O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Adabiyotshunoslik masalalari talqini



Download 127,91 Kb.
bet11/14
Sana13.07.2022
Hajmi127,91 Kb.
#790770
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Moxira diss.SO\'NGGI (2)

3.2. Adabiyotshunoslik masalalari talqini. Ma’naviy-madaniy merosni tahlil va tadqiq etish, hozirgi adabiy jarayon hodisalarini tanqidiy o‘rganish, o‘zlashtirish, estetik baholash adabiyot ilmining asosini tashkil qiladi. Mazkur ustuvor yo‘nalishlar qatorida, yana adabiyot nazariyasi, xalqaro adabiy aloqalar va adabiy ta’sir masalalari adabiy tanqidchilik uchun muhim bo‘lgan jihatlardir. Ma’lumki, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy tizimlarning o‘zgarishi, avvalo, dunyoqarashlarning o‘rin almashuvidir. Bu, shubhasiz, yangi tushunchalar, talqinlar, tasavvurlar silsilasini yuzaga keltiradi. Adabiyotshunoslikning ham adabiyot va san’at singari davr didini, millatning badiiy-estetik saviyasini, jamiyat ma’naviyatini kamol topdirishda betakror o‘rni bor. Ilm ahli o‘z zamonasidagi ana shu yuksak mas’uliyatni teran anglagan holda, adabiyotni, madaniy-tarixiy-diniy merosni umubashariy qadriyat sifatida o‘rganishi, baholashi davomida nazariy umumlashtirish madaniyati tobora takomillashib bormoqda.
Keng o‘quvchilar ommasi ilm ahlidan, avvalo, badiiy asar va yozuvchi fenomenini tushuntirib berishini kutadi. Shu ma’noda, ana shu bir-biri bilan uzviy bog’liq ikki hodisa millat tarixiy taraqqiyotining muayyan bosqichidagi madaniyatining, ma’naviy-intellektual darajasining bir belgisidir, degan tamoyil yetakchilik qilmoqda. Badiiy adabiyotning umumiy holati adabiyotshunoslik ilmining ham darajasini belgilab beradi. Tarix, falsafa, din, san’at, kino, teatr, musiqa, tasviriy va amaliy san’at ijodkor shaxsiga nechog’liq katta taʼsir ko‘rsatayotgan paytda, asarlarni ana shu omillar sintezi sifatida o‘rganish, o‘zlashtirish tamoyili kuchaydi.
Bobolarimizdan qolgan “Tanqid – kelajak mevasi” degan maqol zamiridagi ma’no mazmun benihoya kattadir. Qachonki, biz o‘zimizga nisbatan berilgan tanqidiy fikrni to‘g‘ri qabul qilsakgina, shunda o‘zimizni tarbiyalab baland pog‘onalarga ko‘tarilamiz. Erkin Vohidov bir maqolasining nomini – “Dunyoga tinchlik, adabiyotga esa jang kerak”–deb nomlagan edi. Bu tushuncha zamiridagi hayotiylikni, uning muqaddasligini anglashimiz zarur. Diqqat qilinsa, adabiyot bo‘stoni qizg‘in bahslar natijasida gullab-yashnaydi, mukammallashib, poetik yangiliklarni namoyon etib, yuksak saviyali ijodkorlar soni, mukammalik kasb etgan asarlar ko‘payib boradi.
Badiiy asarlarining qadr-qimmatini oshiruvchi vosita ham, bahs-munozaralardir. Bunday qizg‘in bahslarning ko‘payishi, avjiga chiqishi uchun adabiyot jonkuyarlari, ixlosmandlari va chin iste’dodlar ko‘paymog‘i, uning sabablarini to‘g‘ri his etmog‘i darkordir. Kamdan-kam ijod namunalari asrlar elagidan o‘tib insoniyatning ma’naviy xazinasiga qo‘shiladi. Lekin bu xazinani esa keyingi avlodlar boyitib, yuksaltirib borishi lozim. “San’at asarlarining qimmatini o‘lchovchi, bahosini beruvchi oliy hakam - zamon”.51
Darhaqiqat, zamon tarozisi ham doimo adolatli bo‘lavermaydi, chunki itimoiy tuzumda hukmron mafkuradan kelib chiqib, zamon zayliga monand asarlarga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Ammo haqiqiy qimmatga ega asarlar o‘zining qadrini qachondir baribir topishi, tabiiy. Badiiy mukammal asarlar asrlar osha yo‘qolib ketmaydi, faqat qaysidir davrda e’tibordan chetda qolishi, yoki tanqidga uchrashi mumkin. Butun asr davomida ozodlik hayqiriqlari goh yashirin, goh oshkora kuylanib kelgan, ammo bu asarlar u yoki bu darajada xalq qalbidan o‘rin olib keldi. Atoqli shoirimizning butun boshli ijodini she’rlari, dramalari, adabiy maqolalari, barchasi adabiyotimizning bebaho xazinasidan joy olgan va bu xazina necha avlodlarga ko‘makdosh bo‘lib kelayotganligini bugungi kunda baralla aytishimiz mumkin.
Shoirsiz yurt – bulbulsiz chaman, yulduzsiz osmon, mayoqsiz bandargoh bo‘lmagani kabi, yaxshi asarlar barcha davrlarda yaratilgan, yartilmoqda. Shoir qaysi zamonda, qaysi yurtda yashamasin, birinchi galda o‘z qalbining holatini ayon etadi, agar bu holat minglarning, millionlarning qalbiga hamohang bo‘lsa, shoir nidosi umumxalq, umumbashariy nidoga aylanadi. Shoir mavjud hamma zamonda qismat bo‘ladi. Chindan ham shoirlar inson ruhiyatiga bulbul kabi yoqimli satrlarni yaratadilar, osmonni yulduz nuri bilan bezaganidek, she’ri bilan ko‘ngillarni bezaydi, munavvar etadi.
Shu jihatdan, Erkin Vohidov ijodini kuzatsak, shoir she’rlarida keltirilgan, she’riy qolipga solingan satrlar el orasida ko‘p qo‘llanilib hikmatli so‘z va maqollarga aylanib ketgan, ularning ba’zilarini hatto xalq og‘zaki ijodi namunalari orasida ham uchratib qolamiz. Bu haqiqatning zamirida xalqchillik, xalqona ruh mavjudligini unutish mumkin emas.
Adabiyotimiz tarixida shunday ijodkorlar borki, ular yaratgan asarlar xalqimiz ruhiy olamiga sezilarli ta’sir qilib kelmoqda. Ular qoldirgan she’riyat bilan bir qatirda adabiy-tanqidiy qarashlari, adabiyotni, ijod jarayonini, uning murakkab holatlarini anglashga imkon berayotganligini ham alohida qayd etish lozim. Ana shunday ijodkorlardan biri Erkin Vohidov o‘zining she’riyatidan tashqari, adabiy-tanqidiy qarashlarini ifodalab kelgan buyuk so‘z san’atkoridir.
Erkin Vodov ijodni ijodiy jarayonni, uning murakkab qirralarini mukammal tushungan, tahlil etuvchi, munosabat bildiruvchi shaxs sifatida ham buyuk salohiyatga ega ijodkorlardan biri bo‘lgan. Shuning uchun ham adabiyotshunos Ibrohim G‘afurov shoir ijodi haqida so‘z yuritganda shunday yozadi: ”Ijod cho‘qqilari mavhum tushuncha emas. Ijod cho‘qqilari davrni tarbiyalagan, davr ramzlarini ta’sirchan badiiy so‘z bilan moddiylashtirgan asarlar – ularning nomlari bilan belgilanadi va tarixda qoladi. Erkin Vohidovning ”Nido”si, ”Yoshlik devoni”, ”O’zbegim”, ”Inson” qasidalari... – bular uch avlod o‘quvchilariga yod bo‘lib ketgan va bular ijodning sharafli cho‘qqilari”.52
Shoir yaratgan har bir lirik asar o‘z davrining mukammal asari sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Uning zamirida uzoq vaqtlik mashaqqatli ijodiy mehnatning mahsuli ekanligini unitish mumkin emas. She’rda hayajon bor, shavq bor, lekin she’riy madaniyat ham uzviy birlikda bo‘lishi lozim. Shoir she’rni bir gap bilan boshlab, tamoman boshqa gap bilan tugatadi, so‘zlarni o‘zi tushungan ma’noda o‘ziga maqbul bo‘lgan tartibda, o‘zi tasavvur qilgan uyg‘unlik qoidasi asosida ishlatadiki, bu esa ijodkorning individual uslubidan dalolat beradi.
Shu borada so‘z yuritgan Erkin Vohidov bir o‘rinda shunday mulohaza yuritadi. Ergash Yondosh sevgilisiga bo‘lgan muhabbatini shunday orzu bilan ifoda qiladi: ”Ikkimiz ikki satr she’r bo‘lib qolsak deyman, Yosh yalang e’zozlasa, bayt suyib ismimizni. Shoirlik boshqalar tasavvur qilmaganini tasavvur qilish, boshqalar o‘ylamaganini o‘ylash demak. Yor bilan birga bo‘lishni orzu qilgan, kuylagan odamlar ko‘p, lekin hech kimning xayoliga “Ikkimiz ikki satr she’r bo‘lib qolsak” degan fikr kelmagan. Buni Ergash aytibdi.. Bu – shoirlik”. Qismatni, taqdirni qarangki, ana shu ikki satr uchun muallifni shoir deb atayabdi.
Erkin Vohidov bu xalqni, millatni, uning dardlarini kuylar ekan, buning zamirida hayotiy haqiqatlar mujassamlashgan edi. Bizni erkalab bag‘riga bosgan ham, shoir qilib biyron til bergan ham jafokash, mehnatkash, bag‘ri keng, orzulariday ulug‘ xalqimiz. Shoir bo‘lishdan oldin shu xalqqa munosib farzand bo‘laylik, sadoqatli, fidoiy bo‘laylik. Agar shoir bo‘lsak, uning yuziga qaraganda uyalmaydigan shoir bo‘laylik. Xalqimiz jasoratli, matonatli, zukko xalq, Navoiyxon, Bedilxon xalq. U oltin bilan misning, olmos bilan shishaning farqini biladi. Ana shu halol, qo‘li qadoq, aqli teran xalqimiz oldida halol bo‘laylik. Zar botmonlab emas, misqollab o‘lchanishini unutmaylik, - deb bu xalqni ulug‘ligini kuylagan edi. Qirq yoshida shoir yelkasiga bir yuk tushar ekan. Bu avvalo, adabiyotga o‘z o‘rnining, o‘z uslubining topdingmi, degan savol yuki. So‘ng, ha deb bir xil ohang, bir xil maqomda yozaverib odamlarning medasiga tegmadingmi, degan savol yuki. Shoir ham qanday kuchli, o‘z-o‘zini takrorlab qo‘yishi mumkin, - deya, e’tirof etgan. Bularning asosida ilhom, talant, mahorat mujassamlashgan.
“She’ring ham farzanding. Biri tufayli rahmat eshitasan, biri tufayli nadomat. Har ikki holda ham shoirga bardosh kerak bo‘ladi – maqtalganda ham, niqtalganda ham. Bir donishmand: “Boylik, martabang juda oshib ketsa ham, omading ketib, gado bo‘lib qolsang ham qabristonga bor. Birinchi holda hovurdan tushib, oqibat keladigan joyim shu, deb o‘zingni bosib olsang, ikkinchi holda tiriklik qatorida bo‘lganingga shukur qilasan, taskin topasan” degan ekan. Ijodiy mehnatning ham ko‘tarilishi va tushishlari ko‘p bo‘ladi. Shoir odam chog‘ida ham, tushkunlik chog‘i ham muvozanatni yo‘qotmasligi uchun qabristonga, kitoblar qabristoni bo‘lgan chiqindi qog‘ozlar omboriga borib turishi kerak. Har ikki holda ham o‘ziga-o‘zi hisob berib qaytadi. Shoir uchun el nazaridan qolish – oliy jazo ekanligini alohida qayd etishgan. Adabiyot ma’lum bir mafkuraga emas, insoniyatga xizmat qilishi, uning orzulari, umidlari, quvonchu istiroblarini badiiy talqin etishi lozim. Shundagina haqiqy adabiyot maydonga kelgan bo‘ladi. Uning tasvirlari inson qalbini larzaga silishi bilan bir qatorda, o‘zligini anglash imkonini ham yaratishi zarur.
Ma’lumki, adabiyotimizning tasvirlash imkoniyati juda katta. Unda jamiyat hayotida birlashish yasagan katta voqealardan tortib, o‘sha jamiyat a’zolarining turmush tarzi, urf-odati, axloq normalarigacha aks etadi. Abdulla Oripovning bir qator she’rlari borki, ularda ba’zan oddiy, ko‘z ilg‘amas, bir qarashda uncha muhim bo‘lib ko‘rinavermaydigan turli masalalar ilgari suriladi va badiiy-estetik tafakkur mahsuli bo‘lgan tushunchalar asosida o‘z mulohazalarini qayd qilib o‘tadi. Yozuvchi ijodi haqida so‘z yuritgan adabiyotshunoslar uning iste’dodli shoir sifatidagi faoliyatini va ijod va ijodiy jarayon haqidagi qarashlarini yuksak badiiy asar sifatida baholashgan. “Shoirni o‘stirib voyaga yetkazadigan qulay ijodxonalar yo‘q. U hayotning har xil sharoitida issiq-sovug‘i, baland-pasti, o‘nqir-cho‘nqiri, qing‘ir-qiyshiq joylaridan o‘ziga yo‘l topib o‘tadi va asta-sekin ijodkor sifatida shakllanadi. Shu manoda har bir haqiqiy shoirning tug‘ilib voyaga yetishi bamisoli Abdulla ta’riflagan o‘z yo‘lini o‘zi ochishi kerak bo‘lgan buloq”53, - deb yozadi.
Iste’dodli shoir Abdulla Oripov “Ehtiyoj farzandi” asarida shunday yozadi: “Mening birinchi taassurotim shundan iboratki, bugungi adabiyotimiz ko‘rki va salmog’i – xalqimizning tarix sahnasida tutib turgan ijtimoiy-siyosiy mavqeiga yarasha. Balki, yonbi iste’dodlar buyuk badiiy saviyalarini kelajakda namoyish etadilar. Hozircha, men adabiyotimizdagi yuksak ijtimoiy-siyosiy ravnaqni e’tirof etaman. Bu esa katta bir xalq adabiyoti uchun hazilakam yutuq emasligini qayd qilib o‘tgan.
Biz bu o‘rinlarda iste’dodli shoir Abdulla Oripovning qarashlarini keltirishimizning asosida davr ijodkorlarining o‘z qarashlari, mulohazalari, adabiyotni, badiiyatni mukammal tushunish imkoni borligini qayd etmoqchimiz, xolos. Erkin Vohidov ham o‘z zamonasining buyuk san’atkori, uning adabiy-tanqidiy maqolalarida ilgari surilgan tushunchalar shoir qalbining beoromligini, uning tafakkuri dunyo adabiyotini ham juda teran tahlil qila olish imkoniga ega ekanligini qayd etmoqchimiz.
Iste’dodli ijodkor adabiyot va san’atning taraqqiyoti uchun katta mehnat qilgan bo‘lsada, biror o‘rinda ijod va ijodiy jarayonga noxolis yondoshmaydi. Shoirlik bu qismat ekaniga alohida urg’u beradi. Ijokor badiiy mahorat haqida so‘z yuritar ekan, hayot bilan yashayotgan jamiyat bilan bog’liqligini alohida qayd qilib o‘tgan. Shuning uchun jamiyatimizdagi o‘zgarishlar badiiy adabiyotga ham o‘zini sezilarli ta’sirini o‘tkaza oldi. She’riyat kishi qalbiga eng avvalo, ruhiy tashnalik, cheksiz ehtiyoj, ajib bir sehr tariqasida kirib keladi. She’r inson ruhining bir muncha g’ayritabiiy, ayricha holatidan tug’iladi. Armonga, go‘zal iztirobga qondirilishi nihoyatda zarur bo‘lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyoj chinakam shoirni umr bo‘yi taqib etadi.
Erkin Vohidov ijodi davomida she’riyatga bo‘lgan munosabatini va ijodiy jarayondagi murakkab va oniy holatlarni tahlil qilishga harakat qilgan. Ijodkor uchun avvalo, iste’dod, so‘ng esa mehnatsevarlik, izlanuvchalik kerak. Iste’dodsiz mehnat esa yo‘q narsalar. Iste’dodsiz ijod bo‘lmaydi. Ijod bu so‘zma-so‘z tarjima qilsangiz yo‘q joydan barpo qilish demakdir. Ijodkor uchun eng muhim fazilatlardan biri samimiyat deb bilaman. U bor joyda to‘qima gaplar, aldamchi kayfiyatlar bo‘lmaydi. Ijod keng bir maydon, har kim qo‘lidan kelganicha chin yurakdan ijod etadi. Bu tushunchalar zamirida haqiqiy mehnat katta talant tushunchalari o‘z ifodasini topgan.
Shuning uchun ijodkor qalbidagi iztiroblar she’riyatda o‘z ifodasini topishi bilan ijodiy jarayonnning iste’dod asosida yuzaga chiqishini alohida qayd etadi. Buning zamirida talant va ilhom, iste’dod va mehnat mavjudligiga alohida urg’u beriladi. Bularning barchasi ijodiy jarayonning mahsuli sifatida o‘z ifodasini topgan shuning uchun badiiyatdagi turli xil qarashlar ijodiy jarayonga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shu jihatdan shoir qismati va taqdiri adabiyot bilan chambarchas bog’liq bo‘lgan. Badiiy adabiyotning turli janrlarida ijod qilgan ijodkorlarning asarlari haqida so‘z yuritish juda katta mahoratni talab etadi. Ana shu nuqtai nazardan, Erkin Vohidov badiiy mahoratini adabiyotimizning katta darg’alari asosida tahlil qilishga va ularning ijodiy jarayoniga munosabatini ifodalashda o‘ziga xos bir o‘rin egallaydi. Shoirning davr adabiyoti haqidagi qarashlarida ham o‘ziga xos mahorat mavjud. Ijokorning fiklarida muayyan davr adabiyotini tahlil qilish, undan oziqlanish, adabiyotning sirli olami haqidagi qarashlar an’anasi kuzatiladi.
Shoirning barcha kitoblarining mazmun-mundarajasini inson qismati, zamon dardi, hayot tashvishlari tashkil etib, bu umumbashariy muammolar o‘ta teranlik qalb yolqini, isyonkorlik va intellektual mushohada bilan talqin etiladi, ularda bosh va mas’ul so‘zning qudratini ko‘rsatish jarayoni turadi.
Mustaqillik ijodkorlar uchun ham bor ovoz bilan aytish imkoni-huququni berdiki, shoirning yurak tug‘yonida yanada bir o‘zgacha ohang, yangicha, ehtirom, betinim portlash bilan ifodalanmoqda. Ijtimoiy hayotning o‘zgarishlari tufayli, adabiyot va adabiyot haqidagi ilmda ham yanada yangilanish vujudga keladi. Mumtoz adabiyotimiz, madaniy merosimizni o‘rganish va o‘rgatishga, xususan, tasavvuf, diniy-ma’rifiy xazinalarimizga e’tibor kuchaydi. Uning asarlari majoziyligi, ramziyligi, ruhiy-falsafiy tugalligi bilan qimmatli va badiiy mukammal ekanligi ma’lum bo‘lmoqda.
Jamiyat taraqqiyotida har bir avlod o‘zidan oldingi avloddan ma’lum tomonlari bilan ozmi-ko‘pmi farq qiladi. Ayni vaqtda keyingi avlod avvalgisining davomchilari bo‘lsa-da, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi kabi ijodkorlarning ma’naviy bulog‘idan oziqlangan ijodkorlar oz emas. Lekin insoniyat uchun eng muqaddas bo‘lgan Vatan, Erk, Haqiqat, Ezgulik, Go‘zallik tuyg‘usi hamisha tabarruk an’ana sifatida avloddan avlodga ko‘chaveradi.
Har bir davrda har bir avlod ana shu muqaddas an’analarga o‘z ruhi, so‘zlari, e’tiqodlari, fikrlari bilan sodiq qoladi. Shu ma’noda, aytish mumkinki, zamonaviylik ham tarixiy kategoriyadir. Shuning uchun Erkin Vohidov istiqlol adabiyoti va uning imkoniyatlarini juda ulug‘laganda ham haqli qarashlarni ilgari surgan edi. Bugungi kunimiz kelajak uchun tarix.
Sehrli so‘z san’ati bugungi kunlarimiz va davr nafasini o‘z bag‘riga muhrlab, ulardan boqiylikka daxldor mazmun topadi. Kelajak avlod poetik so‘zda mujassamlashtirilgan ijtimoiy-siyosiy voqelikdan, xalq hayoti va taqdiridan, dardu-tashvishi va sevinchlaridan voqif topadi. Avlodlar silsilasida o‘z hayoti, taqdiri va izlanishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘radi. Ijod jarayoni g‘oyat sirli va murakkab jarayon ekanligini yanada teranroq anglashga, his etishga Erkin Vohidovning qarashlari keng imkon ochadi. Shu boisdan ham asl ijod hamisha individual va betakror bo‘lib, siz-u bizga hamroh bo‘lib yashayveradi.
Zero, inson ongi-shuurini, inson qalbini zabt etish, anglash hamda tushuntirish uchun kechgan va kechayotgan kurash-badiiy tadqiqotchilik hech qachon tingan emas, to‘xtamaydi ham. Mabodo ana shu kurash so‘ngudek bo‘lsa, odam fikrlashdan, hissiy idrokdan to‘xtab qoladi. Bu esa jamiyatlarning ma’naviy intelektual hayotini hamisha yangilab turadi.
Adabiyot ham insonga o‘xshaydi, uni to‘la to‘kis anglash va tugal tushuntirish nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib kelmoqda. Insonning tafakkur miqyoslari bamisoli osmon, ko‘ngli esa xuddi ummonga qiyoslanishi ham bejiz emas. Ummonni quchoqlab bag‘ringa ololmaganing, osmonni ikki qulochinga sig‘dira bilmaganing kabi, odamni bilish ham, uning fe’l-atvori, tabiati mana bunday deya anglatish ham shunchalik murakkab jarayon ekanligini alohida qayd etishgan.
Bugungi she’riy madaniyat tabiatidagi yangilash xususiyatlariga oid kuzatishlarimiz inson-jamiyat-tabiat o‘rtasidagi rabitalarni bilishga qaratilgan mayllarni anglash his etish, adabiyotni tushunish bilan uzviy birlikda namoyon bo‘lmoqda. Inson ham jamiyat singari muttasil takomilashib, zamonga hamohang fikrlaydigan darajaga ko‘tarilib bormoqda.

Download 127,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish