O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`zbekiston tarixi



Download 1,88 Mb.
bet12/41
Sana13.01.2020
Hajmi1,88 Mb.
#33571
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o


"Devon Amir-al-mulk" yoki "al-rasayi" davlat ahamiyatiga molik bo`lgan rasmiy hujjatlarni tuzish bilan shug`ullangan. Bundan tashqari bu devon chet davlatlar bilan bo`ladigan munosabatlarni ham boshqargan.

"Sohib ash-shurat" devoni davlatning butun harbiy ishlarini, shu Jumladan amirning shaxsiy qo`shinini boshqargan. "Sohib ash-shurat"ning maxsus yordamchisi-Aris bо`lgan, U mahkama va uning boshlig`i amir qo`shini xazinasi bilan shug`ullangan. Qo`shimcha bir yilda to`rt marta maosh to`lagan. Davlatni idora etishda "sohib al-borid" devonining ahamiyati ham juda katta bо`lgan. Bu devon davlat ahamiyatiga molik bо`lgan hujjatlarni va xabarlarni yetkazish bilan shug`ullangati. Devonning hamma shahar va viloyatlarda mahalliy mahkamalari bо`lgan. "Muxtasiba" devoni bozorlarni, sotuvchilarni, qadoqboshlarning og`irligi, bozordagi mollarning narxini, sifatini nazorat qilgan.

Davlat xazinasining daromadlarini va xarajatlarini "mushrif devoni nazorat qilgan. Bundati tashqari "qozi az-ziya" va "vaqf" devonlari bо`lgan. "Qozi az ziya" devoni davlat yerlarini, "vaqf devoni hadya etilgan yerlarni va musulmon ruhoniylarining boshqa mol- mulklarini nazorat qilishgan.

Devonlarning aytarli hammasini viloyatlarda boshqarmalari bо`lgan. Devonlarning viloyatlardagi boshqarmalari bir tomondan o`z devonlariga, ikkinchi tomondan viloyat hokimiga bo`ysunishgan. Bundan faqat "Sohib j al-borid" devonining amaldorlari mustasno bо`lgan.

Viloyat va tumanlar amir tomonidan tayinlangan hokimlar I tomonidan idora qilingan. Odatda bunday lavozimga mahalliy boy zodagonlar tavsiya etilgan. Somoniylar davlatida musulmon ruhoniylarning ta'siri nihoyatda kuchli bо`lgan. Ular markaziy hokimiyat ishlarida ham faol ishtirok etganlar. Somoniylar davlatining diniy hayotida hanifiylar mazhabligiga mansub ruhoniylar hamma diniy lavozimlarni o`z qo`llariga olishgan. Ruhoniylarning boshlig`i "ustod", keyinchalik "Shayx ul-islom" deb atalgan. "Ustod" dan so`ng o`z lavozimi bo`yicha ruhoniylar orasida "xatib" turgan. U jome' masjidlarida juma namozida xutba o`qish huquqiga ega bо`lgan. Bul davrda Buxoro Sharqdagi islom olamining eng nufuzli markazlaridan biriga aylanadi. Movarounnahrdagi dastlabki madrasalarning bu yerda barpo etilishi ham bejiz emas.

Yer egaligining quyidagi shakllari mavjud bо`lgan: Mulki sultoniy - shaxsan amirga tegishli yer-suv, tegirrnon, do`konlar. Bu mulkni qishloq chorikorlari ijaraga olganlar. Yana egaligining toma (umrbod berilgan yer), iqto (merosiy) turlari bo'lgan. Xususiy shaxslarga tegishli mulk: hukmdor tabaqa xonadoj dehqon-zodagonlarga, sayyidlar, sipohsolor, badavlat savdogarlarg8 tegishli mulklar hisoblangan. Shartli yer egaligi ham bо`lgan.

Vaqf mulklari: diniy muassasalar va madrasalarga tegishli bu mulkni muassasa mutavalisi boshqargan.

Jamoa inulki: yaylov, tog` yonbag`irlaridagi lalmi yerlar.

Xiroj hajmi shariat va davlat qonunlari asosida belgilangan. Somoniylarning birgina Buxoro va Karmana viloyatlari xirojidan tushgan daromadi 116866 dirxamni tashkil qilgan.

Somoniylar davrida yerlar qaytadan taqsim qilindi. Yer egalarining yangi guruhi tashkil topdi, Ularning ko`pi sipohiylardan chiqqan edi. Masalan, Alpteginning Xurosonda va Movarounnahrda 500 qishlog`i bo`lib, biror shahar yo`q ediki, unda uning qasri yo bog`i, yoxud karvonsaroyi bo`lmasa. Uning tasaruffida minglab otlar va chorva mollari bо`lgan.

Somoniylar davrida qudratli markazlashgan davlatning vujudga kelishi natijasida Movaraunnahr va Xurosonda ma'lum barqarorlik qaror topdi. Bu holat mamlakat iqtisodiy hayotiga katta ta'sir ko`rsatdi. Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo tez sur'atlar bilan rivojlana boshladi. Movaraunnahr va Xuroson bu vaqtda Sharqning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan o`lkalaridan hisoblangan. Tarixchilar va geograflar bu borada juda yaxshi ta'riflar yozib qoldirganlar. Ular, bu yerlar juda serhosil, tabiiy boyliklarga boy, unda ko`plab qishloq va shaharlar borligini, aholi uchun kerakli hamma narsalar mavjudligini zo`r ehtiros bilan bitganlar.

Xuroson va ayniqsa, Movaraunnahr dehqonchilik o`lkalari qatoriga kirgan. Bu yerlarda dehqonchilik asosan sun'iy sug`orishga asoslangan. Ko`plab soy va daryolardan chiqarilgan katta-kichik kanallar mayjud bо`lgan. Buxoro vohasida Shopurkon, Shohrud, Karmana, Poykand, Samarqand vohasida Bar (Darg`om), Barmsish, Buzmadisoy, Ishtixon kabi kanallar shahar va qishloqlarni suv bilan ta'minlagan. Bundan tashqari bunday kanallar Xorazm, Qashqadaryo, Farg`ona va Shoshda ham bо`lgan. Manbalarga qaraganda Shosh aholisi xalifa Mutasimga 3-842) murojaat qilib vohada suv yetishmasligi tufayli kanal qurilishiga yordam so`ragan. Sun'iy sug`orishga asoslangan dehqonchilikdan tashqari lalmikor dehqonchilik ham yaxshi yo`lga qo`yilgan.

Dalalarda bug`doyning turli navlari, arpa, sholi va boshqa boshoqli nlar ekilgan. Qishloq xo`jaligida paxta yetishtirishga alohida ahamiyatrilgan. Paxta, ayniqsa, Zarafshon, Qashqadaryo va Marv vohasida ko`pgan. Bog`dorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bog`larda olma, shaftoli, behi, anor, anjir, yong`oq kabi turli mevalar yetishtirilgan.

Movaraunnahrning mevalari o`zining turli navlari va yuqori sifatliligi bilan butun Sharqda dong taratgan. Juda ko`p quruq mevalar Yevropaning turli shaharlariga jo`natilgan.

Umuman, Somoniylar davrida Xuroson va Movaraunnahr qishloq xo`jaligining turli tarmoqlari xususan, dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Somoniylar davrida dehqcmchilik bilan bir qatorda hunarmandchilik ham keng suratlar bilan tarqalgan. Shahar aholisining ko`p qismi hunarmandchilikning turli sohalari bilan mashhur bo`lishgan. Manbalarda qayd qilinishicha, Movaraunnahrda, ayniqsato`qimachilik yaxshi taraqqiy qilgan. Bu yerlarda ipak va jundan tayyoriangan turli-tuman gazlamalar o`zining yuqori sifatliligi, bejirim va nafis naqshlari bilan ajralib turgan. Buxoroning Zandana, Samarqanddagi Vedar va Surxondaryodagi Darzangi to`qimachilarining mahsulotlari faqatgina Movaraunnahr va Xurosondagina emas, balki Iroq, Eron va Hindistonda ham ma'lum I bо`lgan. Xususan, Narshahiyning yozishicha, Zandanada tayyorlangan gazlamalarga Sharq bozorida ehtiyoj juda katta bо`lgan. Ibn Xavqal va Muqaddasiyning qayd etishicha, Vedarda tayyorlangan yuqori sifatli gazlamalar aholining yuqori tabaqalari orasida juda qadrlangan. Bu, gazlaraalardan asosan amirlar, vazirlar, turli amaldorlar, qozilar o`zlariga liboslar tiktirganlar. Vedar gazlamasi hatto Xuroson parchasi ham deb 4 atalgan. Gazlamalarning turli navlari bundan tashqari Keshda, Nasafda, Dabusiyada va ko`pgina boshqa shaharlarda ham tayyorlangan.

Kulolchilik ham Soraoniylar davrida o`z taraqqiyotining eng yuqori bosqichlariga ko`tarilgan. Kulolchilik charxini yanada mukammallanishi natijasida idishlarni bezashda sirlardan foydalanishni kashf etilishi bu borada katta yutuq bo`ldi. Natijada idishlarni turlari ham, shakllari ham ko`paydi. Ularning sifati keskin darajada oshdi. Idishiar turli rangdagi I sirlar bilan bezatila boshlandi. Manbalarda qayd qilinishicha, ayniqsa, Samarqand, Binket va Marv kulollari tayyorlagan idishlar o`zining bejirim shakli, yuqori sifati, ajoyib va nafis naqshlari bilan ajralib turgan. Epigrafik naqsh bilan bezatilgan turli-tuman idishlar ayniqsa, diqqatga molikdir. Shu davrga oid shaharlarda olib borilgan arxeologik izlanishlarga qaraganda, kulollar shaharlarda mahalla-mahalla bo`lib yashaganlar. Mana shunday mahallalar Samarqandda, Marvda, Axsikatda, Termizda ochib o`rganilgan.

Bu davrda shishasozlik ham keng rivojlangan. O`rta Osiyo shishasozlari turli shakldagi katta-kichik shisha idishlarni tayyorlaganlar. Idishlar asosan ko`kimtir va shaffof rangdagi shishalardan tayyorlangan. Ularning ma'lum qismi naqshlar bilan bezatilgan. Shishasozlarning ustaxonalari Niso, Marv, Termiz, Poykant kabi shaharlarda ochib o`rganilagan. O`rta Osiyo shishasozlartning mahsulotiga boshqa o`lkalardan ehtiyoj kattabо`lgan.

Somoniylar davrida metallurgiya sohasida ham katta yutuqlar qo`lga kiritilgan. Yozma manbalar va olib borilgan arxeologik qazish ishlarga qaraganda bu davrda kon sanoati taraqqiyotida katta o`zgarishlar ro`y -bergan. Bu davrda Badaxshonda kumush. oltin, billur, lojuvard kabi qimmatbaho metall va toshlar qazib olish davom etgan. Ustrushonaning Mink tumanida katta miqdorda temir rudasi, Buttamda oltin, kumush, mis va boshqa metallar, Tuzkon ko`lida tuz, Farg`onadagi Nokad degan joydan oltin, kumush, Isfara yaqinida toshko`mir qazib olingan. Farg`onada neft ham borligi yozma manbalarda qayd qilingan.

O`rta Osiyoda somoniylar davrida qog`oz ishlab chiqarish ham yaxshi rivojlangan. Qog`oz ishlab chiqarish boyicha eng yirik markaz Samarqand bo`lib, undagi qog`ozlarning mahsuloti faqat O`rta Osiyo yoki Sharqda emas, balki Yevropada ham mashhur bо`lgan. Samarqand qog`ozining olti navi manbalarda qayd qilingan.

Yuqorida qayd qilingan hunarmandchilik turlaridan tashqari somoniylar davrida O`rta Osiyoda toshtaroshlik, zargarlik, duradgorlik kabi sohalar ancha rivoj topgan. Somoniylar davrida kuchli va mustaqil davlatnig paydo bo`lishi dehqonchilik, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning taraqqiyoti o`z navbatida ichki va tashqi savdoni yanada uzviylashuviga va taraqqiyotiga olib keldi. Avvalo, shahar va qishloqlar ortasidagi savdo kengaydi. Ikkinchi tomondan shahar va qishloqlarni qoshni ko`chmanchi xalqlar va boshqa davlatlar bilan aloqasi rivojlandi.

Yozma manbalarda qayd qilinishicha, bozorlar katta-kichik shaharlarda va hatto qishloqlarda bо`lgan. Ayniqsa, karvon yo`llari bo`ylab joylashgan, shaharlarda bir nechtadan bozorlar bо`lgan. Buxoro, 0 jand, Nasaf, Kesh, Termiz, Hirot, Marv, Nishopur shaharlaridagi ozorlar katta va juda gavjum bо`lgan. Istahriyning yozishicha, amarqandda Movarounnahrning bosh bozorlari joylashgan. Bu yerga mma yerdan savdogarlar kelgan. Movarounnahrda tayyorlangan sulotlamirig katta qismi Samarqandga keltirilgan va undan keyin Ba o`lkalarga tarqalgan. Ichki va tashqi savdoda ayrim kichik anarlarnmg ham o`rni katta bо`lgan. Bu borada Poykand shahri muhim niyat kasb etadi. Manbalarda yozishlishicha bu shaharda moniylardan oldin ham savdogarlar Xorazm, Kaspiy.bo'yidagi o`skilan oldi-sotti ishlari olib borishgan. Shahar hokimlari garlar uchun hamma shart-sharoitlarni tug`dirib berishga harakat qilganlar. Shaharda o`nlab karvon saroylar mavjud bо`lgan, ular bozorga yaqin joylarda joylashgan. Savdo rastalari karvonsaroyning o`zida ham bо`lgan. Karvon saroylar yo`llarda ham qurilgan.

Bozorlarda sotiladigan mollar avvalo mahalliy aholining ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Hunarmandlar o`z mollarini sotib oziq-ovqat mollarini xarid qilishgan, o`z navbatida dehqonlar hunarmandchilik mollarini xarid qilishgan.IX-X asrlarda O`rta Osiyoning iqtisodiy hayotida savdo-sotiq katta ahamiyatga ega edi. Bu borada ko`chmanchilar bilan chegaradosh bо`lgan shaharlarning ahamiyati katta bо`lgan. Ko`chmanchilar shaharlarga kelib, dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlarini xarid qilganlar, teri va boshqa chorvachilik mahsulotlarini sotganlar.

O`rta Osiyolik savdogarlar o`z mollarini arab xalifaligi tarkibiga kirgan daylatlarga, Kavkazga, Xazar va Bulg`oriyaga, Xitoy va Hindistonga olib borib sotganlar. O`rta Osiyodan Xitoy bilan o`rta Yer dengizini birtashtiruvchi va Janubi-Sharqiy Yevropaga olib boruvchi karvon yo`llari o`tgan. Ayniqsa, o`rta Yer dengizi bilan bog`lovchi karvon yo`li ancha gavjum bо`lgan. Bu yo'1 Bag`dod, Hamadoo, Nishopur, Marv, Amul, Buxoro, Nasaf, Kesh, Samarqand, Ustrushona, Choch, Bolasog`un orqali Xitoyga olib borgan. Xitoyga O`rta Osiyodan otlar va shisha buyumlar olib borilgan. Xitoydan esa turli-tuman ipak gazlamalar keltirilgan. Xazar, Bulg`or va Rus yerlariga O`rta Osiyodan quruq mevalar, turli-tuman gazlamalar, guruch va kumush chiqarilgan. o`z navbatida janubi-sharqiy Yevropadan O`rta Osiyoga mo`yna, mis, teri, qoramol, qullar keltirilgan. Janubi-sharqiy Yevropa bilan bо`lgan savdo aloqalarida xorazmlik savdogarlarning o`rni katta bо`lgan.


Somoniylar va Qoraxoniylar o`rtasidagi kurash

Qoraxoniylar davlati Yettisuv hududidagi Qarluq (756-940) davlati o`rnida tashkil topdi. Uning asoschisi Sotuq Bug`roxon (915-955) hisoblanadi. U 942 yili Bolasog`un hokimini mag`lub etib, o`rniga o`zini hoqon deb atadi. Qoraxoniylar davlatiga ikki qabila-yag`mo va jikil qabilalari birlashdilar. Sotuq zamonida Qoraxoniylar davlati ikkiga bo`linib ketadi. Birining poytaxti Bolasog`un bo`lib, oliy hokimiyat yoshi katta bо`lgan hoqon tomonidan boshqarilgan; ikkinchi davlatning poytaxti Taroz, "keyinchalik Qoshg`ar bo`lib, kichik hoqon tomonidan boshqarilgan. Qoraxoniylar Somoniylar davlatidagi milliy ntzolardan ustalik bilan foydalandilar. Hasan Bug`roxonning 992-yili Somoniylarga qarshi yurishi oldidan somoniyiar lashkarboshchisi Xuroson hokimi Abu ali Simjuriy u bilan muzokara olib borgan. Somoniylarning boshqa lashkarboshchisi, Balx hokimi Foyiq Raboti Malik yaqinidagi Bug`roxonga qarshi jangda, har tomonlama ustunlikka ega bo`lishiga qaramay taslim bo`ladi. Iloq hokimi Mansur ibn Ahmad esa, hoqonga tobelik bildirib, uning nomiga pul zarb etadi. Buxorodan Qoshg`arga ketayotganda Bug`roxon kasalianib-vafot etadi. Bundan foydalangan Nuh ibn Mansur taxtni qayta egallaydi.

996-yili Qoraxoniylar xoni Nasr Buxoroni yana bosib oladi. Somoniylar lashkarboshisi Abul Ibrohim Ismoilning (Muntasir) Buxoroni ozod etish yo`lidagi urinishlari 1005-yilda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Somoniylarning G`aznadagi noibi Sabuqtegin 997-yilda vafot etdi. o`rniga uning o`g`li Mahmud G`azna hokimi bo`ldi. Somoniylar amiri Mansur ibn Nuh (997-999) uning ta'sirida edi.

1001-yilda, Sulton Mahmud Qoraxoniylar xoni Nasr bilan shartnoma tuzib, Amudaryoni ikki o`rtadagi chegara qilib belgiladi. Somoniylar davlati o`rnida ikki ulkan davlat tashkil topdi:

Birinchisi-Qoshg` ardan Amudaryogacha cho`zilgan Sharqiy Turkistonning bir qismida, Yettisuv, Shosh, Farg`onaning qadimgi hududlarini o`z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati.

Ikkinchisi-Shimoliy Hindiston sarhadlaridan Kaspiy dengizining janubiy qirg`oqlarigacha cho`zilgan hamda hozirgi Afg`oniston va shimoliy- sharqiy Eronni o`z ichiga olgan G`aznaviylar davlati edi.

Iloq bokimlari nomigagina qoraxoniylarga qaram bo`lib, o`z yurtlarini mustaqil ravishda boshqarganlar. Iloqdagi dehqonlar sulolasining asoschisi Mansur ibn Ahmadning o`g`li Muhammad ibn Mansur (1004-1008) bо`lgan. Uning o`g`li Abushujo Solor ibn Muhammad (1008-1009) qoraxoniylar xoni Ahmad ibn Aliga qaram bo`ldi. IloqdaNasr ibn Alining uchinchi ukasi Muhammad ibn Ali (1010-1015) Inoltegin laqabi bilan pul zarb qilgan. Unga lloq, Xo`jand, Taroz mulklari tobe bо`lgan. Chug`rotegin Husayn ibn Mansur (1016-1030), Muhammad Yusuf Bug`roxon (1032-1057)ning poytaxti Shosh edi. To`g`rultegin Qoraxon Yusuf (1068-1075) zamonida Iloq Sharqiy Qoraxoniylar davlatiga qaram bо`lgan.

XI asr o`rtalarida tamg`ochxon unvonini olgan qoraxoniy Ibrohim ibn Nasr g`arbiy Qoraxoniylar davlatining poytaxtini o`zgandan Samarqandga ko`chirdi.

1068-yilda, Movarounnahrda qoraxoniy Ibrohirn ibn Nasr o`g`illari o'rtasida taxt uchun kurash boshlandi. Kurashda Shamsulmulk g`alaba qozondi. Shamsulmulk Abulhasan Nasr ibn Ibrohim (1068-1080) davrida Buxoroda katta qurilish ishlar olib borilgan.

1080-yilda Shamsulmulk vafotidan keyin Movaraunnahrda hokimiyat uchun kurash avj oladi. Bundan foydalangan saljuqiy sulton Malikshoh 1089-yili Movaraunnarga bostirib kirdi. Buxoro va Samarqandni zabt etib, xon Ahmadni asir oldi. Ammo Ahmad bilan sulh tuzib uni o`z taxtida qoldiradi. Qoraxoniy Ahmadning saljuqlarga itoatkorligi amirlar va ruhoniylar noroziligiga sabab bo`ldi. Natijada u 1095 yilda o`ldirildi.

Ahmaddan so`ng taxtga o`tirgan Arslonxon (1102-1130) zatnonida qoraxoniylar garchi yarim mustaqillik sharoitida siyosat yurgizgan bo`lsalar ham, Samarqand shahrining obodonligi bo`yicha katta ishlar qildilar. Harbiy qo`mondonlar va ruhoniylar Arslonxon hokimiyatidan norozi edilar. Arslonxon betobligi tufayli hokimiyatni o`g`li Nasrga topshiradi. Lekin fitnachilar Nasrni o`ldifadilar. Arslonxon Marvdan Sulton Sanjarni yordamga chaqiradi. Bundan foydalanib, Sanjar 1130 yili Samarqandni egallaydi.

XII asr boshlarida qoraxitoylar Bolasog`unni egallaydilar. 1138 yilda qoraxitoylar go`rxoni Sulton Sanjarning qarindoshi, Samarqand hukmdori Mahmudni Xo`jand yaqinida mag`lub etadi. Shahar talanib kattatovon undirilgan bo`lsa-da, bosib olinmadi.

1141 yilda qoraxitoylar yana Movarounnahrga bostirib kirdilar. Bu gal jang Samarqand yaqinidagi Qatvon cho`lida bo`ldi. Jangda sulton Sanjar bilan Mahmudning birlashgan kuchlari tor-mor keltirildi. Har ikki tomondan 30 mingga yaqin kishi oldirildi. Sulton Sanjar va Mahmud Termiz tomon chekindilar. Sulton Sanjar xazinasi, uning xotini Turkonxotun go`rxon qo`liga o`lja tushdi. Qoraxoniylar Samarqand va Buxoroni egalladilar.

Samarqandning qoraxoniylar sulolasiga mansub bо`lgan keyingi xonlari, ya'ni iloqxonlar quyidagilardir:

Muhamraad ibn Husayn (1170-1176), Muhammad oqtosh Tamg`achxon (1176-1179), Ibrohim ibn Husayn (1178-1202), Usmon ibn Ibrohim(1102-1212).

O`zganda Qodirxon ibn Ibrohim ibn Husayn (1183-1210), Iloq (Shosh)da (poytaxti Binkat) Shoh Qilichxon (1177-1183), Tarag`ach Hoqon (1195-1197), Oqtosh Chag`rixon (1197-1206) hokim edi.

So`nggi qoraxoniylar qoraxitoylarga tobelikdan qutulgan edilar. Biroq 1212 yilida Alovuddin Muhammad Xorazmshoh g`arbiy noraxoniylar davlatining hoqoni Usmonni o`ldirib, Samarqandni o`z tnulklariga qo`shib oldi.

Qoraxoniylarda Qoshg`ar va Bolasog`un poytaxt sanalib, ulug` xon shu shaharlardan birida qarorgohda o`tirgan. Ulug` hoqon yoki ulug` xon ul-hoqon degan nomda yuritilgan. Arab manbalarida mazkur unvon sulton ul-salotin, fors tarix asarlarida shahanshohga muvofiq keladi. Aynan yuqoridagi oliy unvon qoraxoniylar davri kitoblarida tamg`ochxon deb ham yutirilgan.

Qoraxoniylarga qarashli yerlar tamg`ochxon tomonidan uning o`g`illari, qarindoshlari o`rtasida taqsimlangan edi. Shu bois yer-mulk masalasida ota-o`g`il, amaki, jiyanlar hamda aka-uka-yu amakivachchalar o`rtasida doimiy nizolar yuz berib, u siyosiy ahvolga salbiy ta'sir ko`rsatib turgan.

Yettisuvdan turib Movaraunnahrni boshqarish qiyin bo'lgan. Qoraxoniylar davrida Samarqand iloqxoni ancha kuchayib ketgan edi. Saroyda somoniylar davlatida bо`lganidek vazir, sohibbarid, mustavfiy, hojib, rais-muhtasib kabi amaldorlar bо`lgan. Qoraxoniylar davlatida imom, sayyid, shayx, sadrlar mavqeyi kuchli edi.

Qoraxoniylar davlati boshlig`i lavozimi, hoqonning taxti merosiy sanalgan. Ma'muriy idoralar ikkiga bo`lingan: dargoh va devonga. Xoqonning ulug` hojibi xoqon bilan fuqaro o`rtasida vositachilik qilgan. Hoqon saroyida quyidagi amaldorlar bо`lgan: og`ichi-shoyi kiyimlar xazinachisi; biruk-mehmonlarni qabul qilish bo’yicha mutasaddi; oshchi-hoqon oshxonasi boshlig’i (bog’archi); bitikchi-munshiy; kotib-mirza; qushchi-hoqon ovining tashkilotchisi.

Hoqon harbiy qo’shinlari cherik deyilgan, unga suboshi, yoki sipohsolor qo’mondonlik qilgan. Kichik zobit chovush, sipohiylar to`dasi qo`mondoni xaylboshi deyilgan. Qo’shin o’nlik, yuzlik, mingliklarga bo’lingan. Qoraxoniylar hoqoni qo’shi (harbiy lager) xonto`y deyilgan. Hoqon qo`shida doim 9 ta sariq bayroq hilpirab turgan. Hoqonlikda elchini yalavoch yoki yalafar deb atalgan.

Hoqonlik hududlari el, viloyatlarga bo`lingan. Ijtimoiy tuzumda ravnaqi ancha baland hisoblangan yirik zamindorlar-dehqonlar qatlami qoraxoniylar davrida o`z ahamiyatini yo`qotdi. o`rta Osiyo ko`hna zodagon toifasining bunday ahvolga tushishiga asosiy sabab siyosat maydonida yuz bergan sulolalar o’rtasidagi taxt almashuvi, eng ta’sirli jihati esa ko’chmanchilik sharoitiga moslashgan el-uluslarining o’troq aholi hududlarining ishg’ol etishidir.

Somoniylar zamonida mazkur sulola uchun xos markazlashgan davlat tuzumidan qoniqmagan aslzoda dehqohlar qoraxoniylarni qo`llab-quvvatlagan edilar. Yirik xonadon sohibiari-qoraxoniylar hokimiyatda uzoq davr tura olmadilar va vaqti kelib biz bududimizning asosiy hukmdorlari bo`iib qolamiz deb o’ylashgan edi. Ularning bunday rejalarini tushungan yag`mo va jikillarning boshiiqiari zodagonlarni quvg`in qila boshladilar. Buning oqibatida keksa boy qatlam vakillari o`z ekinzorlari, uy-joylari, mulklari va boyliklaridan mahrum bo`ldilar. Dehqon degan nom endilikda faqat oddiy jamoatchiga nisbatan aytiladigan bo`lib qoldi. Aslzodalar o`zlarining daromad manbayi-yer-mulkdan mahrum bo`la boshlagan sari oddiy jamoatchi ziroatkorlar ijarachilarga aylana bordilar. Bu paytda yerlar egasiz va qadrsiz bo`lib qoldi. Unumdor joylar yaylovlarga aylandi. Biroq keyingi voqealar jarayonida Movaraunnahr ijtimoiy hayotida jonlanish yuz berganligi haqida ma'lumotlar bor.

Qoraxoniylarda oddiy xalq budun deyilgan. Soliq to`lovchi fuqaro rayiyat deb atalgan. Qabila boshliqlari bek deyilgan, savdogarlar sart deb atalgan. Qoraxoniylar davlatida hunarmandchilik (kulolchilik, to`quvchilik, shishasozlik, temirchilik, zargarlik), shuningdek ziroat va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi sobalar taraqqiy etgan. Shuningdek, qimmatbaho toshlar, oltin, mis, temir qazib olingan. Shaharsozlik inshootlari pishiq g`ishtdan bunyod etilgan. Xonlikda yer egaligining iqto shakli keng tarqalgan. Manbada shunday deyiladi: "Iqtoga sohib bо`lganlar (muqtalar) shuni bilishlari lozimki, ular faqatgina rayiyyatdan haq molini yaxshilik bilan olisbga haqlidirlar va odamlar o’z tanuv mollari, bola-chaqalari, asbob-uskunalari bilan xavfsiz bo’lishlari shart. Agar odamlar saroyga keiib, o`z hollarini ma'lum qilmoqchi bo’lsalar, ular qarshilik qilmasinlar va qaysi bir muqta shunday qilsa qo’lini qisqartirib, iqtosini tortib olish, o’ziga jazo berib, boshqalarga ibrat etib ko’rsatish kerak ularga shuni bildirib qo’yish lozimki, mulk ham, rayiyat ham xonnikidir. Muqtalar va valiylar ularni boshlarida shahnadek turib, podshoni rayiyat bilan birga xavfsizlikdan saqlaydilar ("Siyosatnoma"). Hoqon, vaqf, jamoa mulklari qoraxoniylar tasarrufidagi asosiy yer-mulklar hisoblanadi.

Qoraxoniylar davlatida saljuqiylarda bо’lgan kabi iqto egasi o’z mulkida ishlayotgan ziroatkorlardan belgilangan miqdorda qonun bilan qayd etiigan soliqdan boshqa ortiqcha mahsulot yoki haq olishga huquqi bo’lmagan. Majburiy ravishda biror-bir mahsulot tortib olinsa, bunday vaziyatda iqtoning ma’lum miqdori qirqib olingan yoki umuman tortib olingan.


G’aznaviylar va Saljuqiylar
G’azna shahrini Xurosonning siyosiy markaziga aylanishi X asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. G’aznaviylar davlatining asoschisi Sobuqtegin bo’lib, bu davlat uning o’g’li Mahmud g’aznaviy davrida musulmon olamining eng kuchli davlatiga aylandi. Bu davlatning hududi Mahmud g’aznaviyning istilochilik yurishlari tufayli shimoliy va shimoliy-g’arbiy Hindistondan Chag’aniyon va Xorazmgacha cho’zilgan bo’lib, unga Eronning katta qismi ham kirgan edi. Mahmud g’aznaviy Movaraunnahrdagi qoraxoniylar siyosatiga va ayniqsa Xorazmga katta ta’sir ko`rsatar edi. O’z davrining iqtidorli sarkardasi va qattiqqo’1 hukmdori bо’lgan Mahmud g’aznaviy 1030-yilda vafot etadi. Shundan so`ng taxtni uning o’g’li Ma’sud (1030-1041) egallaydi. Lekin Ma’sud otasi tuzgan davlatni butunligicha saqlab qololraadi.

Mahmud g’aznaviyga rasman tobe bо`lgan, lekin amalda mustaqil boshqariladigan Xorazm shohi Xorun ibn Oltintosh 1034-yilda Xorazmni butunlay mustaqil deb e'lon qildi va katta qo’shin bilan Xurosonga yurish qildi. Lekin Sulton Ma’sud tomonidan sotib olingan kishilar Xorazm shohi Xorunni o’ldiradilar. Uni qo’llab-quvvatlagan qoraxoniylar qo’shini yana Samarqandga qaytib ketadi. Sbundan so’ng Sulton Ma’sud qoraxoniylar bilan rauzokaralar olib boradi va shu yo’1 bilan g’aznaviylar hokimiyatiga bо’lgan xavfni bir oz kamaytiradi.

G’aznaviylar sultoni Ma’sud Xurosonga yurish qilgan turkiy-saljuqiylar bilan ko’p bor jang olib borishga majbur bo’ldi. Mahmud g’aznaviyning ruxsati bilan shimoliy Xurosonga joylashib olgan saljuqiylar bu davrga kelib, g’aznaviylar uchun katta xavf tug’dira boshladi. 1035-yilda saljuqiylarning Xurosonga yangi hujumi boshlanadi. Nishopurdan Niso shahriga yetib kelgan g’aznaviylar qo’shini saljuqiylarga zarba bergan bo’lsa-da, Saljuqiyning nevarasi Tog’rul va Changri boshchiligidagi turkmanlar kechasi g’aznaviylar qarorgohiga hujum qiladi va g’alaba qozonadi. 1037 yil aprel oyida turkmanlar Mari viloyatini uzil-kesil egallashga erishdilar va Bag’dodda xalifaga hokimiyat uchun yorliq berishni so’rab elchi jo’natadilar. Shu tariqa Xurosondagi yangi davlatga-Saljuqiylar davlatiga asos solindi.

Keyingi yillar turkmanlar Tog’rul boshchiligida bir qancha zarbalar berib, Xurosonning katta qismini bosib oldilar. Shundan so’ng Ma’sud katta qo’shin bilan saljuqiylar ustiga yurish qildi. 1040-yilda Mari yaqinidagi Dandanakon degan joyda hal qiluvchi jang bo’lib, bunda Ma’sud armiyasi qattiq mag’lubiyatga uchradi. Jangdan zo’rg’a qochib qutulgan Ma’sud tez orada (1040-y.) vafot etdi. Uning vorislari g’aznaviylar davlatining avvalgi qudratini tiklashga muvaffaq bo’la olmadilar.



G’aznaviylarga tegishli Xuroson asta-sekin saljuqiylar qo’liga o’tdi. Saljuqiylar davlatining bosh sultoni bo’lib, Tog’rulbek (1038-1063-y.) saylandi. U katta istilochilik yurishlari olib borib, Balxni, Iroqning shirnoli, Ozarbayjonni, Kurdistonni va Qo`histonni ham bosib olishga erishdi. 1055-yilda u katta qo`shin bilan Bag`dodga kirib keldi va xalifadan o`z nomiga xutba o`qitishni talab etdi. Shundan so`ng xalifa diniy hokimiyatni o`z qo`lida saqlab qolib dunyoviy hokimiyatni sulton unvoni bilan Tog`rulbekka topshirdi. Saljuqiylar davlatining poytaxti qilib Tog’rulbfek Ray shahrini tanladi. Uning hukmronligi davrida saljuqiylar Kavkazda Vizantiya qo’shinlariga ham katta zarba berdilar. U Movaraunnahrda hukmronlik qilayotgan qoraxoniylar bilan do’stona munosabatlar o’rnatdi. Lekin uning vorisi Alp Arslon (1063-1072) Amudaryoning o`ng sohilidagi yerlarga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi. Vizantiya imperatori Roman IV Diogen qo’shinlarini mag’lub etdi. Undan keyin taxtga o`tirgan Malikshoh (1072-1092) 1089-yilda qoraxoniylar o’rtasidagi ichki nizolardan foydalanib Buxoro va Samarqandni egalladi va katta o’lja bilan orqaga qaytdi. Lekin Qoraxoniylar Saljuqiylarning yarim vassaliga aylandilar. Malikshohning o’limidan keyin Saljuqiylar davlatida taxt uchun o’zaro kurashlar qizib ketadi va 1118 yilda hokimiyat buyuk saljuqiylar sulolasining so’nggi yirik vakili Sulton Sanjar (1118-1147) qo’liga o’tadi. Uning davrida Saljuqiylar davlatining poytaxti Marv shahriga ko’chirildi. U Movarounnahrdagi qoraxoniylaming ichki ishlariga, siyosatiga katta ta’sir o’tkaza olishga erishgan saljuqiylardan edi. 1141-yilda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar va uning vassali, ittifoqdosh qoraxoniy Mahmudxonning birlashgan qo’shinlari o`rtasida, Samarqand yaqinidagi qatvon cho’lida bo’lib o’tgan jangda qoraxitoylarning g’alaba qilishi Saljuqiylar davlatini ancha zayiflashtirdi. Saljuqiylarning mag`lubiyatidan Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad Otsiz ustalik bilan foydalanib, 1141-yilning qishida saljuqiylarning poytaxti Marvni bosib oldi, 1142-yilda esa Nishopurga yurish qildi. Lekin Sulton Sanjar Xorazm qo`shinlarini Xurosondan quvib chiqardi va Xorazmshoh Otsizni yana o`ziga bo`ysundirishga erishdi. Sulton Sanjarning harakatlariga qaramasdan saljuqiylar davlati o`zining avvalgi qudratini yo’qota bordi. saljuqiylarga hal qiluvchi zarbani Balx va Xuttalon viloyatlarida yashovchi ko’chmanchi Guz qabilalar berdilar. Ular Sulton Sanjar qo’shinlarini tor-mor etib, uni asir oldilar. Guziar himoyasiz qolgan Marv, Nishopur shaharlarini talab, o`t qo`ydilar. Sulton Sanjar 1156-yilda asirlikdan qochishga muvaffaq bo`lsa ham saljuqiylar davlatini tiklay olmadi va bir yildan keyin vafot etdi.
Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish