O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi


T.O‘zalning “Oq inqilobi”. XX asrning so‘ngi 10 yilligida Turkiya



Download 2,62 Mb.
bet70/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

T.O‘zalning “Oq inqilobi”. XX asrning so‘ngi 10 yilligida Turkiya

1980-yil 12-sentyabrda Oliy harbiy qo‘mondonlik hukumatni o‘z qo‘liga oldi. Generallar tomonidan Harbiy Bosh shtab boshlig‘i K.Evren rahbarligida Milliy Xavfsizlik Kengashi tashkil qilindi, parlament tarqatib yuborildi, Sulaymon Demirel esa hokimiyatdan chetlatildi, siyosiy partiyalar faoliyati ham taqiqlandi. Islom Milliy qutqarish partiyasi va Millatchi harakat partiyasiga qarshi prokurorlar tergov jarayonlarini boshlashdi. So‘l partiyalar ham qattiq ta’qib ostiga olindi. 1971-yilda bo‘lganidek, Turkiya ishchilar partiyasini tuzish taqiqlandi. Milliy Xavfsizlik Kengashi namoyishlarni taqiqladi va davlatda ta’sir doirasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi kasaba uyushmasining DISK konfederatsiyasini taqiqladi. Ijtimoiy hayot va kasaba uyushmasining siyosatga aralashmasligi tarafdori bo‘lgan yagona uyushma “Turk-Ish” bo‘ldi. Sharqiy tumanlarda kurdlarga qarshi ikki tarafdan ham minglab harbiylar ishtirok etgan harakatlar amalga oshirildi. 1981-yilning oktyabrida barcha partiyalarni tarqatib yuborishga qaror qilindi. Bu jarayon MXKga yangi guruhlar va ular asosida yangi partiyalar tashkil qilishga aralashish imkonini berdi.

Harbiy tartib boshqaruvchisi Kenan Evrenning kongressdagi nutqida juda ko‘p e’tibor Kamolizm prinsiplariga, Otaturkning fikrlariga qaratildi.

Xususiy tashabbuskorliklar tarafdori bo‘lgan professor Usmon Okyar o‘zining katta ma’ruzasida shuni eslatib o‘tadiki, kamolistlar etatizmga jamoaviy va iqtisodiy haqiqatlarni hisobga olgan holda yondashishdi. Rivojlanayotgan davlatlarning davlat sektorlarida 2 ta qarash bor. Davlat sektori xususiy sektordan farqli o‘laroq milliy qarashlar bo‘yicha harakat qiladi. Bundan ko‘rinib turbdiki, davlat sektori tengi yo‘q va buyukdir. Davlat sektorining boshqa yo‘nalishi esa qoloq iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan. “Davlat – bu maqsad emas, u bir vosita, uning boqiyligi va tengsizligi haqida gap bo‘lishi mumkin emas”.

1982-yilning noyabr oyida Turkiyaning yangi konstitutsiyasi referendum yo‘li bilan qabul qilindi. Unda Turk davlatining respublikaviy, demokratik, huquqiy mavqelari tasdiqlandi. Shu bilan bir qatorda shaxs erkinligi, asosiy haq-huquqlar, xususiy tadbirkorlik erkinligi, mol-mulkka egalik huquqlari ham tasdiqlandi. Shu bilan bir qatorda agar kerak bo‘lganda, shaxsiy mulklarni sotib olish yo‘li bilan qaytarib olish huquqi saqlanib qoldi. Unda xalqaro kapitallashtirishning sanoat va savdo-sotiq aloqalarida katta hajmdagi kapitallar asosiy o‘rin tutmasligi ta’kidlandi. Yaqin kelajakdagi rivojlanish harakatlari keyingi besh yillikda o‘z o‘rnini topdi.

1980-yilgi qonunlarda xalqaro birlashish, davlat korxonalari, davlat-xususiy yoki xususiy-davlat mulklaridagi aksiyalarning davlat hissasi xususiylashtirilib, savdo kodeksiga birlashtirilishi davlat tarixida birinchi bor rasmiy ravishda amalga oshirildi. Bu paytda hukumatning katta qadami – T.Ozalning 1986-yilgi Turkiyada xususiylashtirish kodeksi haqidagi 3291 sonli qarorining kiritilganligi bo‘ldi. Qonunning 5-bandiga binoan, davlat korxonalari yoki muasassalari o‘z faoliyatlarini erkin olib borish, shaxsiy mulkka ega bo‘lish hamda yakka yoki uyushgan tartibda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

1980-yilning ikkinchi yarmi 1990-yil boshlaridagi ko‘rsatmalarga ko‘ra to‘la bo‘lmagan va qisqacha iqtisodiy sohadagi o‘tkazmalar haqiqatda islohot o‘tkazish borasidagi harakatlar Turgut O’zal aytganidek bo‘lganini ko‘rsatadi. 1930-yillarda amaldagi qonunlardan davlatning valyuta ustidan bosimi, import tartibotini erkinlashtirish, chet el kapitali faoliyati, importni kengaytirish va davlatning iqtisod- narxlariga ta’sirini sezilarli darajada cheklash edi.

T.O’zalning mo‘ljali xususiy sektorlar daromad ololmayotgan hududlarda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini cheklash edi. O‘sha paytda gap sanoat himoyasi, kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sanoatning umumiy tuzilishi kabi qator sohalar haqida borardi. Xususiylashtiriladigan barcha sohalar mahalliy aholi va immigrantlar uchun xususiy kapitallarni ochishni qonuniylashtirdi.

Xususiylashtirishda birinchi qadamlarning omadli bo‘lishi uchun Istanbul fond birjasida hukumat aksiyalarini o‘ta daromadli kompaniyalar Netash va Teletash kabilar sotishni yo‘lga qo‘ydi. Millatchi harakat partiyasi rahbari A.Turkesh to’ntarishdan keyin, ikki kundan so‘ng qo‘lga olindi va yuzlab partiya a’zolari bilan birga qamoqqa solindi. 587 ayblanuvchi orasida 16 ta rahbar ham javobgarlikka tortildi, tergov 6 oy davom etdi.

1980-yilgi harbiy to‘ntarishda qamoqqa olinganlar orasida diniy harakat rahnamosi N.Erboqon ham bor edi. U 8 oydan so‘ng qamoqdan ozod etiladi va 1987-yildan boshlab yana siyosatga qaytadi.

Bu davr matbuotida ko‘pincha Fathulloh Gulen ismiga juda ko’p duch kelina boshlandi. U diniy jamoa rahnamosi, nursizm oqimi vakili edi. Faik Bulut bir kitobida (“Qo‘shin va Islom”) 1970-yil konstitutsiyaga qarshi harakatlarda nurchilar tariqatining keyingi vorisi Said Nursiy, Fatxulloh hoji nursizm oqimining faol vakili ekanligini aytib o’tgan edi. 1980-yil 13-sentyabrda harbiylar F.Gulenni qamashga harakat qilishadi, lekin u yashirinishga muvaffaq bo‘ladi. 1986-yilda Xavfsizlik hizmati Gulenni yana bir bor qo‘lga oladi, ammo tezda qo‘yib yuboradi. bunga sabab T.O’zalning aralashuvi edi, chunki aynan O’zal davrida “Gyulenning yulduzi porlay boshlaydi” uning maqsadi biznesga katta sarmoya kirgizish, maorifga homiylik qilish edi.

1980-yil 24-yanvardan harbiylar qattiq tartib o‘rnatib, iqtisodiy muvozanat dasturini o‘rnatishdi. Iqtisodiy o‘sish harakatini yangilash yo‘lida ko‘pgina eski prinsiplaridan voz kechish, xususan, davlatning iqtisodga aralashuvini cheklash yo‘lida mamlakat elitasining ko‘pi norozi bo‘ldi. Shu bilan birga muayyan liberalizm faollari ham “davlat vatanparvarligiga umuman qarshi chiqib bo‘lmaydi” bu “tijoratchilar uchun oxiri yomon oqibatlarga olib kelishi mumkun”, degan fikrni ilgari surishdi.

1981-yilda Izmirda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi iqtisodiy yig‘ilishda harbiy tartib-intizom bilan “aralash iqtisodga” o‘tish yo‘llari (birinchi prezident Otaturk fikrlari (qarashlari) bilan bir xil edi) ko‘rib chiqildi. Turgut Ozal etatizm siyosati Turkiya uchun o‘tib bo‘lgan ish va u “mamlakat iqtisodining o‘sishi uchun asos emasligini ta’kidladi.

1980-yillar oxirida Turkiya ichki siyosatining bosh vazifasi – 1987-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so’ng demokratik siyosiy hayot, fuqarolik boshqaruvini kuchaytirish edi.

Muxolif harakatlar sezilarli darajada o’sdi, mamlakatda faol guruhlar yuzaga keldi.

T.Ozal mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy hayotni yo’lga qo’ydi. Oliy ta’lim, maktab o‘quvchilari va internetda ta’lim oluvchilarga katta mablag‘, stipendiyalar ajratildi.

Turkiyaga asosiy iqtisodiy yordam G‘arbiy Germaniya tomonidan berildi. Bu yordam 1986-yilda taxminan 1450 mln.ni tashkil etdi. Germaniya Turkiyaga dengiz bandargohini yangilash, suvosti kemalarini qurishda katta yordam berdi.

O’sha davrda (1986) Germaniyada 1,5 mln. turk yashar edi.

1987-yili Turkiya YeIga qabul qilishlarini so‘rab murojaat qildi, ammo g‘arb mutaxassislari Turkiyaning iqtisodiy tizimi YeIga qo‘shilish uchun tayyor emas deb topdi. Shuningdek, Yevropa Turkiyadan demokratiyaga oid muammolar va mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog’liq muammolarning hal qilinishini talab etdi.

80-yillarda Turkiya tashqi siyosatining muhim masalalaridan biri qo‘shni Gretsiya bilan aloqalar edi. Bundan bosh maqsad 1983-yil 15-noyabrda Shimoliy Kipr Respublikasini tashkil qilish edi.

Turkiyaning Eron va Iroq davlatlari bilan hamkorligining bosh maqsadi – kurdlar harakatini bartaraf etishdan iborat edi. Turkiya 1984-yil Eron va Iroq davlatlariga harbiy lashkarini shu davlatlar chegarasidan olib o‘tib, kurdlarni bartaraf etish taklifini bildirdi. Eron bunga rozilik bildirmadi, ammo Iroq bilan chegaradagi hududda shu kabi ishlar (operatsiyalar) o‘tkazildi.

Sovet davlati va Turkiyaning munosabatlari o‘n yil mobaynida Turkiyaning bosh vaziri B.Ejevit tomonidan o‘rnatiladi. Iqtisodiy va texnikaviy munosabatlar rivojlantirildi, savdo-sotiq, madaniy aloqalar yaxshilandi. Ko’p o’tmay SSSR harbiy kuchlari kiritilgani sababli SSSR va Turkiya munosabatlarida muammolar paydo bo‘ldi, shunga qaramay, iqtisodiy munosabatlar davom etdi.

1986-yilda SSSR va Turkiya munosabatlari yangi bosqichga ko’tarildi. Buning uchun T.O‘zal Sovet Ittifoqiga tashrif buyurdi. Turkiyaning bosh vaziri bilan o‘tkazilgan uchrashuv jarayonida davlatlararo munosabatlar ko‘rib chiqilib, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiq, iqtisodiy va madaniy munosabatlarni yaxshilash, qo‘shnichilik aloqalarini yanada mustahkamlash, davlatlararo tushunmovchiliklarga chek qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish