O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


“Shoiru she’ru shuur “asarining adabiyotshunoslikda o‘rganilishi



Download 127,91 Kb.
bet7/14
Sana13.07.2022
Hajmi127,91 Kb.
#790770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Moxira diss.SO\'NGGI (2)

1.2.“Shoiru she’ru shuur “asarining adabiyotshunoslikda o‘rganilishi. Adabiyotshunoslik sohasi ham alohida bir fan darajasida rivoj topgan. U badiiy adabiyotni, uning mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy funksiyasi, ijod jarayoni qonuniyatlarini, ijodkorlarning faoliyatini o‘rganadigan yirik ko‘lamga ega fan hisoblanadi. U bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ba’zi bo‘lgan holda taraqqiy etib kelgan.
Adabiyotshunoslik ilmiga oid dastlabki teran qarashlar Farobiyning “She’r san’ati…” kitobida batafsil bayon qilingan. Unda she’riy asarning yaratilish tabiati, ijodkor shaxsi va mahorat muammolari, so‘z qadri to‘g‘risida fikr yuritiladi. Adabiy-estetik fikrlar taraqqiyotining uzoq davrlardan buyon rivojlanib kelayotganligini Farobiyning fikrlariga to‘xtalgan holda ko‘rib o‘tsak: “She’riy so‘zlarga kelsak, - deydi mutafakkir, - ular suhbat vaqtida tilga olingan narsani va yo holatni, afzallik yoki kamlikni yanada aniqroq, ravshanroq tasvirlash, kuchaytirish uchun qo‘llaniladi. Bu ham (she’riy tafakkur ham) go‘zallik va chirkinlik, yuksaklik va tubanlik(olchoqlik)ni yoki shu kabi (hayot hodisalarini) tasvirlashdir”.17
Darhaqiqat, badiiylik funksiyasiga ko‘ra she’riy asarlarning turfa xil taqlinlari oquvchi qalbini hayojonga solishi, unga zavq berishi, tabiiy hol edi. Shuning uchun eng qadimgi davrlardan boshlab hozirga qadar, she’riy asarlar ham ko‘ngil mulki sifatida e’tirof etilishi bejiz emas.
Adabiy estetik tamoyillarning xususiyatlarini badiiy talqin etgan ijodkor Erkin Vohidov bu haqida shunday yozadi: “Adabiyotshunoslik kitobxonning estetik didini shakillantirishga, uni nazariy jihatdan qurollantirishga, xizmat qilishi lozim. Adabiyotshunoslik adabiyot bilan hayot, yozuvchi bilan kitobxon o‘rtasidagi aloqa vositachi, ularni bir-biri bilan bog‘lovchi ko‘prikdir”.18
Ijodkor publitsistik maqolalari, esse, tezis va adabiy suhbatlari orqali, ko‘p sohalar bilimdoni ekanligi, mumtoz adabiyotini, xususan, Navoiy ijodiyotini chuqur o‘rganganligi, jahon adabiyotining bilimdon vakili ekanligi oydinlashadi. Shoir she’rlarida ilgari surayotgan g‘oyani o‘quvchiga majbur qilib tushuntirmaydi, satrlar zimmasiga og‘ir yuk ortmaydi. Iloji boricha oddiygina so‘zlar va lirik qahramonning xatti-harakati orqali yengilgina qilib o‘z kitobxoniga taqdim etadi.
“Maqolalar nomsiz shoirlarning satrlari, xalq iste’dodining masofa bilmas shu’lalari, zulm, adovat, haqsizlik ko‘ksiga asrlar osha kelib sanchiluvchi adolat o‘qlaridir. Maqolalar – hech bir podsho e’lon qilmagan farmon, hech bir davlat tomonidan bitilmagan konstitutsiyadir”.19 Publitsistika rivoji, albatta, maqolalar bilan, ularning rivoji bilan chambarchas bog‘liq. Maqolani taniqli yozuvchi, shoirlar ham, oddiy kitobxon ham yozishi mumkin, shu sabab yuqoridagi ijodkorning mulohazalarida “nomsiz shoirlarning satrlari” jumlasi keltirilgan, shoir yoki yozuvchi bo‘lib nom chiqarmagan, ammo biror bir voqelikni, xalq hayotining bir parchasini shu maqolalarda ifodalashga urinib maqolalarda aks ettiruvchi “xalq iste’dodining masofa bilmas shu’lalari” jamiyatimizda uzoq asrlar muqaddam bo‘lgan, hozir ham bor, bundan keyin ham bo‘ladi. Ular zulm, adovat, nohaqliklarga qarshi bosh ko‘taruvchi tanqidiy maqolalar bo‘lishi, jamiyat hayotini madh etuvchi maqtovnoma bo‘lishi ham mumkin.
Chindan o‘tkir nigoh bilan yozilgan maqolalarni ta’siri shunday kuchli bo‘ladiki, uni podshoh e’lon qilgan ba’zi farmon yoki qonundan kuchli ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. Bu maqolalarda yoritilgan mavzu, talab, yoki murojaat so‘zsiz amalga oshiriladi. Shu sabab, “hech bir podsho e’lon qilmagan farmon, hech bir davlat tomonidan bitilmagan konstitutsiya” kabi amaliyotga joriy qilinadi, ijrosi xalq tomonidan amalga oshiriladi.
Ijodkorning chin she’riyati, ijodi davomida ijodkor mas’uliyati, shoirlik mashaqqatini qanday vazifalari borligi, shoirning, yozuvchilarning burchlari nimadan ekanligi haqida, adabiyot, san’at, adabiyotshunoslik masalalari haqida xayollarini band etgan fikrlarni publitsistik maqolalar orqali matbuot nashrlarida e’lon qilib bordi. Ularni keyinchalik “Shoiru, she’ru shuur” asariga jamladi, shuningdek, to‘la asarlar to‘plamining VI jildida ham maqolalar, suhbatlar, sharhlar, xotiralar jamlangan bo‘lib, bu jild “Erk saodati” nomi ostida 2018- yilda nashr etilgan. Bu kitoblar orqali biz ijodkorning te’ran fikr – mulohazalari, adabiy- estetik va adabiy-tanqidiy qarashlari bilan o‘rtoqlashishimiz mumkin. Erkin Vohidov nafaqat buyuk shoir, yuksak saviyali adabiyotshunos ham ekanligini shu asarlari orqali ham bilib olishimiz mumkin.
“Shoiru, she’ru shuur” asarining to‘liq nomi “Shoiru, she’ru shuur: Adabiy o‘ylar” (ayrim manbalarda “Shoiru, she’ru shuur: Adabiy esselar”) deb nomlanadi. Bu asar ijodkorning nasriy asarlari jamlangan kitobi hisoblanadi. U 1987-yilda “Yosh gvardiya” nashriyotida Toshkentda chop etilgan. To‘plamning nomi 1961-yilda yozilgan quyidagi she’rning misralaridan olingan:
To tirikdirki tabiat,
To quyosh sochgayki nur,
Uch egiz bordir tushuncha,
Uch bu so‘z yondosh bo‘lur:

Mohiru mehru mahorat,


Olimu ilmu amal,
Oshiqu ishqu mashaqqat,
Shoiru she’ru shuur20.
Naqadar jimjimador satrlar, noyob topilmalarga boy ijod mahsuli, uncha muncha ijodkor ahli bunday topilmalarni yaratmog‘i qiyin. Misralarning har bir so‘zi, qofiyasidan o‘zgacha nazokat ufurib turibdi. Bu she’rning “To quyosh sochgayki nur” misrasi ham ijodkorga atab zamondosh ijodkorlar tomonidan yozilgan bir kitobga nom sifatida tanlangan. Bu she’rning oxirgi “Shoiru, she’ru shuur” misrasi biz so‘z yuritayotgan nasriy kitobiga nom sifatida tanlangan. Shu sababdan asarning boshida she’rning Erkin Vohidovning o‘zi tomonidan yozilgan qo‘lyozmasi keltirilgan. Bundan tashqari, to‘plam ijodkorning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlarning batafsil keltirilishi bilan boshlangan. To‘plam oltita bo‘limga ajratilgan bo‘lib, ularning nomlari quyidagilar:
1. “So‘z qadri”,
2. ”Qarzdorlik”,
3. “Talqinlar”,
4. “Ostonada turgan iste’dod”,
5. “ Bahs”,
6. “Yo‘llar va o‘ylar”.
“Shoiru, she’ru shuur” asari ko‘plab ijodkorlarning diqqat markazidagi adabiyotshunoslikka oid qimmatli manbalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Bu asar ustida, umuman Erkin Vohidovning adabiyotshunoslikka oid izlanishlari, ba’zi tadqiqot ishlari ham olib borilgan. “To quyosh sochgayki nur” va boshqa to‘plamlardagi ijodkorga atab yozilgan ilmiy maqolalarni kuzatadigan bo‘lsak, “Shoiru, she’ru shuur” asari adabiyotshunosligimizda batafsil o‘rganilayotganligining guvohi bo‘lamiz.
Yana 2021-yilda adabiyotshunos olim Hotam Umurov tomonidan taniqli shoirlarimiz Erkin Vohidov va Abdulla Oripovlarning adabiyotshunoslikdagi faoliyatlariga atalgan “Shoir qismati va she’r mehnati” (Shoir bo‘lishni xohlaysizmi? Unda ularning saboqlarini bilasizmi?) nomli adabiy-ilmiy monografiyasi SamDU nashriyoti tomonidan chop etildi. Shubhasiz bu izlanishlar asarning qimmatini yanada oshiradi.
Buyuk ijodkorlar ijodiga nazar solsak, adabiy-tanqidchilikka oid ma’lumotlarni talaygina uchratish mumkin. Erkin Vohidov o‘zining “Shoiru she’ru shuur” asarida adabiy-tanqidiy qarashlari, maqolalari, adabiy suhbatlar, o‘zbek mumtoz she’riyati talqinlari, boshqa ijodkorlar haqidagi mulohazalari hamda safar xotiralari jamlangan kitob bo‘lib, bu asar orqali ijodkorning turli mavzulardagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishimiz mumkin.
Ijod mashaqqati, mas’uliyati, so‘zlarni qanday qo‘llash kerakligi, so‘zning sehr kuchini namoyon eta olish qobiliyati, haqiqiy ijod namunasini soxtasidan ajrata olish, ilm, iste’dod, ilhom, she’r, shoirlik, ijodkor shaxsiyati kabi qator masalalarga o‘zining fikr-mulohazalari orqali munosabat bildirgan, bu tushunchalarning mohiyatini keng asoslab bergan. Ijodkor qoldirgan qimmatli saboqlar yosh ijodkorlarga qimmatli bilim manbai bo‘lib xizmat qilishiga shubhamiz yo‘q.
Ijodkorning tahliliy qarashlari zamirida insonni anglash jarayonida badiiy adabiyotning o‘ziga xos vazifalariga diqqat qiladi. Buning zamirida, adabiyotni tushunish, anglash, his etish muammosining qo‘yilishi ham bejiz emas.

Download 127,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish