Absolyut renta - Yerga xususiy mulkning qonun yo’li bilan mustahkamlanishi, shuningdek, yerning ijaraga berilishi absolyut rentaning paydo bo’lishiga olib keladi. Differensial rentadan farq qilib absolyut renta alohida yer uchastkalarinig unumdorligidagi farqlarga va qo’shimcha sarf qilingan xarajatlarning unumdorligiga bog’liq bo’lmaydi. Yer egalari ijara haqi shaklidagi absolyut rentani faqat qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun foydalaniladigan yer uchun emas, balki bino va inshootlarni qurish uchun mo’ljallangan yer uchastkalari uchun, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish maqsadida ijaraga berilgan yer uchun ham oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |