O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti mehnat ta’limi kafedrasi servis xizmati fanidan



Download 418,33 Kb.
bet61/146
Sana13.06.2022
Hajmi418,33 Kb.
#664725
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   146
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi q

Qovurilgan quymoq go‘mma shaklida, rangi och sar-g‘ishdan to och qo‘ng‘ir ranggacha qobiqda bo‘ladi. Aralash quymoqdagi mahsulotlar mayda to‘g‘ralgan -va bir xil tarqalgan bo‘lishi kerak. Qiyma tiqilgan quymoqlar garniri suvli, yumshoq, sardak aralashtirilgan bo‘la­di. Yopilgan quymoqlar yuzida qizg‘ish qobiq bo‘ladi.
Drachena quyuq, yaxshi yopilgan, tuzi meyorida, yuzi kuymagan bo‘lishi kerak. Tuxum taomlari hidi va ma-zasi yangi tuxumga xos va qo‘shilgan mahsulotlariga moyil bo‘ladi.
Tuxum taomlari saqlanmaydi, tayyorlangan zahoti tarqatiladi. Quymoq, tuxum bo‘tqasi, sarig‘i qotiril­may qovurilgan tuxum, drachena, yumshoq pishirilgan tuxum, iste’molchi talabiga muvofiq tayyorlanadi va tayyor bo‘lgan zahoti tarqatiladi. Tula pishirilgan tuxum sovuq suvda chayilgach po‘chog‘i quruq holda, «xal­tacha» usulida pishirilgan tuxum tuzli suvda saqlana-di. Tuxumdan tayyorlangan sovuq mahsulotlar 0—6°G li haroratda saqlanadi.
Mehmonlarning kayfiyatini ko‘tarishning eng yaxshi yo’llaridan biri dasturxonni tadbir turiga qarab tuzashdir. Yaxshi tuzalgan dasturxon taomlarga e’tiborni tortish va ishtahani ochish qudratiga ega bo‘ladi. Tuzash sodda, qulay va tortiladigan ovqatlarga mos bo‘lishi kerak.
Dasturxonni tuzashda badiiy jihatlarga, ya’ni dasturxon va qo‘l sochiqlar rangining bir xil bo‘lishiga, likopchaga moslab hamda taomning tortilishiga qarab bezatilishiga e’tiborni qaratish kerak.
Dasturxon nonushta, tushlik, kechki ovqat hamda tantanali tadbirlar uchun moslab tuzaladi.
Dasturxon tuzash malum bir ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Turli xil dasturxon tuzashdagi umumiy jihatlaridan biri idish va asboblarni sochiq bilan artib tayyorlanishidir. Tuzashdan awal dasturxonni shunday yozish kerakki, bunda dasturxonning o‘rtasi stol markazida bo‘lib, stolning barcha tomonlaridan dasturxon bir tekisda tushib tursin.
Shundan so‘ng dasturxon tuzash boshlanadi: likopcha qo‘yilib, kerakli asboblar joylanadi. Tuzashdagi har bir element dasturxonda o‘z joyiga ega bo‘lishi kerak. Masalan, likopchani har bir mehmon uchun stul to‘g‘risiga stol qirrasidan 2 sm masofada ichkariga qo‘yiladi.
Oshxona asboblari Iikopchaning o‘ng va chap tomonlariga qo‘yiladi. Pichoqning o‘tkir tomoni likopchaga qaratib o‘ng tomo­niga, sanchqining uchlarini yuqoriga qaratib Iikopchaning chap tomoniga, qoshiqni esa doimo o‘ng tomonga qabariq tomonini yuqoriga qaratib qo‘yiladi. Desert asboblarni Iikopchaning yuqori tomoniga likopchadan stol markazi tomonga pichoq, sanchqi va qoshiq tartibida qo‘yiladi. Fujer Iikopchaning yuqori o‘ng tomoniga, qoT sochig‘i Iikopchaning ustiga chiroyli shakl berilib, qog‘oz salfetkalar esa maxsus idishga joylashtiriladi. Maxsus idishdagi ziravorlar stol markaziga yaqinlashtirib qo‘yiladi.
Nonushtaga dasturxonni tuzashda mayda likopchalar, piyolalar va tortiladigan taom turiga qarab boshqa idishlardan foydalaniladi. Qand, murabbo va limon uchun maxsus idishlar stol markazi tomoniga joylashtiriladi. Nonushtaga issiq ichimliklardan choy va shirchoy, shirin xamirli taomlar tortiladi.
Tushlikda tortiladigan taom turiga qarab dasturxonga likopcha va oshxona asboblari: qoshiq, sanchqi, pichoq qo‘yiladi. Tushlikka yaxna taomlar, gazaklar, birinchi va ikkinchi issiq taomlar va shirin suvlar tortiladi. Sho‘rvalar kosalarda, ikkinchi taom katta yoki oval likopchalarda, tortiladi. Desert uchun ho‘l mevalar, shirinliklar, qandolat mahsulotlari tortiladi.
Kechki ovqatga likopcha va kerakli asboblar bilan dasturxon tuzalib, tanovul qilish uchun salatlar, issiq taom, choy, mevalar va shirinliklar tortiladi.
Turli tantanalardagi dasturxonni tuzashda milliy uslubni saqlab qolish kerak. Tortiladigan taomlar soni va turi mezbonning ixtiyo-rida bo‘ladi. Taomlar turiga ko‘proq milliy taomlar kiritiladi.
Bunday dasturxonga birinchi bo‘lib ishtahani ochuvchi chiroyli qilib bezatilgan salatlar va gazaklar tortiladi. Ular chiroyli qilib kesilgan sabzavotlar va ko‘katlar bilan bezatilgan bo‘lib, salat idishlarida va maxsus likopchalarda mehmonlarning olishiga qulay joyga qo‘yiladi.
Birinchi issiq taomlar kosalarda, ustiga mayda to‘g‘ralgan ko‘katlar bilan bezatilgan holatda tortiladi. Sho‘rvalar mehmonlarga chap tomondan, awal yoshi ulug‘ kishilardan boshlab beriladi.
Ikkinchi taom (palov, hasip, qovurdoq) kattaroq likopchalarda tortilib, bunda har bir mehmon o‘ziga yetarli miqdordagi taomni likopchasiga solib oladi. Bu taomni ham ko‘katlar bilan bezatiladi. Issiq taomlarni tortishda ularning harorati 60—70°C bo‘lishiga ahamiyat berish kerak. Issiq choy har bir taomning tortilishidan oldin berilishi qabul qilingan qoidalardan hisoblanadi.
Dasturxon atrofida o‘tirgan har bir inson meyorida ovqat-lanishi, ortiqcha to‘yib ketishidan o‘zini saqlashi kerak.
Mazkur mavzu yuzasidan seminar mashg‘uloti o‘tkazilib, unda nonushta, tushlik, kechki oqvat va turli tadbirlar dasturxonlarini tuzashning aytilmagan qirralari haqida munozara uyushtirish kerak.

Download 418,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish