Aksionerlik sug‘urta jamiyatlari tarkibida bir nechta bo‘limlar bo‘lgan: tashkiliy, nazorattaftish, yong‘inga qarshi kurash, statistika va arxiv, ta’minot hamda markaziy buxgalteriya. Rossiyaning 1864-1917-yillardagi birgalikda sug‘urtalash jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi ham qiziqish uyg‘otadi. Barcha birgalikda sug‘urtalash jamiyatlari ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan Nizomlar asosida faoliyat yuritganlar. Bunday nizomlarning xususiyati shundan iborat bo‘lganki, tashkiliy tuzulma va faoliyat masalalari bilan bir qatorda polis shartlari (sug‘urta shartnomasining asosiy moddalari) ham aks ettirilgan. Qayta sug‘urtalangan mulk uchun sug‘urtalanuvchilar oldida ular sug‘urta summasiga mos ravishda to‘liq javob berganlar. Birgalikda sug‘urtalash jamiyatlarining oliy organi uning a’zolarini (sug‘urtalanuvchilar) yilda bir marta chaqiriladigan umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Birgalikda sug‘urtalash jamiyatlari faoliyati joriy boshqaruvini kuzatuv qo‘mitasi va Boshqaruv xay’ati amalga oshirgan. Boshqaruv hay’ati Apparati odatda akvizitsiya, statistika, to‘lovlar, buxgalteriya va arxiv bo‘limlaridan tashkil topgan. Diqqatlaringiz - Diqqatlaringiz
- uchun
- raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |