O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Topshiriq
O’zbekiston fuqarosi ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga borib, Tojikiston
fuqarolari bilan bir joyda bo’lib turgan vaqtida Turkiya davlatida turib, odamlarni
jihodga da’vat qilayotgan millati o’zbek, Qirg’iziston fuqaroligiga ega bo’lgan,
shartli ismi Abdulloh nomli kishi bilan tojikistonliklar orqali internet vositasida
tanishdi. Uning telefon orqali jo’natgan ekstremistik g’oyalar aks etgan elektron
fayllarini Qozog’istondagi tanishlariga ijtimoiy tarmoqlar orqali jo’natib turdi.
- Uning qilmishi qaysi davlat qonunchiligi bilan kvalifikatsiyalanadi?


30 
etilishi retsidiv holatlarni keltirib chiqaradi. Jazodan keyin uni qaytadan sodir etish 
jazoning og’irlashuviga sababchi bo’lishi mumkin.
Jinoyatning yana bir xususiyati shundaki, jinoyat uchun jazolar faqat jinoiy 
ishlar bo’yicha sudlar tomonidan qo’llaniladi. Jinoyat huquqi normalari buzilishi 
bilan birga intizomiy, fuqaroviy va ma’muriy huquqbuzarliklar ham sodir etilsa, 
ish jinoiy sudlarda ko’riladi.
Jinoiy javobgarlik tushunchasi va asoslari
Huquqbuzarlikning jinoyat shakli jinoiy javobgarlik kelib chiqishiga olib 
keladi. Huquq nazariyasi huquqbuzarlik, javobgarlik va jazoni quyidagi ketma-
ketlikda qo’yadi. 
2-rasm. Huquqbuzarlik, javobgarlik va jazo shakllari 
Javobgarlik tajovuz tufayli kelib chiqqan zararni bartaraf etish maqsadlarida 
qo’llaniladigan oqibatdir. Unga O’zbekiston RespublikasiJinoyat kodeksining 16-
moddasida quyidagicha ta’rif berilgan: “Jinoyat uchun javobgarlik – jinoyat sodir 
etishda aybdor bo’lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki 
boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo’llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning 
huquqiy oqibatidir”.
Javobgarlikning dastlabki talabi huquqbuzarlikning sodir etilishida namoyon 
bo’ladi. Sodir etilgan huquqbuzarlikda jinoyat tarkibining barcha alomatlari 
mavjud bo’lgandagina jinoiy javobgarlik kelib chiqadi. Javobgarlikning yakuni sud 
tomonidan hukm, jazo, boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo’llanilishidir.
Davlat tomonidan jinoiy javobgarlikni o’rnatilish maqsadlari ijtimoiy 
adolatni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olishda namoyon bo’ladi. 
Javobgarlik yuridik fakt asosida vujudga keladi. U jinoyat qonunchiligi bilan 
intizomiy huquqbuzarlik
fuqaroviy huquqbuzarlik 
ma’muriy huquqbuzarlik 
jinoiy huquqbuzarlik
intizomiy javobgarlik 
fuqaroviy javobgarlik
ma’muriy javobgarlik 
jinoiy javobgarlik 
intizomiy jazo 
fuqaroviy jazo 
ma’muriy jazo 
jinoiy jazo


31 
qo’riqlanadigan normalarga zarar yetkazilishi orqali yuzaga keladi. Bu o’z 
navbatida jinoiy huquqiy munosabatni shakllantiradi.
Jinoyat kodeksida jazolardan tashqari majburlov choralari ham belgilangan 
bo’lib, u 88-moddada voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari va 93-
moddadagi tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini shakllarida aks etgan.
Jinoiy javobgarlik jinoyatni sodir etgan shaxsning xulq-atvori uchun davlat 
tomonidan qo’llaniladigan majburlov chorasi hisoblanadi.
Jinoiy huquqiy munosabatlarning bir tomonida davlat organi, ikkinchi 
tomonida jinoyatni sodir etgan shaxs turadi. Mazkur munosabat davlatning 
jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan huquqiy ta’sir chorasini qo’llash 
imkoniyatini beradi.
Jinoiy javobgarlikning paydo bo’lishi masalasida huquqshunoslar tomonidan 
turlicha qarashlar bildirilgan. Qarashlarda javobgarlikning jinoyat sodir etilishidan 
keyinoq, ayrim hollarda shaxs ayblanuvchi sifatida topilishi, ba’zan gumon 
qilinuvchi aniqlangandan keyin paydo bo’lishi haqidagi g’oyalar yotadi. Agar 
javobgar shaxs topilmasa, javobgarlik masalasi ham ochiq qoladi.
Javobgarlik masalasida bitta umumiy fikr bo’lib, qilmish jazo deb topilmasa 
yoki jazo qo’llanilmasa javobgarlik tugatiladi. Shu bois javobgarlikning nisbiylik 
xususiyatini ham inobatga olish lozim.
Javobgarlikning shaxsga ta’siri shundan iboratki, sud tomonidan mulkiy
ma’naviy va erkinlik bo’yicha cheklashlariga chidashga majbur bo’linadi. Bu 
shaxsni tergovga jalb qilib, protsessual majburlov va ehtiyot choralarini 
qo’llashdan boshlanadi. Ish sudda ko’rish bilan davom ettirilib, ayblov hukmini 
chiqarish, shartli hukm qilish yoki sudlanganlik shakllari bilan tugallanadi. 
Sud sudlanuvchini aybsiz deb topishi, ya’ni oqlov hukmining chiqarilishi 
bilan javobgarlikning ahamiyati butunlay yo’qoladi.
Jinoyatning sodir etilishi javobgarlik vujudga kelishi uchun asos bo’lib 
xizmat qiladi. Jinoiy javobgarlik uchun asos bo’ladigan harakat yoki harakatsizlik 
Jinoyat kodeksining Maxsus qismida bayon etilgan normalar buzilishidan kelib 
chiqadi. 
 


32 
Jinoiy javobgarlikka tortish uchun jinoyat tarkibining barcha alomatlari 
mavjud bo’lishi kerak. Bu alomatlar jinoyatning ob’ekti va ob’ektiv tomoni, 
jinoyatning sub’ekti va sub’ektiv tomonidan iborat bo’ladi.
Jinoiy javobgarlikning vujudga kelishi uning biror bir shaxsga tadbiq 
etilishiga to’la asos bo’lmaydi. Buning uchun sudning qonuniy kuchga kirgan 
ayblov hukmi bo’lishi talab etiladi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish