Minerallarning qattiqligi
3-jadval
№
|
Mineral
|
Mineral formulasi
|
Mineral qattiqligi
|
1
|
AZURIT
|
2CuCO3·Cu(OH)2
|
3.5-4
|
2
|
ANTIMONIT
|
Sb2S3
|
2-2.5
|
3
|
ARSENOPIRIT
|
FeAsS
|
5.5-6
|
4
|
Auripigment
|
As2S3
|
1.5-2
|
5
|
BORNIT
|
Cu5FeS4
|
3
|
6
|
VISMUTIN
|
Bi2S3
|
2
|
7
|
VOLFRAMIT
|
(Fe,Mn)WO4
|
5-5.5
|
8
|
GALENIT
|
PbS
|
2.5
|
9
|
GEMATIT
|
Fe2O3
|
6
|
10
|
GETIT
|
FeO(OH)
|
5-5.5
|
11
|
GRAFIT
|
C
|
1-2
|
12
|
ILMENIT
|
FeO·TiO2 yoki FeTiO3
|
5-6
|
13
|
KASSITERIT
|
SnO2
|
6-7
|
14
|
KINOVAR
|
HgS
|
2-2.5
|
15
|
KOBALTIN
|
CoAsS
|
5.5
|
16
|
KOVELLIN
|
CuS
|
1.5-2
|
17
|
KUPRIT
|
Cu2O
|
3.5-4
|
18
|
MAGNETIT
|
Fe3O4
|
5-6.5
|
19
|
PIRIT
|
FeS2
|
6-6.5
|
20
|
SFALERIT
|
(Zn, Fe)S
|
3.5-6
|
21
|
XALKOPIRIT
|
CuFeS2
|
3.5-4
|
Galenit shliflarda uchburchak botiqliklari bilan oson ajraladi. Kub bo‘yicha mukammal ulanish tekisligi tufayli shlif yuzasidan sinib ajraladigan bo‘lakchalarning o‘rni uchburchak shaklidagi chuqurchalar ko‘rinishini hosil qiladi.
Arsenopirit qattiqligi bo‘yicha piritga teng, ammo a’lo darajada silliqlanadi, pirit esa dag‘alroq va chiziqli yuzaga ega.
Qattiqlik yanada aniqroq qilib uskunalar – mikrotverdometrlar yordamida aniqlanadi. Ularning asosini yoxud tirnash usuli (Talmeyj mikrosklerometri), yoxud mikroezish usuli (mikrotverdometr PMT-3) tashkil etadi. Mikrosklerometr tuzilishi – olmos tig‘ bilan ma’lum kuch orqali minerallarni tirnashga asoslangan. Qattiqlik darajasi berilgan kuch kattaligi bilan o‘lchanadi. Hamma minerallar yetti guruhga bo‘linadi: A, V – qattiqligi past; S, D, E – qattiqligi o‘rtacha; F, G – qattiqligi yuqori. Minerallarning Talmeyj bo‘yicha qattiqligi ko‘pgina mineralogik spravochniklarda berilgan.
Mikroqattiqlik – olmos piramidachalarini ma’lum kuch bilan (200g.gacha) mineral yuzasiga ezib kiritish usuli keng ommalashgan. Xalqaro amaliyotda kvadrat asosli va cho‘qqisidagi burchak 136o (qarama-qarshi tomonlar orasidagi) bo‘lgan to‘rt tomonli olmos piramida qo‘llanadi. Mikroqattiqlikni o‘lchash olmos piramida izining diagonalini (d) o‘lchash yo‘li bilan bajariladi. Diagonal orqali piramida izining yuzasi aniqlanadi. Qattiqlik ta’sir etilgan yuk og‘irligi(R)ning hosil bo‘lgan iz yuzasi(d2sos68°/2)ga nisbati ko‘rinishida hisoblanadi. Piramida izining yuzasi diagonal uzunligi orqali d2sos68°/2 ifodalanadi. Shunday qilib, mikroqattiqlik Vikkers bo‘yicha (N) quyidagicha hisoblanadi:
N = 2Sin68°xR/d2=1,8544xR/d2kg/mkm2, yoki 1854,4xR/d2 kgs/mm2
Minerallar, qattiq kristall jism sifatida qattiqlik anizotropiyasiga ega bo‘ladi (qattiqlik kristallarda kristallografik yo‘nalishlarga bog‘liq holda o‘zgaradi).
Past singoniyadagi minerallarda kuchli anizotropiya bo‘ladi. Kubik singoniyadagi minerallarda esa u deyarli uchramaydi. Qattiqlik anizotropiyasi ikki xilga ajraladi: 1-xil (polyar) – kristallning bir tekisligi atrofida turli kristallografik yo‘nalishda xar-xil qattiqlik; 2-xil (retikulyar) – kristallda turli tomon yoki tomonlar guruhining har-xil qattiqligi, hamda kristallografik o‘qlarga parallel yoki perpendikulyar kesimlar bo‘ylab.
1-xil anizotropiyasi siqilgan tasvir (romb) shaklida namoyon bo‘ladi, mikroqattiqlik bu hollarda ikki diagonal (mikroqattiqlikning 2 hisobi) bo‘yicha hisoblanadi. 2-xil anizotropiya turli tomonlar uchun yoki kristall qirqimi uchun har xil qiymatli qattiqlikda namoyon bo‘ladi. Qattiqlik anizotropiya darajasini son jihatidan baholashda anizotropiya koeffitsientidan foydalaniladi:
Kh=Nmax/Nmin
Do'stlaringiz bilan baham: |