39
Prujinalarning o’ramlari bir-biriga teskari bo’lishiga e’tibor beriladi.Chunki pujinalardan
birortasi sinib qolsa,uning o’ramlari ikkinchisjning o’ramlari orasiga tushmasligi kerak.
Likopcha suxariklar yordamida klapanga biriktirilgan.
4.7-rasm. Klapanlarni zichlash.
1-rezina qolpoq; 2-klapanni yo’naltiruvchi vtulka; 3-
salnik; 4-klapan.
Moy qaytargich. Klapan o’zagi bilan yo’naltiruvchi
vtulka orasidagi tirqishdn silindrga moy o’tib
ketishining oldini olish maqsadida vtulkaga salnik
ko’rinishidagi rezina zichlagichlar o’rnatiladi (4.7-
rasm).
Tayanch shayba klapan prujinasi ostiga qo’yiladi, blok kallaginini purjina shikashtlashidan
saqlaydi.
Klapanni yo’naltiruvchi vtulka klapanni o’z o’qi bo’yicha siljishini va o’rindiqqa qiyshaymay
o’tirishini ta’minlaydi.U cho’yandan yoki kukun materiallardan tayyorlanadi.
Klapan o’rindig’i. Klapanlar o’rindig’i .issiqqa chidamli cho’yandan tayyorlanadi. Klapan
o’rindig’i blok kallagida o`yiladi yoki halqa o’rindiqlar prеsslanadi. Halqa o’rindiqlar blok
kallagini ta’mirlashni osonlashtiradi va xizmat muddatini oshiradi. Ba’zi dvigatellarning
klapan o’rindiqlarida silindrlarga kirayotgan havoga yo’nalish beruvchi shakllar qilingan.
Issiqlik tirqishi. Klapan yopiq holda bo`lganda, uning stеrjеni va koromo`slo orasida
A(0..15…0..35) tirqish bo`lishi kеrak. Bu rostlash vinti yordamida belgilangan tartibda
rostlanadi. Agar bu tirqish kattarsa klapanlar yaxshi ochilmaydi. taqqillay boshlaydi,
silindrlarni yonilg`i bilan to`ldirish va ishlatilgan gazlarni chiqarib yuborishi yomonlashadi.
Tirqish kichraysa klapanlar egarga zich o’tirmaydi, faskasi kuyadi. Har ikki holda ham
dvigatеl quvvati kamayadi, gaz taqsimlash fazasi buziladi.
Klapanni buravchi mexanizmi klapanlarning tez eyilishdan va kuyib ketishdan saqlaydi ZIL-
130 dvigatelining chiqaruvchi klapanlari ishlash
jarayonida majburiy buralib turadi (4.8-rasm.).
4.8-rasm.
Chiqaruvchi
klapanni
buruvchi
mexanizm.
a-chiqaruvch klapan; b-klapan yopiq; v-klapan
ochiq;g-buruvchi mexanizm detallari; 1-buruvch
mexanizm korpuci; 2-zoldirlar; 3-tayanch shayba;
4-qulfli halqa; 5-klapan prujinasi; 6-likpcha; 7-
suxariklar; 8-disksimon pujina; 9-qaytaruvchi
mexanizm;
10-yo’naltiruvchi
vtulka;
11-
metallcimon natriy.
Burovchi mexanizmning tuzilishi 4.8,a-rasmda tasvirlangan.Klapan yopiq turganda (4.8,b-
rasm) prujinalarining 5 bosimi uncha katta bo’lmaydi.Disksimon prujina 8 yuqoriga qarab
egilgani uchun tashqi qirralari bilan tayanch shaybaga,ichki qirralari bilan esa korpus 1ga
yag’rinib turadi.Klapan ochilayotgan payitda uning prujinalarini 5 bosimi ortadi,disksimon
prujina to’g’irlanib zoldirlar 2ustiga yotadi (4.8,v-rasm).Prujinalar 8 kuchi zoldrlarga 2
uzatiladi, natijada ular korpusning sektorli o’yiqchalarida dumalab (aylana bo’yicha) disksimon
prijina va tayanch shaybani buradi.Ular ham o’z navbatida klapan prujinasini va klapanni
ma’lum burchakka buradi.
Klapan yopilishi bilan,uning prujinalarin bosimi kamayib, disksimon prujina 8 yuqoriga
egiladi va yana korpus yag’riniga tayanadi.Natijada, bosimdan ozod bo’lgan zoldirlar
qaytaruvchi prujinalar 9 ta’sirida o’z holatiga qaytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: