1-rasm. “Budjet tizimi” fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Budjet tizimi murakkab mexanizm bo’lib, muayyan mamlakatning o’ziga xos
xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa xususiyatlari asosida va
ta’sirida shakllanadi.
Ko’pchilik
hollarda, soddaroq tarzda, Budjet tizimi deyilganda,
mamlakatdagi mavjud budjetlar to’plami (majmui) tushuniladi. Soddaroq qilib
aytganda, Budjet tizimi bu iqtisodiy munosabatlarga, davlat tuzilishiga va qonun
normalariga asoslangan davlat, ma’muriy-hududiy tuzilishlarning, budjet
munosabatlarida mustaqil bo’lgan budjet tashkilotlari muassasalari va maqsadli
davlat fondlarining majmuidir.
Budjet tizimi mamlakatdagi turli darajadagi budjetlarni o’zida ifoda etadi.
Boshqacha ma’noda, Budjet tizimi budjetning o’zaro bog’liqlikda bo’lgan
bo’g’inlarining o’zaro yig’indisidan iboratdir. Mamlakatning budjet tizimi
jamiyatning siyosiy tuzilishiga, davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-
hududiy bo’linishiga bevosita bog’liq.
Davlatning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi o’rtasida sodir bo’ladigan
moliyaviy munosabatlari budjet munosabatlari deyiladi. Bu munosabatlarning
moliyaviy munosabatlar tizimining bir qismi sifatidagi o’ziga xos xususiyati
shundaki, birinchidan,bu munosabatlar ko’p qirrali taqsimlash jarayonida sodir
bo’ladi va bu jarayonning ishtirokchisi bo’lib davlat (tegishli hokimiyat organlari
“Moliyaviy nazorat” fani
Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli jamg'armalari
budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg'armalari,
budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish printsiplari, ular o'rtasida
budjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o'zaro munosabatlar
yig'indisini o'zida ifodalaydi. “Budjet kodeksi”, 6-modda.
11
timsolida) qatnashadi. Ikkinchidan, bu munosabatlar umumdavlat ehtiyojlarini
qondirishga mo’ljallangan markazlashgan pul mablag’lari fondining shakllanishi
va ishlatilishi bilan bog’liq.
Budjet munosabatlari juda xilma-xildir, chunki ular ko’p pog’onali va
kengqamrovli taqsimlash jarayonining turli yo’nalishlarida (iqtisodiyot sektorlari,
ijtimoiy faoliyat sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida) sodir bo’ladi. Bu
munosabatlar ob’ektiv xarakterga ega, chunki har yili davlat ixtiyorida:
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun;
mamlakat fuqarolarining ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun;
mudofaa vazifalarini xal etish uchun;
davlat boshqaruvining umumiy xarajatlarini qoplash uchun zarur bo’lgan milliy
daromadning bir qismi to’planishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, davlatning o’z
funktsiyalarini bajarishi uchun ma’lum darajada moddiy va moliyaviy bazaning
zarurligi budjet munosabatlarining ob’yektiv zarur va mavjud bo’lishini taqozo
etadi. Budjet munosabatlari davlat ixtiyoridagi yirik markazlashgan pul fondi
ko’rinishida moddiy-buyum shaklini oladi.
Mamlakat moliyaviy resurslarining davlat ixtiyorida markazlashish darajasini
aks ettiruvchi davlat budjetining hajmi qator omillarga bog’liq:
iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasiga;
davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasiga;
korxona, tashkilot va muassasalardagi xo’jalik yuritish usullariga;
jamiyat tomonidan hal etilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning
xarakteriga,
iqtisodiyotda va ijtimoiy soha-tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tarkibiy
o’zgarishlarning ko’lamiga va boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: |