Dars matni (konspekti). Dars rejasi va dars matnini tayyorlash o’qituvchining darsga tayyorlanganligining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Dars matni dars rejasida ko’rsatilgan izchillikda yozilishi lozim bo’lib, unda o’quvchilarga yetkazilishi zarur bo’lgan asosiy tushunchalar, sxema va chizmalar hamda esda saqlab qolishi nisbatan qiyin bo’lgan ma’lumotlar aks ettiriladi. Bunda o’quv dasturida ko’rsatilgan me’yordan chetga chiqib ketmaslik talab etiladi.
Dars matni darslik va metodik adabiyotlar, hamda o’qituvchining ish tajribalari asosida yozilib, dars rejasi bilan bir vaqtda KHK direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi va dars rejasi va matni bilan o’qituvchi darsga kiradi.
«Jaxon tarixi» fanida talabalar Davlat ta’lim standarti (DTS), o’quv rejasi va dasturi, o’qituvchining dars o’tishi uchun zarur bo’ladigan barcha hujjatlar mazmuni bilan tanishadilar va ularni ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |