O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga
kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-
iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha
boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi
PQ-3150-son qarorida:
a) 5-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon
etilsin:
“Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat
organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetak-
chi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, tadbirkorlik subyekt-
lari, shuningdek, xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi
diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro
tashkilotlar, chet el kompaniyalari hamda mutaxassislari bilan,
jumladan ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish va
hadli kelishuvlarni tuzish orqali o‘zaro hamkorlik qiladi”;
b) 2-ilovada:
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda
davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari
va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda davlat organlari va boshqa
tashkilotlar deb yuritiladi), nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi
loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, tadbirkorlik sub-
yektlari, shuningdek, xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respub-
likasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari,
xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari va mutaxassislari bilan,
jumladan ish yozishmalarini olib borish, tadbirlarni tashkil etish
va hadli kelishuvlarni tuzish orqali o‘zaro hamkorlik qiladi”;
10-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“xorijiy
davlatlarning
O‘zbekiston
Respublikasidagi
diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro
355
tashkilotlar, chet el kompaniyalari bilan ish yozishmalarini olib
borish, tadbirlarni tashkil etish va hadli kelishuvlarni tuzish”;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha yettinchi va
sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-
dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatining tashkiliy
masalalari to‘g‘risida”gi F-5137-son farmoyishi rus tilidagi
matnining 2-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi
tahrirda bayon etilsin:
“использоват
средства,
поступающие
в
виде
благотворительних пожертвований на счета в коммерческих
банках, на приобретение товарно-материалних тсенностей,
осущэствлэение рэемонтно-строительних работ, оплату
консултационних услуг и прочих расходов в соответствии
со специальним порядком, определяемим Агентством, в
рамках выполнения возложенних на него задач, в том числе
для собственних нужд;
заключат контракти на закупку товаров (работ, услуг) с
поставщиками товаров (работ, услуг) или их официальними
дилерами (дистрибютерами) на основе отбора наилучших
предложений, а также осуществление оплати авансових
платежей в размерах, определяемих в контрактах
(договорах)”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-
iyuldagi “Toshkent shahrida “Delta city” xalqaro yuqori
texnologiyali innovatsiya markazi” loyihasini amalga oshirish
bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3833-son
qarori rus tilidagi matnining 3-bandi “, za isklyucheniyem
obyektov GUP “Sentr radiosvyazi, radioveщaniya i televideniya” i
AK “Uzbektelekom” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y.,
07/18/3927/1824-son)
356
Do'stlaringiz bilan baham: |