Sulaymon Yudakov
(1916-1990)
o‘zbekiston xalq artisti, kompozitor sulaymon
aleksandrovich yudakov XX asr o‘zbek musiqasi san’atini
rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi.
s.yudakov 1916-yil 14-aprel qo‘qon shahrida kambag‘al
kosib oilasida tug‘ildi. U 7 yoshidan poyafzal tozalovchi bo‘lib
ishlaydi. Bu haqda uning o‘zi shunday deydi: “ishim yurishib,
pul topadigan bo‘ldim. Kunlardan bir kun qomati kelishgan,
ovro‘pacha kiyingan odam kelib o‘tirib, etigini tozalattirdi
va meni gapga soldi. oilaviy ahvolimni va kechki maktabga
endigina borganimni bilib, meni 1928-yili etim bolalar uyiga
joylashtirdi. menga otalik qilgan odamning ismi sharifini
surishtirsam, Hamza ekan”.
s.yudakov bolalar uyida damli cholg‘u asboblar orkestriga
qatnashib, fleyta chalishni o‘iganadi. 1932-yili Moskva davlat
konservatoriyasi qoshidagi musiqa “Rabfak”ni fleyta sinfiga
o‘qishga kirdi. 1934-yilda “Rabfak” bekilib, konservatoriya
qoshida moskva davlat musiqa texnikumi oehiladi. s.yudakov
mazkur texnikumning kompozitorlik bo‘limiga o‘qishga
qabul qilinadi. Kompozitsiyadan avval m.mesnerda, so‘ngra
m.Gnesinda ta’lim oldi. 1938-yil texnikumni bitiiganidan so‘ng,
R.Gliyer sinfida kompozitsiyadan saboq oldi.
126
s.yudakov 1941-yildan boshlab asosan, ijod bilan
shug‘ullanib, o‘zbek musiqa madniyati rivojiga o
s
z hissasini
qo‘shdi. U yurt qahramoni qo‘chqor Turdiyevga bag‘ishlab,
“do‘stlar”, “oldinga bosing”, “Chavandozlar qo‘shig‘i” kabi
qo‘shiqlar, “Xabibi tu manam
m
romansi, 1942-yil “Farzand”
musiqali dramasi, torli kvartet uchun uchta pyesa, simfonik
orkestr uchun “syuita” asarlarini yaratdi. 194l–42-yillarda
ijod qilish bilan birga Hamza nomidagi san’atshunoslik ilmiy-
tadqiqot institutida ilmiy xodim bo‘lib ishladi. 1943-44-yillarda
Tojikiston filannoniyasida badiiy rahbar sifatida faoliyat olib
bordi. Kompozitor Tojikiston davlat madhiyasining musiqasini
ham yozgan.
1946-yilda u Toshkentga qaytib kelib, o‘z ijodini davom
ettirdi. Xor, yakkaxon, sirnfonik orkestr uchun “G‘alaba”
kantatasi, “Kuylama sohibjamol”, “Guliston tepaliklarida”,
“Bulbul”, “inezilya men bu yerdaman” kabi romanslari,
A.Lohutiy so‘ziga “Afsonayi dil”, “Tasfiri tu” romanslari, skripka
va fortepiano uchun “sharqpoemasi” shular jumlasidandir.
Kompozitor turli janrda ko‘plab asarlar yaratdi. Uning
skripka, violonchel va fortepiano uchun “syuita”si (1946),
simfonik orkestr uchun “Tantanavor uverturasi” (1949), torU
kvartet uchun “syuita”si (1949), simfonik orkestr uchun
“Xorazmcha bayram marshi”(1951), “mirzacho‘l” vokal-
simfonik syuitasi (1951), “Tinchlik kabutari” syuitasi (1954),
“mening Vatanim” kantatasi (1955), “muborakbod” kantatasi
(1972), “o‘zbekiston” yakkaxon, xor va simfonik orkestr uchun
poema-kantatasi(1973), “G‘alaba” oratoriyasi(1975) hamda bir
qancha qo‘shiqlari o‘lkamizni zamonaviy musiqa san’atiga yana
bir iste’dodli kompozitor kirib kelganidan darak beigan edi.
Kompozitor s.yudakovga eng katta shuhrat keltirgan asari
“maysaraning ishi” nomli birinchi o‘zbek komik operasi bo‘ldi.
1958-yilda alisher Navoiy nomidagi (o‘zbekiston davlat katta
akademik opera va balet teatrida sahna yuzini ko‘rgan mazkur
127
asar teatrning asosiy repertuatlaridan biri bo‘lib, hozirga qadar
ijro qilimnoqda.
Kompozitor 1997-yilda “Nasriddin afandining yoshligi”
nomli birinchi komik baletni yaratdi, U R.Hamroyev va
m.melkumov bilan hamkorlikda “oq yo” musiqali dramasini
yozdi. “Furqat”, “Gullar ochilganda”, “Temirchi bayrog‘i” kabi
kinofilmlarga ham musiqa bastalagan. U kamer-cholg‘u ansambh
va orkestrlariga ham asarlar yaratgan.
Kompozitor s.yudakovning buyuk xizmatlari ordenlari,
bir necha medallar bilan, “o‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
san’at arbobi”, “o‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvonlari bilan
taqdirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |