IV. ELEKTRON TIJORATNING LOGISTIK
INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISh
15. Elektron tijorat
subyektlariga
xizmat
ko‘rsatadigan
yetkazib
berish
xizmatlarini
rag‘batlantirish
bo‘yicha
kompleks chora-
tadbirlarni ishlab
chiqish
va
tasdiqlash.
Kompleks
chora-
tadbirlar
2019-yil
1-
oktabrg
a qadar
Axborot va
kommunikatsiyalarni
rivojlantirish
vazirligi, Savdo-
sanoat palatasi,
Iqtisodiyot vazirligi,
DSQ, “O‘zavttrans”
agentligi
16. Elektron tijorat
orqali tovarlarni
yetkazib berishga
ichki
talabni
qanoatlantirish
bo‘yicha respub-
lika hududlarida
logistika markaz-
larini shakllanti-
rishni
hisobga
olgan
holda
davlat-xususiy
sherikchilik
mexanizmini
joriy etishni hi-
sobga olib logis-
tika
infratuzil-
masini yaratish.
Normativ-
huquqiy
hujjat
2020-yil
1-
aprelga
qadar
Axborot va
kommunikatsiyalarni
rivojlantirish
vazirligi,
Savdo-sanoat
palatasi,
“O‘zavtotrans”
agentligi,
“O‘zbekiston
pochtasi” AJ,
“O‘zbekiston havo
yo‘llari” MAK,
“O‘zbekiston temir
yo‘llari” AJ
17. Elektron tijorat
Chora-
2019-yil Axborot va kommu-
338
orqali tovarlarni
eksport
qilish
hajmini oshirish-
ga
qaratilgan,
O‘zbekistonda
logistika marka-
zini barpo etish
masalalarini yirik
trans milliy logis-
tika kompaniya-
lari (FedEx, UPS,
DHLva
boshqalar) bilan
ishlab chiqish.
tadbirlar
kompleksi
1-iyulga
qadar
nikatsiyalarni rivoj-
lantirish vazirligi,
Tashqi savdo
vazirligi,
Investitsiyalar
bo‘yicha davlat
qo‘mitasi,
“O‘zbekiston
pochtasi” AJ,
“O‘zbekiston havo
yo‘llari” MAK,
“O‘zbekiston temir
yo‘llari” AJ,
“O‘zavtotrans”
agentligi
V. ELEKTRON TIJORAT SOHASIDA KADRLAR
SALOHIYATINI ShAKLLANTIRISh VA RIVOJLANTIRISh
18. Toshkent
axborot
texnologiyalari
universiteti
hamda Toshkent
davlat iqtisodiyot
universitetida
elektron
tijorat
bo‘yicha
baka-
lavr va magistra-
tura ta’lim yo‘na-
lishlarini tashkil
etish.
Normativ-
huquqiy
hujjat
2019-yil
1-aprel-
ga qadar
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
Axborot va
kommunikatsiyalarni
rivojlantirish
vazirligi, Iqtisodiyot
vazirligi
19. Elektron
tijoratning barcha
ishtirokchilariga
mo‘ljallangan,
“Elektron
akademiya”
loyihasi doirasida
Chora-
tadbirlar
kompleksi
2018-yil
1-
oktabrg
a qadar
Axborot va
kommunikatsiyalarni
rivojlantirish
vazirligi, Savdo-
sanoat palatasi, Oliy
va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi
339
elektron
tijorat
bo‘yicha
ixtisoslashtirilgan
onlayn kurslarni
tashkil etish.
VI. AHOLI VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI ORASIDA
ELEKTRON TIJORATNI TARG‘IB QILISh VA
OMMALAShTIRISh
20. Har
yili
o‘tkaziladigan
ICTWEEK
Uzbekistan
axborot-kommu-
nikatsiya texno-
logiyalari hafta-
ligi
doirasida
elektron tijoratni
rivojlantirishga
bag‘ishlangan
chora-tadbirlarni
o‘tkazish.
Tashkiliy
chora-
tadbirlar
Har yili
Axborot va
kommunikatsiyalarni
rivojlantirish
vazirligi, Savdo-
sanoat
palatasi, Investitsiyal
ar va tashqi savdo
vazirligi
21. O‘zbekistonda
elektron tijoratni
rivojlantirish
bo‘yicha chora-
tadbirlarni yori-
tishga
doir
teleradiokanallar
da hamda bosma
OAVda maxsus
ko‘rsatuvlar
va
ruknlar
tashkil
etish, mahalliy va
xorijiy
elektron
savdo
maydonchalarida
tovar va xizmat-
Tashkiliy
chora-
tadbirlar
doimiy MTRK, O‘zbekiston
Matbuot va axborot
agentligi, Axborot va
kommunikatsiyalarni
rivojlantirish
vazirligi, Savdo-
sanoat palatasi,
Investitsiyalar
bo‘yicha davlat
qo‘mitasi
340
larni sotishga oid
tadbirkorlar
uchun tanishtiruv
materiallari e’lon
qilish.
22. O‘zbekiston
Savdo-sanoat
palatasining hu-
dudiy
bo‘lin-
malari huzuridagi
elektron
tijorat
bo‘yicha
bahs-
munozara
may-
donchalarini
yaratish
hisobi-
dan, unda semi-
narlar, ko‘rgaz-
malar va forum-
lar
o‘tkazishni
o‘z ichiga olgan
holda hududlarda
elektron tijoratni
kuchaytirish.
Kompleks
chora-
tadbirlar
2018-yil
1-iyulga
qadar
Savdo-sanoat
palatasi, Axborot va
kommunikatsiyalarni
rivojlantirish
vazirligi, mahalliy
davlat hokimiyati
organlari,
O‘zbekiston elektron
tijorat assotsiatsiyasi
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi
PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2018-y., 07/18/3724/1261-son,
31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son;
28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
341
Ilova 3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RAQAMLI
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH CHORA-
TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida dav-
lat tomonidan keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, elektron
hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron to‘lovlar
rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy
baza takomillashtirilmoqda.
Axborot-texnologik platformalarda faoliyat ko‘rsatadigan
raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, bu esa shunday platfor-
malarning yangi modellarini yaratish zaruratini taqozo etmoqda.
“Blokcheyn” texnologiyalari (ma’lumotlarning taqsimlangan
reyestri texnologiyalari), “sun’iy aql”, superkompyuterlar im-
koniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar bo‘yicha
faoliyat jahonning ko‘plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. “Blokcheyn”
texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning ko‘plab sektorlariga, balki
davlat boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosa-
batlariga asta-sekin joriy etilmoqda.
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, raqamli
iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar
yaratish, investitsiya muhitini yaxshilash, shuningdek, 2017-2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga
oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish
bo‘yicha eng muhim vazifalar deb hisoblansin:
investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini
diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi
faoliyatni, jumladan mayning (turli kriptovalyutalarda yangi
birliklar va komissiya yig‘imlari formatida mukofot olish
342
imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta’minlash va yangi
bloklar yaratish bo‘yicha faoliyat), smart-kontrakt (raqamli
tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq
va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi
shartnoma),
konsalting,
emissiya,
ayirboshlash,
saqlash,
taqsimlash, boshqarish, sug‘urtalash, kraud-fanding (jamoaviy
moliyalashtirish), shuningdek, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy
etish va rivojlantirish;
“blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan
foydalanish
sohasida
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda amaliy ish ko‘nikmalariga
ega malakali kadrlarni tayyorlash;
kripto-aktivlar bo‘yicha faoliyat va “blokcheyn” texnolo-
giyalari sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni
har tomonlama rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotda loyihalarni
birgalikda amalga oshirish uchun “blokcheyn” texnologiyalarini
ishlab chiqish sohasida faoliyat ko‘rsatadigan yuqori malakali
xorijlik mutaxassislarni jalb qilish;
xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini hisobga olgan
xolda “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish uchun zarur
huquqiy bazani yaratish;
raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion
g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida
davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining yaqin hamkor-
ligini ta’minlash.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha
boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish va
rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi;
“blokcheyn” texnologiyalari joriy etiladigan aniq faoliyat
sohalari manfaatdor vazirlik va idoralarning takliflari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqa-
ruvi milliy agentligi tomonidan belgilanadi;
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni va “blokcheyn” texnolo-
giyalarini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjat-
lar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
343
Loyiha boshqaruvi milliy agentligida majburiy tartibda eksperti-
zadan o‘tkazilishi lozim;
kripto-aktivlar aylanmasi maxsus normativ-huquqiy hujjatlar
bilan tartibga solinadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi
bilan bog‘liq operatsiyalari, jumladan norezidentlar tomonidan
amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq solinadigan obyekt
hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan daro-
madlar esa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq
solinadigan bazaga kiritilmaydi;
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga
oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan shaxslar
tomonidan o‘tkaziladigan kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘lik
valyuta operatsiyalariga valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari normalari tatbiq etilmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha
boshqaruvi milliy agentligi hamda Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018 — 2020-
yillarda quyidagilarni nazarda tutadigan “Blokcheyn” texnolo-
giyalarini rivojlantirish dasturini (keyingi o‘rinlarda Dastur deb
yuritiladi) ishlab chiqsin va amalga oshirsin:
a) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan
mazkur faoliyatni tashkil etishning huquqiy asoslarini yaratish
orqali joriy etish va rivojlantirish, bunda kripto-aktivlarni mahalliy
va xalqaro kripto-birjalarda realizatsiya qilish imkoniyatini
nazarda tutishni;
b) 2021-yil 1-yanvardan boshlab “blokcheyn” texno-
logiyalarini:
davlat organlari faoliyatiga, jumladan boshqa davlat organlari
va tashkilotlari bilan hamkorlik qilishda, davlat xaridlarini amalga
oshirishda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shaxs to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni verifikatsiyalashda tatbiq etishni;
davlat reyestrlari, klassifikatorlari va boshqa ma’lumotlar
bazalarini yuritishda, jumladan ularga kiritilgan axborotni
yangilash va undan foydalanishda joriy etishni;
344
ustav fondida davlatning ishtiroki ustuvor bo‘lgan yirik tijo-
rat tashkilotlarining korporativ boshqaruvi tizimiga, jumladan biz-
nes-jarayonlarni takomillashtirish, ishlab chiqarish, ma’muriy va
operatsion jarayonlarni maqbullashtirish, shuningdek, zamonaviy
menejmentni tatbiq etish va resurslarni boshqarish uchun tatbiq
etishni;
kliring operatsiyalarida, to‘lovlarni amalga oshirishda,
savdoga oid moliyalashda (akkreditiv), shuningdek, loyihalarga
kredit berishda joriy etishni.
4. 2018-yil 1-oktabrdan shunday tartib joriy etilsinki, unga
muvofiq:
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi, jumladan kripto-aktiv-
lar savdosi bo‘yicha kripto-birjalar yaratish faoliyati litsenziya-
lanishi lozim;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha
boshqaruvi milliy agentligi kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi
faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Res-
publikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
va Toshkent shahridagi Inxa universitetining “Axborot texno-
logiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi
direksiyasi” MChJ ustav fondidagi universitetning ulushini O‘zbe-
kiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi
milliy agentligiga berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
6. “O‘zbekenergo” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ uch oy
muddatda raqamli iqtisodiyot elementlari va kripto-aktivlar
aylanmasi (jumladan mayning) sohasidagi faoliyat negizida tajriba
loyihasini ishga tushirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy
agentligiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha
boshqaruvi
milliy
agentligi
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
345
a) bir oy muddatda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi
faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha
takliflar kiritsin;
b) 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda quyidagilarni
nazarda
tutadigan
“Raqamli iqtisodiyot va blokcheyn-
texnologiyalar to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini kiritsin:
“blokcheyn” texnologiyalari sohasidagi asosiy tushunchalar
va uning faoliyat yuritish prinsiplari;
davlat organlari, shuningdek, jarayon ishtirokchilarining
“blokcheyn” texnologiyalari sohasidagi vakolatlari;
“blokcheyn” texnologiyalaridan noqonuniy maqsadlarda
foydalanganlik uchun javobgarlik choralari;
v) ikki oy muddatda:
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan
o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston
Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy
agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |