Amaliyot maktab rahbarlari, sinf rahbarlari, mehnat va chizmachilik o`qituvchilari
bilan uchrashuvdan boshlanadi, unda amaliyotntlar oldida turgan vazifalar doirasi
oydinlashtiriladi.
Amaliyotning birinchi haftasi maktab, texnologiya ta’liming moddiy bazasi,
o`quvchilar bilan tanishishga bag’ishlanadi.
Bu davrda amaliyotntlar o`zlari birkitilgan sinfdagi turli darslarda qatnashadilar, sinf
rahbari o`tkazadigan barcha tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etadilar. Amaliyotnt haftaning
oxiriga borib, har bir o`quvchi haqida uning o`zlashtirishi, intizomi, o`qishga, jamoat
ishiga munosabati to`g’risida aniq tasavvurga ega bo`lishi zarur.
Amaliyotning qolgan butun vaqti davomida amaliyotntlar o`z ixtisosidan dars
beradilar, sinfdan tashqari ishlar olib boradilar, sinf rahbarligi funksiyalarini bajaradilar.
Amaliyot maktabda pedagoglar kengashining majlisi bilan yakunlanadi. Majlisda
mehnat o`qituvchisi, sinf rahbarlari, tarbiya va sinfdan tashqari ishning tashkilotchilari,
maktab direktori, amaliyotntlariing o`zlari so`zga chiqishadi. Amaliyot qanday o`tganligi,
uning samaradorligini oshirish uchun kelgusida nimalar qilish kerakligi haqida fikr
almashinadi.
Maktabda bo`lgan davrning birinchi kunidan to oxirgi kunigacha har bir amaliyotnt
individual kundalik daftar tutib, unga kerakli ma’lumotlarni yozib boradi.
Amaliyot tugagach, kundalik daftar raxbarga topshiriladi. U bilan birga qo`yidagilar
topshiriladi:
a) sinfning (yoki aloxida o`quvchining) psixologik-pedagogik xarakteristikasi;
b) bitta darsning konspekti va unga atab amaliyotntning o`zi tayyorlaran ko`rsatma
qo`llanmalar hamda o`quvchilarning mehnat ob’ekti;
v) o`tkazilgan birorta tarbiyaviy tadbirning konspekti. Yakunlovchi konferensiyada
amaliyotga uzil-kesil xulosalar chiqariladi. Doklad qilishni xohlagan amaliyotntlar o`z
temalarini rahbarlar bilan kelishib oladilar va o`z vaqtida programma tuzish mumkin bo`lishi
uchun konferensiyadan bir necha kun oldin talabnomalar berishadi.
Dokladlar amaliyotntlar faoliyatining asosiy yo`nalishlarini (darslarni o`tkazish, o`z
ixtisosidan sinfdan tashqari ish o`tkazish, sinf rahbari sifatida ishlash) aks ettirishi lozim. Ular
konkret bo`lishi va u yoki bu tadbirni o`tkazish vaqtida amaliyotnt qanday qiyinchiliklarga
duch kelgani va ularni qanday bartaraf etgani, qanday masalalarni hal etishda o`zini dadil
tutgani va bunda unga nima yordam bergani, bilim yurtida olingan qaysi bilim xamda
o`quvlar ayniqsa foydali bo`lib chiqqani, qanday bilim va uquvlar etishmagani, amaliyot
davomida uning muvaffaqiyatli o`tishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilgan yoqi
yo`qligi, amaliyot bundan ham muvaffaqiyatliroq o`tishi uchun nimalar qilish kerakligi
xaqida tinglovchilarda aniq tasavvur hosil qilishi darkor.
Yakunlovchi konferensiya vaqtida xonada amaliyotntlarning faoliyatini aks ettiruvchi
ko`rgazma tashkil etiladi. Eksponatlar orasidan o`quvchilarning mehnat ob’ektlari,
to`garaklarda yasalgan turli xil modellar va buyumlar, amaliyotntlarning rahbarligi ostida
o`quvchilar chiqargan devoriy gazetalar, ekskursiyalar, yakshanbalsklar to`g’risida hikoya
qilib beruvchi stendlar va hokazolar o`rin olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: