moliya organlariga taqdim 

etadilar. 



 

 

166 



      

 

Tasdiqlangan  smeta  va  shtatlar  jadvalini  ro’yxatdan  o’tkazish,  ilovalarni 



kelishish  taqdim  etilgan  hujjatlarning  tasdiqlangan  budjet  xarajatlari  limitlariga 

va  normativlariga  hamda  budjet  parametrlariga  muvofiqligi  tahlili  asosida 

tegishli  moliya  organlarida  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda  amalga 

oshiriladi. 

Budjet  tashkilotlarining  tasdiqlangan  smetasi  va  shtatlar  jadvalini 

ro’yxatdan  o’tkazish  mazkur  budjet  tashkiloti  xarajatlarini  moliyalashtirish 

(to’lash),  budjet  parametrlari  tasdiqlangan  paytdan  boshlab  40  kundan 

kechiktirmay (ammo, moliya yilining 10 fevralidan kechikmagan holda) tegishli 

moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.  

Tashkilotlarning  belgilangan  tartibda  tasdiqlangan  xarajatlar  smetalari  va 

shtat jadvallari ular moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin amalga 

kiritiladi. 

Joriy yilning 1 apreligacha: 

 



Budjet  mablag’larini  taqsimlovchilarning  tasdiqlangan  jamlanma 

xarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallari, shuningdek xarajatlar smetalari 

va shtat jadvallari - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida; 

 



Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika Budjetidan, viloyatlarning 

viloyat 


Budjetlaridan 

va 


Toshkent 

shahrining 

shahar 

Budjetidan 

moliyalashtiriladigan  tashkilotlarning  tasdiqlangan  xarajatlar  smetalari  va  shtat 

jadvallari  -  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Moliya  vazirligida,  viloyatlar  va 

Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalarida; 

 



tumanlar  va  shaharlar  Budjetidan  moliyalashtiriladigan  tashkilotlarning 

tasdiqlangan  xarajatlar  smetalari  va  shtat  jadvallari  -  tumanlar  va  shaharlar 

hokimliklarining moliya bo’limlarida ro’yxatdan o’tkazilishi kerak. 

Tashkilotlarning O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira 

jamg’armasi,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  respublika  Budjetining,  viloyatlar 

viloyat  Budjetlarining  va  Toshkent  shahri  shahar  Budjetining  zaxira 




 

 

167 



      

 

jamg’armalari,  shuningdek  tegishli  Budjetning  qo’shimcha  manbalari 



mablag’lari  hisobidan  xarajatlari  tegishli  moliya  organi  tomonidan  ro’yxatdan 

o’tkazilgan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. 

Xarajatlar  smetalarini  va  shtat  jadvallarini  ro’yxatdan  o’tkazishdan  oldin 

moliya organlari: 

 

Budjet  tashkilotlari  xodimlarining  xarajatlar  smetalari  bo’yicha 



tasdiqlangan  ish  haqi  summalarining  shtat  jadvallari  bo’yicha  tasdiqlangan  ish 

haqiga muvofiqligini; 

 

shtat  jadvalida  nazarda  tutilgan  lavozimlar  nomlarining  va  xodimlar 



sonining,  mehnatga  haq  to’lash  razryadlarining,  bazaviy  miqdorlarining 

belgilangan normativlarga muvofiqligini; 

 

Budjet  tashkilotlari  xodimlarini  moddiy  rag’batlantirish  maxsus 



jamg’armasining to’g’ri shakllantirilganligini; 

 



Umumta’lim,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarining 

direktor jamg’armasi to’g’ri shakllantirilganligini; 

 

xarajatlar  smetasida  tasdiqlangan  stipendiyalar  uchun  xarajatlar 



summasining xarajatlar smetasiga doir hisob-kitoblarga muvofiqligini; 

 



to’rtinchi  guruhning  moddalar  bo’yicha  yoyilmasidagi  xarajatlar 

summasining  xarajatlar  smetasida  tasdiqlangan  summaga  muvofiqligini 

tekshiradi. 

Tashkilotlarning  xarajatlar  smetasi  va  shtatlar  jadvalini  ro’yxatdan 

o’tkazish  paytida  moliya  organlari  o’z  vakolatlari  doirasida  ortiqcha  shtatlarni 

yo’qotishlari  lozim.  Aniqlangan  kamchiliklar  bartaraf  etilganidan  keyingina 

ro’yxatdan  o’tkazishni  amalga  oshirish  lozim.  Yangidan  tashkil  qilinayotgan 

(jumladan,  qayta  tashkil  etish  natijasida)  tashkilotlarning  xarajatlar  smetasi  va 

shtatlar  jadvalini ro’yxatdan  o’tkazish ushbu tashkilotlarni belgilangan tartibda 

tashkil  qilinishi  to’g’risidagi  tegishli  qaror  ko’rsatilganidan  so’ng  amalga 

oshiriladi. 



 

 

168 



      

 

Yangidan  tashkil  qilinayotgan  mahalliy  tasarrufdagi  tashkilotlarning 



xarajatlar  smetasi  va  shtatlar  jadvalini  ro’yxatdan  o’tkazish  mazkur  tash-

kilotlarni belgilangan tartibda tashkil qilinishi to’g’risidagi tasdiqlovchi hujjatlar 

ko’rsatilganidan  so’ng  amalga  oshiriladi.  Tashkilotlar  xarajatlar  smetasi  va 

shtatlar jadvalini ro’yxatga olish ro’yxatdan o’tkazish kartochkasini berish yo’li 

bilan rasmiylashtiriladi. 

Tashkilotlarning  xarajatlar  smetasi  va  shtatlar  jadvali  ro’yxatdan 

o’tkazilganligi  to’g’risidagi  ma’lumotlar  Budjet  tashkilotlari  xarajatlar  smetasi 

va  shtatlar  jadvali  hisobining  jurnaliga  kiritiladi.  Kompyuter  texnikasi  mavjud 

bo’lganda  Budjet  tashkilotlari  xarajatlar  smetasi  va  shtatlar  jadvali  hisobining 

jurnali avtomatlashtirilgan tarzda yuritilishi mumkin. Ro’yxatdan o’tkazilganligi 

to’g’risidagi  hujjatlar  (ro’yxatdan  o’tkazish  kartochkalari,  smetalar  va  shtatlar 

jadvali)  quyidagi  tarzda:  smetalar  va  shtatlar  jadvali  O’zbekiston  Respublikasi 

Moliya  vazirligida  ro’yxatdan  o’tkaziladigan  tashkilotlar  bo’yicha  -  moliya 

vazirining  o’rinbosari,  sohalarni  moliyalashtiruvchi  boshqarma  va  bo’lim 

boshliqlari  tomonidan,  hududiy  moliya  organlarida  -  moliya  organlari 

boshliqlari  (mudirlari)  yoki  ularning  o’rinbosarlari  hamda  moliya  organlari 

Budjet bo’limlari boshliqlari tomonidan imzolanadi. 

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Budjetlarida 

turuvchi  xalq  ta’limi  muassasalari  (tashkilotlari)  bo’yicha  ro’yxatdan  o’tkazish 

haqidagi  hujjatlar  moliya  organi  boshlig’ining  (mudirining)  o’rinbosari  -  xalk, 

ta’limi  muassasalarini  moliyalashtirish  bo’limi  boshlig’i  va  moliya  organi 

Budjet bo’limining tegishli mutaxassisi tomonidan imzolanadi. 

Tashkilotlar  rahbarlarining  xarajatlar  smetasi  va  shtatlar  jadvalini  ro’yxatdan 

o’tkazish  masalalari  bo’yicha  arizalari  mazkur  xujjatlar  ro’yxatdan  o’tkazilgan 

xududiy  moliya  organining  rahbari  tomonidan  o’n  kunlik  muddatda  ko’rib 

chiqiladi. 




 

 

169 



      

 

Xarajatlar  smetasi  va  shtatlar  jadvalini  ro’yxatdan  o’tkazgan  xududiy 



moliya organining qarori bo’yicha norozilik to’g’risidagi arizalar yuqori moliya 

organida  ko’rib  chiqiladi.  O’zbekiston  Respublikasi  moliya  vazirining 

o’rinbosari  qarori  bo’yicha  norozilik  to’g’risidagi  ariza  O’zbekistan 

Respublikasi moliya vaziri tomonidan ko’rib chiqiladi. 

Moliyaviy  yil  o`z  nihoyasiga  yetganda  barchaagentliklar  o`z  budjetlarini 

nolga  tenglashtirishadi.  Moliyaviy  yil  oxiridaxali  ham  sarflanmagan 

mablag`gaega  bo`lgan  agentlik  judaoddiy  agentlik  sifatida  ta’riflanadi.  Yil 

oxirida  budjet  profitsitigaega  bo`lgan  agentliklar  keyingi  moliyaviy  yilda 

kamaytirilgan  budjet  bazalarigaega  bo`ladilar.  Bundan  tashqari  odatda 

sarflanmay  qolgan  budjet  mablag`lari  moliyaviy  yil  so`ngida  “o’qib  ketadi”. 

Agentliklar  fikriga  ko`ra,  “xozir  yoki  hech  qachon”  holati  mavjud  bo`lgan 

mablag`larni  sarflashgaqaratilgan.  Ta’sir  qiluvchi  omillardan  yana  biri  bu 

kutilmagan  holatlarga  tayyor  turish  maqsadida  xarajatlarning  bir  qismini 

agentlik  tomonidan  olib  qo`yilishidir.  Bu  kabi  mablag`ni  tejash  yil  so`ngida 

katta  sarf-xarajatlarga  sabab  bo`lishi  mumkin,  ayrim  xarajatlar  o`rinli  bo`lsa, 

ayrimlari  esa  mutlaqo  isrofgarchilikkaolib  keladi.  Bunga  muqobil  sifatida  hech 

qanday mablag`ni qaytarib bermaslik sharti bilan agentliklarning yangi budjetiga 

ko`chirilgan mablag`larga ruxsat berish lozim. Ayrim yurisdiksiyalar ma’lum bir 

me’yorlargaasoslangan  holda  mablag`  ko`chirishga  ruxsat  berishadi,  masalan 

umumiy budjetdan kichik foiz olish kabilar shular jumlasidandir. 

 


Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish