O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar



Download 0,91 Mb.
bet5/14
Sana18.02.2020
Hajmi0,91 Mb.
#40078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
majmua konf3


2.Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar

Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar orasida pedagogning o’smirlar bilimini baholashdagi xatolari salmoqli o’rin egallaydi. Chunonchi, o’qituvchi o’quvchilarning bilimini baholaganda har ikki tomon orasida kuchli konflikt sodir bo’ladi. Quyida ana shunday ziddiyatlar sabablarini sharhlashga o’tamiz.

O’quvchilarga baho qo’yish. O’quvchilar ko’pincha yozma hamda og’zaki javoblarini past baho qo’yildi deb hisoblaydilar. Ayniqsa muntazam ravishda past baho qo’yilganda o’quvchilar g’oyatda g’azablanishadi, fan va o’qituvchiga nafrat bilan qaray boshlaydilar. O’zaro kelishmovchilikning o’ta jiddiy tus olishi o’quvchining o’zini himoya qila olish darajasi va uni sinf qo’llab – quvvatlashiga bog’liq bo’ladi. O’quvchi yozma ishini bo’yagan, xati xunuk bo’lgani uchun bahosining tushirilishiga toqat qila olmaydi. Adolatsizlik bilan qo’yilgan past baho atrofiga har xil rasmlar chizadi, o’qituvchi sha’nini haqoratlovchi so’zlar yozadi.

O’quvchilarda, ayniqsa, bir xil xatolar bo’la turib, yozma ishga har xil baholar qo’yilishi ko’proq norozilik tug’diradi. Ko’p hollarda o’qituvchi o’quvchilarga bahoni ijobiy yutuqlarga erishish uchun yo’naltiruvchi vosita sifatida emas, balki kamsitish, jazolash maqsadida qo’yishadi.

O’qituvchilarning farzandlariga ko’tarib baho qo’yish ham konflikt tug’ilishiga sabab bo’ladi. O’qituvchining qasoskorligi o’quvchilarda ayniqsa norozilik tug’diradigan xunuk holdir.

3.O’qitish metodikasidagi konfliktlar

O’quvchilarning har xil predmet o’qituvchilarining metodik tayyorgarligiga bo’lgan e’tirozlari ko’pincha to’g’ri bo’lib chiqadi.

O’quvchilarning bu sohadagi e’tirozlari quyidagicha:


  • tushuntira olmaslik;

  • sistemasiz, palapartish bayon;

  • tilning o’rinsiz murakkabligi;

  • takrorlashning yo’qligi;

  • materialni quruq bayon qilish;

  • mavzuni hayot bilan bog’lay olmaslik;

  • xo’ja ko’rsinga “mavzuni” bajarish;

  • predmetga qiziqish uyg’ota olmaslik;

  • xolis baholash olmaslik;

  • arzimagan javobga yuqori baho qo’yish;

  • barcha o’quvchilarga faqat “3” baho qo’yish va hokazo.

O’qituvchining metodikasidagi bunday nuqsonlar uning va o’quvchilarning ruhiy zo’riqishga uchrashiga sabab bo’ladi.


  1. O’qituvchi va o’quvchilar orasidagi o’zaro munosabatlarda sodir bo’luvchi konfliktlar

O’qituvchining kasbiy qiyofasinin yorqin aks ettiruvchi ikki faktor mavjud:

  1. O’qituvchining shaxsiy sifatlari.

  2. O’smirlar bilan ish olib borish mahorati.

Har ikkala faktor o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishga xizmat etgan taqdirdagina o’qituvchi va o’quvchi orasidagi o’zaro munosabat xolis, samimiy va ishchan tus olishi mumkin.

O’qituvchining o’ch olishga va ayrim o’quvchilarni kamsitishga urinishi og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Misollarga murojaat etaylik:



  • Ayrim o’quvchilarga - ular a’lochi bo’lishi shart emas – namoyishkorona ayrimiga mehr ko’rsatadi.

  • “Yaxshi” va “Yomon” o’quvchilarga munosabat usuli keskin farqlanadi.

  • Bu hol o’quvchilar orasidagi munosabatga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.

  • Kamsitish holi faqat ayrim o’quvchilarga nisbatangina bo’lmasdan butun sinf jamoasiga nisbatan ham ro’y beradi.

  • Yaxshi o’qimaydigan o’quvchilarning tashabbuslari bo’g’ib qo’yiladi.

  • Ona tili o’qituvchisi o’z “erkatoy”larining xatolarini o’zi “to’g’rilab”, bahosini sun’iy ko’taradi.

  • Zaif va o’rtacha o’zalashtiruvchi o’quvchilarni kamsitib, “xom”ligini doim ta’kidlaydi.

  • Ochiqdan ochiq liderlar va landovurlarga bo’lib, sinf o’quvchilari orasidagi totuvlikni buzadi.


5.Ahloqiy konfliktlar

Dars paytida bir – biriga xat uzatayotganda ularni ta’qib etuvchi o’qituvchilar bilan xat mualliflari orasida keskin konflikt yuzaga keladi. O’smirlarning bunday harakatlarini ta’qib etish nihoyatda og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Misollarga murojaat qilaylik:



  • O’tgan asrning 80-yillari. Qo’shrabot tumanidagi maktablardan birining 8 – sinf o’quvchilari pilla qurti uchun barg kesishga safarbar qilinadi. O’g’il bola qiz bolaga maktub berayotganini ko’rib qolgan sinf rahbari N. maktubni qizning qo’lidan tortib olib, o’qib chiqadi. So’ng ertasi kuni maktab o’quvchilarining umumiy yig’ilishida o’quvchi qizni yengiltaklikda ayblab sharmanda qiladi... Ertasi kuni maktabga qizning o’ziga olov qo’yganligi haqida xabar keladi.

  • O’qituvchi, bir – birini yoqtirgan o’quvchilarni sinfda, dars paytida masxara qiladi, sinf ham unga qo’shiladi.

  • Bunday o’qituvchining darsidan o’quvchilar bezib qolishadi, uni yoqtirishmaydi.

  • Qiz bolaga o’qituvchi unga shunday dakki beradi: O’g’il bolalar bilan birga ko’chada taralla – bedod qilib yurishga vaqting bor, mening darsimga esa vaqting yo’q...”

  • Biologiya o’qituvchisi kasallikdan yaqinda turgan o’quvchining xotirasi zaifligini masxara qilib sinfda sendan o’tadigan g’alcha yo’q deydi.

Sinov savollari

  1. O’smirlar ta’limida qanday konfliktlar yuz beradi?

  2. Juft-juft muloqotga moyil o’quvchi tipi deganda nimani tushunasiz?

  3. Intizomga oid konfliktlar haqida gapirib bering.

  4. O’qituvchining nopedagogik muomalasi natijasida sodir bo’ladigan konfliktlar haqida gapirib bering.

  5. O’qitish metodikasidagi konfliktlar deganda nimani tushunasiz?

  6. O’qituvchining kasbiy qiyofasini aks ettiruvchi faktor nechta?

  7. Axloqiy konfliktlar haqida gapiring.

Mustaqil o’zlashtirishga tavsiya etiladigan adabiyotlar

Asosiy adabiyotlar

  1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent, 1999.

  2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 176.

  3. Ahrorov Yu.A. Pedagogik mahorat. O’quv qo’llanma. – Samarqand: MChJ “Sigma”, 2004.

Qo’shimcha adabiyotlar

  1. Lyeontyev A.A. Psixologiya obщyeniya. – M.; Smыsl, 1995 g.

  2. 22. Rыbakova M.M. Konflikt i vzaimodyeystviye v pyedagogichyeskom prosyessye. – M.; Prosvyeщyeniye, 1991 g.

  3. Axrorov Yu.A. Formirovaniye kulturы myejnasionalnogo obщyeniya. – Samarkand, 1991 g.


BIRINCHI BO’LIM YUZASIDAN XULOSALAR

  1. Pedagogik muloqot ijtimoiy – psixologik jamoaviy ta’sir tizimi sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iboratdir: pedagogning ayrim o’quvchilar bilan bo’ladigan muloqoti, pedagogning butun jamoa bilan muloqoti, pedagogning alohida o’quvchilar vositasida jamoa bilan bo’ladigan muloqoti, pedagogning jamoa vositasida alohida o’quvchi bilan bilan bo’ladigan muloqoti.

  2. Pedagog muloqotida emotsional ta’sir birligi muhim o’rin egallaydi va u prognoz qila bilish va baholash – tuzatish funksiyalari bilan qo’shib olib borilishi lozim.

  3. Pedagogik muloqotda ro’y beruvchi tashqi ta’sirlarning uch turini ajratish muhim: ijtimoiy, pedagogik va tibbiy.

  4. Kichik sinflarda yuz beruvchi konfliktli – nizoli vaziyatlarni uch guruhga bo’lish mumkin: a) didaktik, b) axloqiy, v) tashqi – axloqiy.

  5. O’smirlar bilan bo’ladigan konfliktli vaziyatlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:1) Ijtimoiy nizolar, 2) Didaktik hamkorlik jarayonida ro’y beruvchi konfliktlar, 3) O’qitish metodikasida yuz beruvchi konfliktlar, 4) O’qituvchining o’smirlar bilan o’zaro munosabatida yuz beruvchi konfliktlar, 5) Axloqiy konfliktlar.


IKKINCHI BO’LIM. PEDAGOGIK MULOQOTDA YUZ BERUVCHI KONFLIKTLI VAZIYATLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI
5-Mavzu: O’qituvchi tomonidan sodir qilinadigan muammoli vaziyatlarni tabaqalashtirish va ularni samarali hal etish usullari
Dars rejasi:

  1. O’qituvchi tomonidan sodir bo’ladigan konfliktli vaziyatlar.

  2. O’quvchi tomonidan yo’l qo’yiladigan ziddiyatli vaziyatlar.

.Darsning mazmuni:

Ta’lim berish nihoyatda salmoqli ruhiy zo’riqishni talab etadi, biroq og’ir mehnatdan toliqish va ruhiy iztirob – bir narsa emas. Endi nima uchun o’qituvchi mana shunday salbiy kechinmalarni boshidan o’tkazishi sabablariga to’xtaymiz.

O’qituvchi tomonidan his etiladigan sezgi va kayfiyatning qo’shimcha kalitlari quyidagilar:


  • iztirob;

  • ikkilanish;

  • g’azab;

  • xafa bo’lmoq;

  • muskullar zo’riqishi;

  • o’zini umuman noqulay sezish;

  • boshning og’rishi;

  • oshqozon va ichak kasalliklari va hokazo.

Agar u yoki bu muammo siz tufayli sodir bo’lsa, unda undan hosil bo’luvchi his – tuyg’uga ham o’zingiz javobgar bo’lasiz. Bu sizning muammoni hal etmaganingiz yoki samarasiz hal etganingizga berilgan jazodir.

Quyida o’qituvchi tufayli sodir bo’ladigan konfliktli vaziyatlarni ko’rib chiqamiz:



  • o’quvchi partani tirnaydi;

  • ba’zi o’quvchilar o’qituvchi darsni bayon etayotganda uning so’zini bo’lishadi;

  • o’quvchilar sinf poliga tupurishadi;

  • o’quvchi muntazam darsga kechikib keladi, darsni boyqot qiladi;

  • o’quvchilar o’quv qo’llanmasini yirtishadi;

  • labaratoriya xonasida o’quvchilar sigareta chekishadi;

  • o’quvchi o’z sinfdoshlari ustidan ig’vo qilib, o’qituvchining ko’p vaqtini oladi;

  • o’quvchi sizning ruxsatingizsiz stolingizdan oq qog’oz oladi;

  • o’quvchilar darsda baland ovoz bilan bahslashadi va o’qituvchiga xalal beradi.

Mana shular kabi o’qituvchining bemalol dars o’tishiga xalal beruvchi qiliqlarni ko’plab keltirishimiz mumkin. Bular o’qituvchi ish faoliyati samadorligi va sifatiga sezilarli darajada ta’sir etadi. O’qituvchi ham, ba’zi birovlar buni unutib qo’yishsada, oddiy bir odam. U ham o’z faoliyatini, o’qitish huquqini hech qanday to’siqlarsiz amalga oshirishni istaydi. O’quvchilarning yuqoridagi kabi qilmishlari o’qituvchi muammomi hisoblanadi. Bunday hollarda o’qituvchi loqayd munosbatda bo’lishi aslo mumkin emas, u qandaydir pedagogik chora – tadbir qo’llashi lozim.

Quyidagi jadvalga qarang:



O’quvchi tomonidan yo’l qo’yiladigan jumboqlar

O’qituvchi eshitadi.

O’quvchi o’zaro harakat qiladi.

O’qituvchi yordamlashadi, maslahat beradi.

O’qituvchi o’quvchiga ko’maklashishni istaydi.

O’qituvchi o’quvchi tomonidan sodir etilgan qilmish haqida qaror qabul qiladi.

O’qituvchi o’quvchi ehtiyojlarini qondirishdan manfaatdor.

O’qituvchi o’quvchining qarorga kelishini yengillashtiradi.



O’qituvchida sodir bo’ladigan jumboqlar

O’qituvchi o’zaro harakatni boshlaydi.

O’qituvchi gapiradi.

O’qituvchi ta’sir ko’rsatadi.

O’qituvchi o’z – o’ziga ko’maklashmoqchi bo’ladi.

O’qituvchi mustaqil ravishda o’zini qoniqtiruvchi qarorga keladi.

O’qituvchi o’z ehtiyojlarini qondirishdan manfaatdor.

O’qituvchi faollik bilan jumboqni o’zi hal etadi.

Ko’rinadiki, pedagog tomonidan hal etiladigan turli – tuman vazifalar bir – biridan farq etuvchi xulq – atvorga bog’liq usullarni qo’llashni talab etadi. Jadvaldan kelib chiquvchi xulosalar natijasida quyidagilar oydinlashadi:



  1. O’quvchilar bilan hamkorlik qilishda hal etilishi lozim bo’lgan pedagogik jumboq kimga tegishli ekanligini hisobga olish kerak.

  2. Agar jumboq o’quvchiga tegishli bo’lsa, o’qituvchi maslahatchi rolida chiqishi maqsadga muvofiqdir.

  3. Jumboq o’qituvchining o’ziga tegishli bo’lgan taqdirda maslahatchilik pozisiyasi samarasiz natija beradi.

Agar muammo – jumboq sizning o’zingizda bo’lsa, nima qilmoq kerak? Bunday taqdirda sizda uchta imkoniyat mavjud:

  1. O’quvchi bilan ishlash;

  2. Muhit bilan ishlash;

  3. O’z ustida ishlash.

Shularga mos ravishda siz quyidagi faoliyat yo’nalishlarini tanlab olishingiz mumkin:

Birinchi yo’nalish – o’quvchi xulqini o’zgartirishga urinish.

Ikkinchi yo’nalish – muhit, vaziyatni o’zgartirishga urinish.

Uchinchi yo’nalish – o’z xulq – atvorini o’zgartirishga urinib ko’rish.

Tasavvur eting – Abdullayeva Sevara – sizning o’quvchingiz doimo dars paytida sizning gapingizni bo’ladi, darsni doim buzishga harakat qiladi, deylik, chunki u uning uy vazifalarini muntazam ravishda tekshirishingizni istaydi, siz uni maqtab, hamma vazifalarni to’g’ri bajaribsan, balli deb rag’batlantirishingizni kutadi. Bunday holat siz uchun ma’qul ko’rinmaydi. Unda nima qilish kerak?


  1. Siz uni jim o’tirishga majbur qilishingiz mumkin (O’quvchi xulqini o’zgartirish).

  2. Butun sinfga o’z-o’zini tekshirish bo’yicha vazifa berishingiz mumkin (Muhitni o’zgartirish).

  3. Siz o’zingizga: “ U juda ham nomustaqil qiz, biroq o’zgarishi mumkin”, yoki “ Unga boshqalarga nisbatan ko’proq diqqat qilishim lozim” (O’z xulq – atvorini o’zgartirish).

Birinchi usulni ko’rib chiqamiz.

Birinchi usul o’quvchi bilan ziddiyatga uchrashingizni taqozo etadi, siz o’quvchining qilmishi sizga xalal berayotganligini unga tushuntirasiz, sizning zavq bilan mashg’ulot o’tish huquqingizni poymol etayotganligini aytasiz. Buning uchun siz yetarli darajada jasoratga ega bo’lishingiz talab etiladi.

Afsuski mazkur usulni qo’llagan aksariyat pedagoglar quyidagi to’siqlarga duch keladilar:


  1. O’quvchilarning noroziligiga sabab bo’ladi.

  2. O’quvchilar o’qituvchi ularni nodon deb o’ylayapti, hech narsa qo’lidan kelmaydigan ro’dapolar deb o’ylayapti degan fikrga kelishadi.

  3. Pedagogning o’quvchilar his – tuyg’ulari bilan zarracha ham qiziqmayotganligini ko’rsatadi.

  4. O’quvchilarni aybdor qilib uyatga qo’yadi.

  5. Bolaning o’z-o’zini baholash qobiliyatini pasaytirib yuboradi.

  6. O’quvchilarning o’z-o’zini himoyalash qobiliyatini faollashtiradi.

  7. O’quvchilarda bolalarga g’azablanish va qasoskorlik tuyg’ularini uyg’otadi.

  8. O’quvchilar passivligiga sabab bo’ladi.

Ma’lumki, hech qaysi o’qituvchi bunday natijaga erishishni istamaydi. U faqatgina o’z huquqini hurmat etilishini istaydi, xolos.

O’qituvchilar tomonidan ishlatiladigan dakkilar birinchi usul orqali berilganda o’quvchilarni “Men yomonman” istehkomida to’playdi va quyidagi guruhlarga bo’linadi:



  1. To’g’ri qabul qilishga undaydigan dakkilar

  2. Bevosita dakkilar

  3. Bilvosita dakkilar

To’g’ri qabul qilishga mo’ljallangan dakkilar o’quvchi xulq – atvorida sodir bo’layotgan, o’qituvchi uchun noma’qul bo’lib ko’ringan nuqsonlarni tuzatishga mo’ljallanadi.

Ularning besh turi mavjud:



  1. Buyruqlar – Hoziroq og’zingdagi saqichni tashla!

  2. Tahdid, ehtiyotkorlikka chaqirish – agar vazifani tayyorlamasang, seni darsdan so’ng olib qolib, uni bajarishga majbur qilaman!

  3. Pand – nasihat – qizlar bilan o’ynab yurmasang, fanni yaxshi o’zlashtirishing mumkin edi.

  4. Uqtirish – kitob chizish uchun emas, o’qish uchun mo’ljallangan.

  5. Maslahat – men sening o’rningda bo’lganimda hech qachon bu ishni qilmasdim.

Bunday dakkilar bir onda o’quvchini unga aytilgan harakatni bajarishga undaydi.

Ikkinchi xil dakkilar birinchisiga qaraganda “battar”roqdir. Bunday dakkilar bolani yer bilan yakson etadi, ezadi. Ular 6 ta turga bo’linadi:



  1. Ayblov. Tanqid. Qarama – qarshi qo’yish.

  1. Ustidan kulish. Shaxsiga tegish, Tahqirlash.

  • Sizlar kechikib, o’g’ri mushukdek eshik orqasida turasizlar...

  1. Tahlil. Bashorat.

  • Bolalar intizom masalasida sizlarda biror muammo bormi?

  • Saidov tushunaman, doskadagi yozuving bilan o’z savodingni ko’z – ko’z qilmoqchimisan. Orfografik xato qilmaslik sohasida ham, koshki, shunga erishsang edi.

  1. Rag’batlantirish. Ijobiy baholash.

  • Shunday ajoyib kunda sinfda o’tirish qiyin, to’g’rimi bolalar?

  • Men albatta, sizlarni tushunib turibman, birozdan so’ng siz yoqtirgan multserial boshlanadi, biroq maktabdagi mashg’ulotlaringiz soat beshda tugashini esdan chiqarmang!

  1. Aniqlash. So’roq qilish. Tekshirish.

  • Nega endi sizlar o’z joyingizda o’tirmayapsizlar?

  • Sen imtihonlardan qanday o’tmoqchisan o’zi, shuncha mashg’ulotlarga qatnashmagan bo’lsang?

  • Kim deraza oynasini sindirdi, darhol javob bering!

Mazkur dakkilarning barchasida, afsuski, salbiy ohang mavjud. Yuqoridagi kabi ko’plab dakkilarni o’quvchilar har kuni eshitishadi.

Ko’pgina o’qituvchilar bilvosita ta’sir etuvchi e’tirozlardan foydalanishni afzal ko’rishadi. Chunki bunday e’tirozlar o’quvchilar tomonidan og’riqsiz qabul qilinadi.



  • Sizlarning o’zlaringni bunday tutishlaring menga yoqmayapti. (“Shahzoda lug’ati”).

Birinchidan, bunday e’tiroz o’qituvchiga mas’uliyat yuklaydi, ikkinchidan, esa o’quvchiga odob normalariga amal qilish lozimligini eslashadi, uning mas’uliyatini oshiradi.

Bundan tashqari bunday e’tirozlar o’quvchi shaxsini salbiy baholashga xizmat qilmaydi, o’quvchi o’qituvchi talabiga peshvoz chiqadi, unga qarshi chiqmaydi, g’azablanmaydi. Ilgari namuna keltirganimiz e’tirozlardan bunday e’tirozlar quyidagi afzalliklarga ega:



  1. Ular o’quvchilarda o’z axloqlarini tuzatish istagini tug’diradi.

  2. Ular o’quvchilarga minimal darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi.

  3. O’qituvchi va o’quvchi orasidagi munosabatga putr yetkazmaydi.


Topshiriqlar

O’qituvchi tomonidan sodir qilinadigan muammoli vaziyatlarni tabaqalashtirish va ularni samarali hal etish usullarini o’rganish, tahlil qilish.



Xulosa

Shunday qilib, o’qituvchi tomonidan sodir qilinadigan muammoli vaziyatlarni tabaqalashtirish va ularni samarali hal etish usullari bilan tanishar ekanmiz, har bir o’qituvchi o’z oldiga bolaga “zarar yetkazma” degan kasbiy kodeksga amal qilishi lozim.


Sinov savollari

  1. O’qituvchi tufayli sodir bo’ladigan konfliktli vaziyatlar haqida gapirib bering.

  2. O’quvchi tomonidan yo’l qo’yiladigan jumboqlarni tushuntirib bering.

  3. O’qituvchida sodir bo’ladigan jumboqlar haqida gapiring.

  4. O’qituvchilar tomonidan ishlatiladigan dakkilar haqida gapiring.


Mustaqil o’zlashtirishga tavsiya etiladigan adabiyotlar

Asosiy adabiyotlar

  1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent, 1999.

  2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 176.

  3. Ahrorov Yu.A. Pedagogik mahorat. O’quv qo’llanma. – Samarqand: MChJ “Sigma”, 2004.



Qo’shimcha adabiyotlar

  1. Lyeontyev A.A. Psixologiya obщyeniya. – M.; Smыsl, 1995 g.

  2. Rыbakova M.M. Konflikt i vzaimodyeystviye v pyedagogichyeskom prosyessye. – M.; Prosvyeщyeniye, 1991 g.

  3. Axrorov Yu.A. Formirovaniye kulturы myejnasionalnogo obщyeniya. – Samarkand, 1991 g.


6-Mavzu: Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari

Dars rejasi:

  1. Pedagog va o’quvchi qadriyatlari orasida yuz beruvchi ziddiyatlar sababi.

  2. Qadriyatlarga doir ziddiyatlarning turlari.

  3. Qadriyatlarga doir ziddiyatlarning oldini olish usullari.

Dars maqsadi:

  • o’rgatuvchi: talabalarga pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari haqida ma’lumot berish.

  • tarbiyalovchi: milliy urf-odatlar, qadriyatlar va xalq milliy merosi namunalaridan tarbiyaviy vosita sifatida foydalanish.

  • rivojlantirish: talabalarning ziddiyatli vaziyatlarni hal eta olish bilim, ko’nikmalarini oshirish.



Dars o’tish usuli:

Takrorlash, ijodiy suhbat va savol-javob, bahs-munozara, (mavzuni o’zlashtirish va mustahkamlash) tarzda jonli muloqat o’tkaziladi, (talabalarni mustaqil, erkin frirlash, fikr-mulohazalarini bayon qilish, har bir talabaga dars mavzusining ma’nosidan kelib chiqib savollar berish, ularning fikrlarini yakuniy muhokama qilish); iboralarga izohlar berib borish.


O’quv materiallari:

  • ma’ruza matni: mavzu: Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari.

  • amaliyot topshirig’i: Ma’ruzalar matnidan ushbu mavzuni konspektlashtirish, adabiyotlarni o’qish.

  • mavzuning axborot manbai: darsliklar, o’quv qo’llanma va ko’rsatmalar, ma’ruza matnlari, referat, jurnallar, internet, gramm-yozuvlar.

  • mavzuning axborot manbai ta’minoti vositalari: kafedra fondi, kutubxonalar, internet tarmog’i.


Mustaqil ish turlari:

  • takrorlash va mashq qilish: mavzuni mustahkamlash; chuqurlashtirish; eslab qolish; ko’nikma hosil qilish; malakani shakllantirish:

  • yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtirish: yangi mavzular; axborot manbaini izlab topish va konsptklashtirish, mustaqil fikrlar tuzish:

  • ijodiy harakterdagi ishlar: pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llarini o’rganish, tahlil qilish va mustaqil fikrlarni bayon qilish.


Darsning xronologik xaritasi – 80 minut:

  • Tashkiliy qism. 2 minut

  • Talabalar bilim darajasini aniqlash. 5 minut

  • Yangi mavzu bayoni. 60 minut

  • Mavzuni o’zlashtirish darajasini

tekshirish va mustahkamlash. 10 minut

  • Uyga vazifa. 3 minut


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish