Muammoning o’rganilganlik darajasi. Jahon tilshunosligida jumladan ingliz va o’zbek tillarida ham ikkinchi darajali bo’laklardan holni talqin etishda turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan, hol masalasiga etibor qaratilganda, hol gap bo’lagi bo’lib kesimga yoki aniqlovchiga dahildordir. [37] yoki hol fel ifodalagan gap harakat yoki holat belgisini ifadalovchi gap bo’lagidir. [6;3-4;9] degan ilmiy nazariy qarashlar olg’a surilmoqda.
Umuman olganda hol hozirga qadar ingliz va o’zbek tilshunosligida ananaviy usulda yani tasviriy metodlar yordamida tavsiflanib kelmoqda.Biroq uni tavsiflashda ham hozircha bir to’xtamga kelinmagan.Undan tashqari hol gap tarkibida kesim o’rnida kelgan felning ma’nosi asosida aniqlangan.Jumladan o’rin holi ham shu xolda o’rganilgan,ammo o’rin holi o’rnida kelgan sintaktik birliklarning sintaktik satxdagi semantic maydoni va uning variyantlari qiyosiy tipologik jihatdan maxsus monografik tarzda tadqiq etilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |