1-rasm. Budjet tashkilotlari xarajatlar smetalarining guruhlanishi
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi
- Budjet tashkilotining yoki Budjet
mablag’lari oluvchining xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va ro’yxatdan
o’tkazilguniga qadar amal qiladigan hujjat bo’lib, unda qonun hujjatlaridagi
o’zgartirishlar hisobga olingan holda uning uchun nazarda tutilgan Budjetdan
ajratiladigan mablag’lar har oy uchun aks ettiriladi.
Smetalarning guruhlanishi
Xarajat
manbalariga ko’ra
Muassasaning va tadbirning
turiga ko’ra
Amal
qilishiga ko’ra
Budjet mablag’lari
bo’yicha xarajatlar
smetasi
Budjetdan tashqari
mablag’lar bo’yicha
xarajatlar smetasi
Vaqtinchalik
smeta
Doimiy
smeta
Yakka smeta
Jamlanma smeta
Markazlashgan
tadbirlar uchun smeta
156
Smetalarning quyidagi turlari amalda qo’llaniladi:
Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan alohida olingan
muassasa bo’yicha tuziladi.
Umumlashtirilgan smetalar bir budjet bo’g’inidan moliyalashtiriladigan
muayyan bir tarmoqning bir tur(tip)dagi muassasa va tashkilotlari bo’yicha
tuziladi.
Yig’ma smetalar bir budjet bo’g’inidan moliyalashtiriladigan muayyan bir
tarmoqqa tegishli barcha muassasa va tashkilotlari bo’yicha tuziladi.
Budjet mablag’lari budjet tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda, budjet
ijrosi jarayonida belglangan tartibda ularga kiritilgan o’zgarishlarni hisobga
olgan xolda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida sarflanadi.
Smeta xarajatlari quyidagi xarajat guruhlari bo’yicha rejalashtiriladi:
Yakka smetalar
Umumlashtirilgan smetalar
Yig’ma smetalar
I-guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali
onalarga nafaqalar, stipendiyalar va boshqalar)
II-guruh – Ish beruvchilarning ajratmalari (Ish haqiga ustamalar)
III-guruh – Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida
nazarda tutilgan aniq ro’yxatlarga muvofiq);
157
Xarajatlarni moliyalashtirish (to’lash) budjet ijrosi jarayonida xarajatlar
ro’yxati va smetasiga kiritiladigan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda tegishli
yil uchun tasdiqlangan budjet parametrlariga hamda budjet tashkilotlarining
xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan budjet xarajatlarining choraklar bo’yicha
taqsimlangan yillik ro’yxatiga binoan amalga oshiriladi. (O’zR VM 19.07.2007
y. 148-son Qarori taxriridagi band)
Xarajatlar smetalariga faqat Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari,
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, shu
bilan birga belgilangan xarajatlar, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi va tegishli hokimiyatlar tomonidan, ularga berilgan huquklar
doirasida nazarda tutilgan xarajatlar kiritiladi.
Doimiy faoliyat ko’rsatuvchi budjet tashkiloti bo’yicha xarajatlar smetalari
1 yanvardan 31 dekabrgacha bo’lgan muddatga tuziladi va amal qiladi. Joriy
yilda ishga tushiriladigan tashkilotlar bo’yicha esa ularning budjet yilida
ishlagan muddatiga tuziladi va amal qiladi.
Xarajatlar smetalari tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi
Davlat budjeti xarajatlarining amaldagi iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar
guruhi bo’yicha, boshqa xarajatlar va ularning hisob-kitobini o’z ichiga olgan
to’liq yoyilmasi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan tasdiqlangan shakllari asosida tuziladi. Tashkilotlarning xarajatlar
smetalari tegishli yuqori organlari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
I-guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali onalarga
nafaqalar, stipendiyalar va boshqalar) ga quyidagi xarajat turlari kiradi:
“Ish haqi”
“Umumta’lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini
rag’batlantirish Direktor fondi mablag’lari” (Faqat umumta’lim maktablarida)
IVguruh – Boshqa xarajatlar
158
Stipendiyalar
Umuman olganda, budjet tashkilotlari xodimlari ish xaqini hisoblashda ular
mehnatiga haq to’lashning Yagona Tarif Setkasi qo’llaniladi. YaTS O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o’rnatiladi. U 22 ta razryaddan va
har bir razryad uchun o’rnatilgan tegishli tarif koeffitsientlaridan iborat. Yagona
Tarif Setkasi qonunan o’rnatilgan eng kam ish haqi miqdoriga asoslanadi va
budjet tashkilotlari xodimlari lavozim okladlarini aniqlash uchun qo’llaniladi.
Ayrim tarmoqlar uchun esa mehnatga haq to’lashning tarmoq setkasi
qo’llaniladi. Masalan, oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari,
sog’liqni saqlash davlat tashkilotlari uchun ular xodimlari mehnatining
xususiyatidan kelib chiqqan holda haq to’lashning tarmoq setkalari ishlab
chiqilgan.
Kod 01200 “Ish haqiga ustamalar” (Ish beruvchilarning ajratmalari):
Bu kodda mehnat haqi fondiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan yagona
ijtimoiy to’lov summasi aks ettiriladi. Xarajatlar 01100 kod bo’yicha
ko’rsatilgan summaga nisbatan o’rnatilgan foizlarda hisoblanadi. 2013 yil uchun
yagona ijtimoiy to’lov miqdori mehnat haqi fondiga nisbatan 25 foiz qilib
belgilangan.
IY guruh «Boshqa xarajatlar» tarkibiga quyidagi xarajat turlari va ularga
mos xarajat kodlari kiradi:
-
«Xizmat safar xarajatlari»
-
«Kommunal xizmatlarni to’lash xarajatlari»
-
«Telefon, telekommunikatsion va axborot xizmatlari xarajatlari»
-
«Joriy ta’mirlash xarajatlari»
-
«Saqlash, ekspluatatsion xarajatlar va boshqa xizmatlarni to’lash
xarajatlari»
-
«Texnika, uskunalar, joriy maqsadlardagi boshqa buyumlarni va oziq-
ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari»
159
-
« Boshqa joriy xarajatlar»
-
«Asosiy kapital aktivlarni sotib olish»
-
«Noishlab chiqarish sohasidagi kapital ta’mirlash xarajatlari».
IV guruh moddalari bo’yicha xarajatlarni rejalashtirish va hisob-kitob
qilishning o’ziga hos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-
amaldagi narhlar va tariflar asosida hisoblab chiqariladi;
-
natural shaklda ajratilgan limitlar asosida aniqlanadi;
-
hisoblagichlarning ko’rsatkichlari bo’yicha o’tgan yildagi haqiqiy
xarajatlar inobatga olinadi;
-
har bir birlik uchun o’rnatilgan xarajat me’yorlariga rioya etiladi;
-
energo-yoqilg’i va boshqa resurslarni iqtisod qilish rejimiga rioya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |