O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Topshiriq
Bir yigit bozorga velosipedda kelib, bozor eshigi yaqinida turgan odamga
velosipedini ushlab turishni iltimos qildi. So’ng yugurib bozor ichiga kirib ketdi.
Velosipedni ushlab nima qilishini bilmay turgan kishini 5 daqiqadan so’ng,
velosiped o’g’irlashda gumon qilib tutib olishdi. Yaxshilik qilmoqchi bo’lgan
kishiga ayblov e’lon qilinib, u uch yilga qamaldi. Bir yildan so’ng jazoni ijro
etish koloniyasida haqiqiy velosiped o’g’risini uchratdi.
- Mahkum nima ish qilishi kerak?


41 
Formal tarkibli jinoyatlarda ijtimoiy xavfli qilmish tufayli kelib chiqadigan 
oqibat zaruriy belgi hisoblanmaydi. Bunda biror oqibatning kelib chiqishi jinoyat 
kvalifikatsiyasiga ta’sir ko’rsatmaydi. Odam o’g’irlash (137-modda), fuqarolarning 
turar joyi daxlsizligini buzish (142-modda), vijdon erkinligini buzish (145-modda) 
va boshqalar formal tarkibli jinoyatlarga misol bo’ladi.
Kesik tarkibli jinoyatlar jinoyat boshlangan yoki suiqasd qilingan davrdayoq 
tamom bo’lgan jinoyat hisoblanadigan qilmishlarga nisbatan ishlatiladi. Bunda 
jinoyatning sodir etilgan deb hisoblanishi uning oqibati kelib chiqishidan oldinga 
ko’chiriladi. Bunday jinoyatlarga bosqinchilik, talonchilik, tovlamachilik va 
boshqalar kiradi.
Jinoyat tarkibining ahamiyati sud’ya tomonidan jinoiy ishning xavflilik 
darajasini aniqlash, uni boshqa normalar bilan taqqoslash, aybdorga asosli jazo 
berish yoki javobgarlik va jazodan ozod qilishda yaqqol ko’rinadi. 
Jinoyatning ob’ekti va uning tasnifi 41 
Jinoyatning ob’ekti jinoyat qonunchiligi bilan qo’riqlanuvchi ijtimoiy 
munosabatlar hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar inson o’z hayotiy faoliyati 
davomida boshqa kishilar bilan o’rnatadigan aloqalari asosida vujudga keladi. 
Ijtimoiy munosabatlar xilma-xil bo’lib, ular iqtisodiy, siyosiy, madaniy, axloqiy, 
diniy, huquqiy va boshqa sohalarda vujudga keladi.
Ijtimoiy munosabatlar kishilar o’rtasida huquqiy normalar asosida 
shakllanadigan bo’lsa, bunday munosabatlar huquqiy munosabatlar darajasiga 
ko’tariladi. Huquqiy munosabatlar davlat, jamiyat va shaxs bilan bog’liq holda 
mehnat, oila, davlat boshqaruvi, mulkchilik, moliya, xo’jalik, fuqarolik, ma’muriy, 
jinoyat va boshqa huquq sohalarida qaror topadi. O’zida huquqiy normalarni 
jamlagan huquq sohalari huquqiy munosabat shaklidagi ijtimoiy munosabatlarni 
qat’iy tartibga soladi. Davlat ularni umummajburiylik xususiyatini ta’minlaydi 
hamda 
huquqiy 
ta’sir 
choralari 
vositasida 
qo’riqlaydi. 
O’zbekiston 
Respublikasidagi mavjud normativ-huquqiy hujjatlardagi barcha ijtimoiy 
munosabatlar ham jinoyat tarkibining ob’ekti bo’la olmaydi. Jinoyat kodeksidagi 


42 
umummajburiy va qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar jinoyat tarkibining 
ob’ektidir. Kodeksga kiritilmagan munosabatlar ushbu huquq sohasi ob’ekti emas.
Jinoyat kodeksining 2-moddasida shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat 
va davlat manfaatlari, mulk, tabiiy muhit, tinchlik, insoniyat xavfsizligini jinoiy 
tajovuzlardan qo’riqlash vazifalar sifatida e’tirof etiladi. Ular jinoyatning ob’ekti 
hisoblanuvchi ijtimoiy munosabatlar tizimini tashkil qiladi.
Ijtimoiy munosabatlarda predmet ham muhim ahamiyatga ega. Predmet 
ashyo, pul, buyum yoki boshqa shaklda bo’lishi mumkin. Predmet va ob’ektni 
aralashtirish mumkin emas. Predmet moddiy xususiyatga ega bo’ladi. U ob’ekt 
ham bo’lishi mumkin. Jumladan, talonchilik (166-modda) jinoyatini olib 
ko’radigan bo’lsak, o’zganing mulki predmet bo’lishi bilan birga, jinoyatning 
ob’ekti ham hisoblanadi. Lekin jinoyat predmeti jinoyat ob’ekti bo’lmasligi ham 
mumkin. Vijdon erkinligini buzish (145-modda), mehnat qilish huquqini buzish 
(148-modda) va davlatga xoinlik qilish (157-modda) kabi jinoyatlarda jinoyat 
predmeti hisoblanuvchi ashyo, pul yoki boshqa buyumlar ahamiyatga ega 
bo’lmaydi. Shu bois jinoyat predmetini jinoyatning zaruriy belgisi deb bo’lmaydi.
Jinoyatning tarkibiy elementlaridan biri bo’lgan jinoyatning ob’ekti uchta 
shaklga ajratiladi: 
-
umumiy ob’ekt; 
-
maxsus ob’ekt; 
-
bevosita ob’ekt.
Umumiy 
ob’ektlar JKning 2-moddasida bayon etilgan ijtimoiy 
munosabatlardan iborat bo’ladi. Umumiy ob’ekt barcha jinoyatlar uchun bitta 
bo’lib, u ko’proq ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega. Zero, sodir etilgan har qanday 
jinoyat ijtimoiy munosabatlarda o’z izini qoldiradi.
Maxsus ob’ekt jinoyatlarning mazmun-mohiyatiga ko’ra bir-biriga yaqin 
bo’lgan shakllari yig’indisidan tashkil topadi. Jumladan, qasddan badanga og’ir 
shikast yetkazish (104-modda), qasddan badanga o’rtacha og’ir shikast yetkazish 
(105-modda), kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og’ir yoki 
o’rtacha og’ir shikast yetkazish (106-modda), zaruriy mudofaa chegarasidan chetga 


43 
chiqib, qasddan badanga og’ir shikast yetkazish (107-modda), ijtimoiy xavfli 
qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, 
qasddan badanga og’ir shikast yetkazish (108-modda), qasddan badanga yengil 
shikast yetkazish (109-modda), qiynash (110-modda) jinoyatlari mohiyatiga ko’ra 
bir-biriga yaqin bo’lganliklari sababli ular sog’liqqa qarshi jinoyatlar maxsus 
ob’ektini tashkil etadi. Jinoyat kodeksining Maxsus qismi maxsus ob’ektni 
inobatga olgan holda tuziladi.
Agar umumiy ob’ektda Jinoyat kodeksi Maxsus qismidan o’rin olgan barcha 
jinoyatlar nazarda tutilsa, maxsus ob’ektda Maxsus qismning boblarida jamlangan 
normalardagi ijtimoiy munosabatlar nazarda tutiladi.
Bevosita ob’ekt jinoiy tajovuz yo’naltirilgan ijtimoiy munosabatdir. Ushbu 
munosabat Maxsus qismning alohida normalarida aks etadi. Bevosita ob’ektni 
aniqlash jinoyatni kvalifikatsiya qilish va jazo tayinlash uchun amaliy ahamiyatga 
ega bo’ladi. Ba’zan jinoyat sodir etgan shaxs birdaniga bir necha jinoyatni sodir 
etishi ham mumkin. Bunda bir necha bevosita ob’ektga zarar yetkaziladi. Ayrim 
hollarda bitta jinoyatni sodir etish orqali ikki va undan ortiq bevosita ob’ektga 
zarar yetkazilishi ham mumkin. Ko’pincha bosqinchilik (164-modda) jinoyati 
misol qilib keltiriladi. Bu jinoyat ikki ob’ektli jinoyat hisoblanadi. Jinoyatning 
birinchi 
bevosita 
ob’ekti 
o’zgalarning 
mol-mulki 
bo’lsa, 
ikkinchisi 
jabrlanuvchining salomatligi bo’ladi. Harbiy sohadagi jinoyatlar doirasida badanga 
shikast yetkazish (283-modda) jinoyati mavjud bo’lib, uning dispozitsiyasida 
harbiy xizmat yuzasidan o’z vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki 
bajarayotgan vaqtda boshliqni do’pposlash, uning badaniga yengil yoki o’rtacha 
og’ir shikast yetkazish ko’rsatilgan. Bunda asosiy ob’ekt harbiy ustav asosidagi 
bo’ysinuv tartibi bo’lsa, qo’shimcha bevosita ob’ekt boshliqning salomatligidir. Bu 
kabi ikki ob’ektli jinoyatlarga tovlamachilik, qasddan bankrotlikka olib kelish, 
bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish va boshqalarni ham misol qilib 
keltirishimiz mumkin.
Agar jinoyatning bevosita ob’ektlari bir nechta bo’lsa, ularning bittasi asosiy 
ob’ektga aylanadi. Aynan shu ob’ekt Jinoyat kodeksining Maxsus qismi boblaridan 


44 
biriga kiritish uchun asos bo’ladi. Keyingi ob’ektlar qo’shimcha bevosita ob’ekt 
hisoblanadi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish